Reformatsiya
Reformatsiya (lotincha: reformatio oʻzgartirish, isloh qilish) — 16-asrda Gʻarbiy va Markaziy Yevropada tarqalgan ijtimoiy harakat. Asosan, zamindorlarga qarshi harakterda boʻlib, katolik cherkovi (zamindorlarning asosiy gʻoyaviy tayanchi)ga qarshi kurash tusini oldi. 1517-yil Germaniyada M. Lyuterning katolik cherkoviga qarshi chiqishi bilan boshlangan. Protestantizm mafkurachilari katolik cherkovi, uning iyerarxiyasi va umuman ruxoniylarning zarurligi amalda inkor qilingan gʻoyalarni ilgari surdilar; katoliklarning Muqaddas rivoyati rad qilindi, cherkovning yer boyliklari va boshqalarga boʻlgan huquklari inkor etildi. Protestantizmning asosiy oqimlari: byurger oqimi (Lyuter, J. Kalvin, U. Svingli); katolik cherkovini yoʻqotish talabini tenglik urnatish uchun kurash bilan bogʻlagan xalq oqimi (T. Myunser, anabaptistlar); uz hokimiyatini mustahkamlash va cherkovga tegishli yerlarni tortib olishga intilgan, dunyoviy hokimiyat manfaatlarini ifodalovchi qirolknyazlik oqimi. Protestantizmning gʻoyaviy bayrogʻi ostida 1524—26 yillarda Germaniyada Dehqonlar urushi, Niderlandiya va Angliya inqiloblari boʻlib utdi. Protestantizm protestantizmta asos soldi (Protestantizm tor maʼnoda — protestantizm ruhida diniy islohotlar utkazish).[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |