Afrika — kattaligi va aholi soni boʻyicha dunyoning ikkinchi qitʼasi.Afrika qit’asi shu nomdagi materik va unga tutash orollardan iborat. Qadimgi finikiyaliklar «afarik» so‘zi bilan Karfagendan g‘arbda yashovchi qabilalarni ataganlar («afar» so‘zi finikiyaliklar tilida «chang» ma’nosini anglatgan). Rimliklar Karfagen va uning atroflarini bosib olganlaridan so‘ng bu hududga Afrika nomini berdilar. Keyinchalik esa bu nom butun materik va qit’aga nisbatan qo‘llana boshlagan. Afrikaning orollar bilan birgalikdagi maydoni 30,3 mln. km2 ni tashkil etadi. Afrikaning o‘rtasidan ekvator chizig‘i, g‘arbidan esa bosh meridian o‘tgan. Shu tufayli Afrika ham Shimoliy, ham Janubiy, ham Sharqiy, ham G‘arbiy yarim sharlarda joylashgan Afrika qirg‘oqlari shimolda O‘rta dengiz, shimoli-sharqda Qizil dengiz, sharqda Hind okeani, g‘arbda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. Qizil dengiz, Suvaysh kanali va Bob-al-Mandob bo‘g‘izi Afrikani Osiyodan, O‘rta dengiz va Gibraltar bo‘g‘izi esa Yevropa qit’asidan ajratadi.Afrika qit’asi orol va yarimorollar ozligi bilan ajralib turadi. Uningtarkibiga Hind okeanidagi Madagaskar (sayyoramizdagi orollar orasida maydoni jihatidan 4-o‘rinda turadi), Maskaren, Komor, Seyshel orollari, Atlantika okeanidagi Yashil burun, Kanar, San-Tome va Prinsipi, Avliyo Yelena va boshqa orollar kiradi. Yagona yirik yarimoroli Somali hisoblanadi. Afrikaning hozirgi siyosiy xaritasida 54 ta mustaqil davlat mavjud. Qit’a siyosiy xaritasining shakllanish tarixi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab Afrikaning aksariyat hududlari Yevropa davlatlarining mustamlakalariga aylandi. XX asrning boshiga kelib Afrikada faqatgina 2 ta mustaqil davlat qolgan edi: bir necha ming yillik davlatchilik tarixiga ega Efiopiya hamda 1847-yil AQSHning yordamida barpo etilgan G‘arbiy Afrikadagi Liberiya davlati. Qit’aning qolgan hududi esa Buyuk Britaniya, Fransiya, Portugaliya, Belgiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya tomonidan o‘zaro bo‘lib olingan edi. Afrika davlatlari 1950-yillarda mustaqillikka erishisha boshladi. 1960-yil BMT tomonidan «Afrika yili» deb e’lon qilinib, shu yil qit‘adagi 17 ta mamlakat mustaqillikka erishdi va jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi. Ko‘plab mamlakatlari 1960–1980-yillar mobaynida davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Qit’adagi eng yosh davlatlar – 1990-yilda mustaqillikka erishgan Namibiya, 1993-yilda Efiopiyadan ajralib chiqqan Eritreya va 2011-yilda mustaqilligini e’lon qilgan Janubiy Sudan hisoblanadi. Afrikadagi ko‘plab davlatlarning chegaralari mustamlakachilik davrida shakllangan bo‘lib, aksariyat hollarda tabiiy va etnik chegaralarga mos kelmaydigan sun’iy ko‘rinishga ega. Buning ta’sirida haligacha qit’ada turli harbiy mojarolar va davlat to‘ntarishlari tez-tez sodir bo‘lib turadi. Afrika siyosiy xaritasining o‘ziga xos jihatlaridan biri yirik maydonli davlatlarning ko‘pligidir. Jahondagi hududi 1 mln. km2 dan katta bo‘lgan 29 ta davlatdan 12 tasi Afrikada joylashgan (Jazoir, KDR, Sudan, Liviya, Chad, Niger, Angola, Mali, JAR, Efiopiya, Mavritaniya, Misr). Jahon bo‘yicha mavjud bo‘lgan maydoni 1 ming km2 dan oshmaydigan 24 ta davlatdan atigi 1 ta – Seyshel orollari – Afrikaga tegishli. Afikada jami 6 ta orol mamlakatlari joylashgan. Ular Madagaskar, Kabo-Verde, Komor orollari, Mavrikiy, San-Tome va Prinsipi hamda Seyshel orollaridir. Dengizlarga chiqish imkoniyati yo‘q davlatlar soni bo‘yicha Afrika qit’alar orasida yetakchilik qiladi. Afrikada quruqlik ichkarisida joylashgan jami 16 ta davlat mavjud. Ularning qatorida Chad, Niger, Mali, Efiopiya, Zambiya, Botsvana, Janubiy Sudan kabi yirik davlatlar bor. Efiopiya jahonning quruqlik ichkarisida joylashgan 44 ta davlatlar orasida aholi soni bo‘yicha yetakchisi hisoblanadi. Afrika davlatlaridan 51 tasi respublika, 3 tasi (Marokash, Svazilend (Esvatini), Lesoto) monarxiya boshqaruv shakliga ega. Ma’muriy-hududiy jihatdan Afrikadagi 6 ta davlat – Nigeriya, Efiopiya, Sudan, Janubiy Sudan, Somali, Komor orollari – federativ tuzilishga ega. Afrika davlatlari boy va xilma-xil tabiiy resurslari, ayniqsa, mineral boyliklari bilan ajralib turadi. Neft va tabiiy gaz zaxiralariga Nigeriya, Jazoir, Liviya, Angola, Gabon, Kongo davlatlari boy. Qit’ada eng katta ko‘mir zaxiralari bilan JAR ajralib turadi. JAR, Namibiya, Botsvana, Zambiya, KDR, Niger va boshqa ko‘plab Afrika davlatlari rangli, qimmatbaho va radioaktiv metallar, olmosning yirik konlari bilan mashhur. Afrikada keng tarqalgan tabiat zonalari savanna, chalacho‘l, cho‘l hamda nam ekvatorial o‘rmonlar hisoblanadi. Shimoliy Afrikada sayyoramizdagi eng yirik cho‘l – Sahroyi Kabir joylashgan. Uning janubiy chegarasi bo‘ylab cho‘zilgan Saxel deb ataluvchi chalacho‘l xususiyatli tabiiy geografik o‘lka jahon bo‘yicha aholisi va qishloq xo‘jaligi cho‘llashish jarayonidan eng jiddiy zarar ko‘rayotgan hudud hisoblanadi. Saxel Sudan, Chad, Niger, Mali, Mavritaniya kabi davlatlar hududini qamrab oladi .

Afrika
Maydoni 30,221,532 km2
Aholisi 1,032,532,974[1] (2011)
Aholi zichligi 30.51/km2
Etnoxoronim afrikalik
Vaqt mintaqalari UTC-1dan UTC+4gacha


Afrika xaritasi
Afrika mintaqalari:

Shimoliy Afrika

tahrir

Gʻarbiy Afrika

tahrir

Geologik tuzilishi va relyefi

tahrir

Kattaligi jihatidan Osiyodan keyin 2-oʻrinda. Maydoni 29,6 mln.km², orollari bilan 30,3 mln.km². Aholisi 1.100mln. kishi atrofida (2020). Deyarli oʻrta qismidan ekvator chizigʻi oʻtgan. Shimolidan janubga tomon qariyb 8 ming kmga choʻzilgan. Shimoliy qismining eni 7500km (Almadi burnidan Xafun burnigacha). Janubiy qismining eni 3100km. Shimolida Oʻrta dengiz, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan oʻralgan. 120km li Suvaysh boʻyni orkali Osiyo bilan tutashgan. Yevropadan Afrikani Gibraltar boʻgʻozi ajratib turadi (eng tor joyi 13km). Afrikaga bir necha orollar kiradi: sharqda Madagaskar, Zanjibar, Sokotra, Mafiya, Pemba, Komor, Maskaren, Amirant va Seyshel o.lari; gʻarbda Madeyra, Kanar, Yashil Burun o.lari; Gvineya qoʻltigʻida Pagalu, San-Tome, Prinsipi, Bioko va uzoqrokdagi Vozneseniye, Santa-Yelena, Tristanda-Kunya olari va boshqa Qirgʻoqlari uzilmali, kam parchalangan, koʻpincha togʻlardan iborat. Kdogʻoq yaqinida pasttekisliklar bor. Qoʻltiqlari keng va ochiq, eng yiriklari — Gvineya va Sidra (Katta Sirt). Qulay buxtalari kam. Eng yirik yarim oroli — Somali.

Afrikaning koʻproq qismi Kembriydan oldin burmalangan platformadan iborat boʻlib, ustini paleozoy, mezozoy va uchlamchi hamda toʻrtlamchi davr jinslari qoplab yotadi. Qadimgi kristall jinsli zamin Markaziy Sahroi Kabir, Syerra-Leone, Sharqiy Sudan balandliklarida (anteklizalar), Kongo botigʻi atroflarida va ayniqsa, Sharqiy hamda Janubiy Afrikada yer yuzasiga chiqib yotadi. Platformaning shim. qismida (Sahroi Kabir, Sudan) zamin juda chuqur joylashgan (Sahroi Kabir — Arabiston platosi), janubiy qismida keng maydonlarda esa yer yuzasiga chiqib qolgan (Jan. Afrika qalqoni). Janubiy va shimoli-gʻarbda kembriydan oldingi platformaga zamini burmalangan platforma tuzilmalarining ayrim qismilari kelib qoʻshilgan. Bu tuzilmalar Kap togʻlarida va Atlas togʻlarining ichki rayonlarida yer yuzasiga chiqib qolgan. Alp burmalanishi davrida Afrikada Atlas togʻlarining shim. sohil boʻyi tizmalarigina koʻtarilgan. Kristall jinslardan iborat qadimgi peneplenlarning keng tarqalishi va choʻkindi jins qoplamalarining kam burmalanganli-gi natijasida materik relyefi yassidir. Afrikada plato va togʻliklar koʻp. Ularni tektonik yoriqlar boʻlib-boʻlib yuborgan. Qirlar hamda platolar ustida qoldiq choʻqqilar va vulkan togʻlari koʻtarilib turadi. Afrikaning eng baland nuqtasi — Kilimanjaro togʻidagi Kibo choʻqqisi (5895 m). Afrika koʻp qismining dengiz sathidan bal. 1000 m dan oshmaydi. Olimlar Afrika quyi paleozoy burmalanishi davrida Janubiy Amerika va Hindiston (Gondvana materigi) bilan quruqlik orqali birlashib turgan deb hisoblaydilar. Paleozoyda Sahroi Kabir — Arabiston platformasining ayrim qismlari dengizlar tagida qolgan. Afrikaning qolgan qismi relyefi uzoq davr davomida yemirilib tekislangan. Geologik tuzilishi va turli iqlim zonalarida tashqi omillarning relyefga turlicha taʼsir etishi natijasida materikda bir qancha geomorfologik oblastlar paydo boʻlgan: 1. Oʻrtacha balandlikdagi Atlas burma togʻlari. 2. Sahroi Kabir. Qumli choʻllar Sahroi Kabirning 1/4-1/8 qismini egallaydi. 3. Sudan tekisliklari oʻlkasi. Bu yerda orol shaklidagi togʻlar koʻp. 4. Yuqori Gvineya balandligi. Uning gʻarbida kristall jinsli qoldiq togʻlar va sharqida asosan qumtoshli platolar uchraydi. 5. Kongo botigʻi. 6. Habashiston togʻligi. 7. Somali zinapoyali platosi. 8. Uzilmalar va grabenlar bilan oʻyilgan Sharqiy Afrika togʻligi. Bu togʻlikning baʼzi joylari lava bilan toʻlgan va vulqonlar koʻtarilib turadi. 9. Janubiy Afrika Kalaxari botigʻini va uning atrofidagi balandliklarni hamda Kap togʻlarini oʻz ichiga oladi.

Foydali qazilmalari

tahrir

Afrikada xilma-xil foydali qazilmalar bor. Bulardan koʻplari dunyodagi eng katta konlardir. Foydali qazilma konlari turli geologik davrlar yotqiziklarida uchraydi. Afrikaning asosiy mineral boyliklari Kembriydan oldin va kembriy davrida hosil boʻlgan. Marganets rudalari, boksit, oltin, qalay, niobiy va asbest konlari kembriydan oldingi jinslar tarkibida uchraydi. JAR, Esvatini va Zimbabveda xrizotil-asbest konlari, JARda surma va korund konlari, dunyodagi uran aralash eng boy oltin konlari, Zimbabveda xromit va oltin konlari, Gvineyada boksit konlari, Ganada marganets rudasi, boksit va oltin konlari, Kongoda kumush, Nigeriyada kumush va kolumbit, Madagaskar o.da grafit bor. Markaziy Afrikaning mis mintaqasi kembriy davrida hosil boʻlgan jinslar orasida Zambiyada koʻp uchraydi. Bu yerda mis bilan birgalikda kobalt, uran, rux, Namibiyada vanadiy, berilliy va litiy konlari, Marokashda kobalt va polimetall konlari bor. Janubiy Afrikadagi kumush, xromit, marganets, temir rudalari, titanmagnetit va flyuorit konlari quyi paleozoyda hosil boʻlgan. JAR va Kongo Demokratik Respublikasidagi tub olmos, JAR va Zimbabvedagi koʻmir konlari, Sahroi Kabirning Jazoirga qarashli qismidagi neft konlari, Misrdagi marganets konlari mezozoy (yura va boʻr davrlari)da hosil boʻlgan. Atlantika sohilidan Misrgacha choʻzilgan keng maydonda fosforit, Marokashda marganets rudasi, Marokash, Jazoir va Tunisda temir, qoʻrgʻoshin, rux konlari mavjud.

Iqlimi

tahrir

Ekvator chizigʻi materikni teng ikki qismga boʻlib turganidan Afrikaning ekvatordan shim. va janubiy tomondagi qismlari bir xil iqlim mintaqalariga ega: ekvator iqlimi zonasidan keyin ekvator musson iqlimi, tropik va subtropik iqlim zonalari keladi. Ekvatordan shim. va janubiy tomonda yil fasllari bir-biriga teskaridir, yaʼni shimolida yoz boʻlganida janubida qish boʻladi va aksincha, Janubiy yarim sharda yezda oylik oʻrtacha temperatura 30°dan ortiq boʻlganda, shim. qismida pasayib 10°,25°ga tushadi. Yozda Afrikaning shim. yarmida oʻrtacha oylik temperatura 25ye, 30° (Sahroi Ka-birda), janubiy yarmida esa 25ye, eng janubida 12ye boʻladi. Afrikadagi Tripoli shahri (Liviya) yaqinida Yer yuzida eng yuqori temperatura (58°) qayd kilingan. Kongo botigʻi va Gvineya qoʻltigʻining shim. sohilida juda koʻp (yiliga 1500-2000 mm) yogʻin tushadi. Afrikada eng seryogʻin joy Debunja (Kamerun togʻi etagi)da, yiliga 9655 mm yogʻin tushadi. Yogʻin miqdori, Sudanda janubidan shimolga tomon kamayib boradi. Qolgan rayonlarda ekvatorga hamda Hind okeaniga yaqinlashgan sari ortadi (200 mm dan 1500 mm gacha); Sahroi Kabirda, Kalaxarining janubi-gʻarbida va Namib choʻlida, iqlimni sovitib yuboradigan Bengela oqimi taʼsiri natijasida ahyon-ahyondagina bir oz yomgʻir (100-200 mm) yogʻadi. Afrikaning shimoliy va janubiy chekkalarida yomgʻir qishda (yiliga 600-700 mm) yogʻadi.

Suvlari

tahrir

Afrikada daryolarning geografik taqsimlanishi ham, sersuvligi ham turlicha. Atlantika okeaniga Kongo (Afrikadagi eng sersuv va uzunligi jihatidan ikkinchi oʻrindagi daryo — 4370 km), Niger, Oranj daryolari quyiladi. Hind okeaniga quyiladigan daryolardan eng kattasi Zambezi (2660 km). Oʻrta dengizga asosan Nil (Afrikadagi eng uzun daryo — 6671 km) quyiladi. Afrika maydonining 1/3 qismidan koʻprogʻi ichki suv havzalaridir. Bu yerlarda sernam mavsumlardagina suv oqadi (Sahroi Kabir, Kalaxari, Sharqiy Afrikaning bir qismi). Katta daryolar turli xil iqlimli oʻlkalardan oqib oʻtadi va rejimi juda murakkab. Dare oʻzanlarida ostonalar va sharsharalar koʻp (Nil ostonalari, Zambezidagi Viktoriya sharsharasi, Kongodagi Stenli va Livingston sharsharalari). Afrikadagi eng yirik koʻllar tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan: Sharqiy Afrikadagi Albert, Eduard, Kivu, Tanganika (chuq. 1435 m — chuqurligi jihatidan dunyoda Baykal koʻlidan keyin 2-oʻrinda), Nyasa, Rudolf koʻllari ana shulardandir. Afrikadagi eng yirik koʻl — Vik-toriya koʻli. Efiopiya togʻligida Tana koʻli bor, chala choʻl oʻlkalarida oqmaydigan shoʻr koʻllar koʻp (Chad, Ngami).

Tuproq va oʻsimliklari

tahrir

Afrikada tuproq-oʻsimlik qoplami zona-zona boʻlib joylashgan. Gvineya qoʻltigʻining shimoliy. sohili va Kongo botigʻi sernam boʻlganidan podzollashgan laterit tup-rokdarda doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar oʻsadi. Bu oʻrmonlar kalin, yarusli boʻlib, daraxt turlari nihoyatda koʻp, liana (chirmoviq)lar va epifitlarga boy Yozda yogʻin yogʻadigan rayonlarda siyrak oʻrmonlar — savannalar (tropik oʻrmonli dashtlar), tikanli butazorlar uchraydi. Savannalarda gʻallagulli oʻtlar yilning quruq faslida qovjirab qoladi. Daraxtlar barg tashlaydi. Savannalarda daraxtlardan palma, baobab, akatsiya va boshqalarlar oʻsadi. Savannalarda kizil va qizil-qoʻngʻir tuproqlar, savanna oʻrmonlarida qizil-jigarrang toʻproqlar tarqalgan. Savannalarning ancha qismi haydab yuborilgan yoki yaylovga aylantirilgan. Choʻllarda (Sahroi Kabir, Namib) oʻsimlik siyrak, turlari kam. Sahroi Kabirda kserofitlar — yantoq, bargsiz retam butasi, lekanora lishaynigi, quruq oʻzanlar boʻylab yulgʻun, akatsiya oʻsadi, suv bor joylarda (vohalarda) xurmo ekiladi. Kalaxari choʻlining janubi-gʻarbida sukkulentlar, Namib choʻlida velvichiyalar oʻsadi. Afrikaning shim. subtropik yerlarida hamda janubiy chekkalarida doim yashil butazorlar tipik oʻsimliklardir; togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan. Afrikada 40000 dan ortiq gulli oʻsimlik turlari bor. Afrikaning katta qismi Paleotropik ob-lastga kiradi. Sahroi Kabir va Afrikaning shimoliy sohili Golarktika oblasti tarkibidadir. Qitʼaning eng janubi-gʻarbiy chekkasi Kap oblastini hosil qiladi.

Hayvonot dunyosi

tahrir

Afrika hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Shimoliy Afrika va Sahroi Kabir Palearktika oblastiga kiradi. Bu yerlarda Janubiy Yevropa hayvon turlari bilan birga Efiopiya zoogeografik oblasti turlari uchraydi. Afrikaning qolgan hududi Efiopiya oblastiga kiradi. Sirtlon, viverra, dumsiz maymunlar, quyon, tuvaloq (Atlas togʻlarida), mendasa va bubala jayranlari, oddiy gʻizol, fenek tulkisi va boshqa (Sahroi Kabirda), Janubiy Yevropa hayvonlari, koʻzoynakli ilon, daman, tuyaqush Efiopiya oblasti hay-vonlaridir. Sahroi Kabirda bir oʻrkach-li tuya boqiladi. Efiopiya oblasti qalin oʻrmonlarida maymunlar, fillar, buyvollar (suv sigiri), mitti suv aygʻirlari, qushlardan aksari oʻrmalab chiquvchilar (qizilishton, sassiqpopishak, kulrang toʻtiqush) uchraydi. Qoʻngʻiz, kapalaklar juda koʻp. Savanna, chala choʻl va choʻllarda oʻtxoʻr hayvonlar: jayranlar (40 ga yaqin turi bor), zebra, jirafa, karkidon, begemot, buyvol, fillar; yirtqichlardan arslon, qoplon, gepard, silovsin va sirtlonlar: hasharotlardan termitlar va setse pashshasi koʻp. Noyob hayvonlar qoʻriklanadi.

Tabiat rayonlari

tahrir

Afrika tabiiy sharoitiga koʻra quyidagi rayonlarga boʻlinadi: Shimoliy Afrika — ichki plato atrofini oʻrab olgan Atlas togʻlari oblasti; Sahroi Kabir — dunyoda eng katta tropik choʻl; Sudan — savannalar va siyrak oʻrmonlar oblasti; Afrikaning qolgan hududi geologik tuzilishi va relyefiga, iqlimi hamda tuproq-oʻsimlik qoplami xususiyatlariga koʻra Markaziy Afrika (Kongo botigʻi va uning atrofidagi balandliklar), Somali yarim oroli, Sharqiy Afrika va Janubiy Afrikaga boʻlinadi.

Afrika qitasini kim kashf etgan Oʻrganilish tarixi

tahrir

Shim. Afrika qirgʻoqlari miloddan avvalgi 2-asrdan boshlab misrliklarga maʼlum edi. Milodgacha boʻlgan 6-asrda materik qirgʻoqlari boʻylab finikiyaliklar suzib chiqqanlar. Milod boshlarida indoneziyaliklar Madagaskar o.ni kashf etib, uning sharqiy qirgʻoklarini egalladilar. Arablar oʻrta asrda Shimoliy Afrikani egallab boʻlgach, uning sharqiy qismiga borganlar. Afrikaning gʻarbiy qirgʻoqlari portugallarning Hindistonga boruvchi dengiz yoʻllarini qidirish vaqtlaridan maʼlum boʻlgan. 1443-44 ylarda N. Trishtan Mavritaniya qirgʻoklarini kashf etdi. Shu davrdan boshlab qul sotish ishlari boshlandi. 15-asrdagi B. Diash, Vasko da Gamalarning Afrikaga sayohatlari maʼlum. 16-asrda materik qiyofasi maʼ-lum boʻlgan edi. Materik ichki qismlarini 16-18-asrlarda portugallar, ingliz va fransuzlar oʻrgana boshladilar. 19-asrdan boshlab materik ichki rayonlari yanada mukammal oʻrganila boshladi (D. Livingston, G. Bart, J. Spik, G. M. Stenli, R. Kays va boshqa ekspeditsiyalari). Afrika tabiatini oʻrganishda rus sayohatshunoslari — YE. P. Kovalevskiy va V. V. Yunker xizmatlari bor.

Aholisi

tahrir

Afrika antropogenez markazlaridan biri. Bu hakda 20-asrning 50-70-yillaridagi topilmalar koʻrsatgan. Minglab yillar davomida Afrikada aholining turli etnik guruhlari tar-kib topgan. Hozirgi vaqgda Ada dunyo aholisining qariyb 1/10 qismi yashaydi. Irqiy tarkibi juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Negroidlarning turli tiplari Afrika hududida Saxroi Kabirdan jan.ga qarab tarqalgan. Janubiy Afrikada bushmen va gottentot irq guruhlari mavjud. Shimoliy Ani yevropoidlarning janubi- ga xos xalqlari egallagan. Negroid va yevropoidlarning qadimdan bir-birlari bilan aloqasi natijasida Efiopiya irq tiplari ham tashkil topgan. Madagaskar o.da mongoloidlar irqiga mansub aholi yashaydi. Afrika aholisi juda koʻplab qabila va millatlardan tarkib topgan. Mustamlaka tuzumi aholi rivojlanishini toʻxtatib qoʻygan. Mustamlakachilikka qarshi kurash, davlat mustaqilligiga erishish, milliy ongning oʻsishi, madaniyat markazlarini tashkil etish — hammasi etnik birlashuvni tezlashishiga olib keldi. Buning natijasida Afrikada yangi xalq va millatlar tarkib topdi. Afrikaning koʻplab xalqlari hali yaxshi oʻrganilmagan. Afrikada 4 ta lingvistik oila: afro-osiyo, kongo-kordofan, nil-sahroi kabir va koysan til sinflari mavjud. Yevropoid irqiga taalluqli — ingliz, fransuz, ispan, italiya, portugal va boshqa xalqlar Afrika aholisining 3 % ni tashkil qiladi. Afrikada aholining 42 % musulmon, 22 % xristian, 36 % mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Siyosiy boʻlinishi. Ikkinchi jahon urushidan keyin mustamlaka tuzumining yemirilib borishi va milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi natijasida hozirgi zamon Afrika siyosiy xaritasi mutlaqo oʻzgarib ketgan. Avval-gi Yevropa davlatlari mustamlaka tizimida boʻlgan bir qancha davlatlar oʻz erkinligiga erishgan va oʻnlab yangi davlatlar tashkil topgan. Hozirgi vaqtda Afrikada 53 ta davlat va Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya mulki boʻlgan davlatlar joylashgan (jadvalga q.).

Davlatlar Maydoni
(ming km²)
Aholisi
(mln. kishi)(1995)
Poytaxti
Angola 1246,7 11,5 Luanda
Benin 111,6 5,4 Porto-Novo
Botsvana 581,5 1,5 Gaborone
Burundi 26,8 6,4 Bujumbura
Gabon 258,7 1,3 Librevil
Gambiya 10,3 1,1 Banjul
Gana 230,5 17,5 Akkra
Gvineya 245,8 6,5 Konakri
Gvineya-Bisau 28,1 1,1 Bisau
Jazoir 2381,0 28,4 Jazoir
JAR 1221,0 43,5 Pretoriya
Jibuti 23,0 0,6 Jibuti
Zambiya 743,6 9,1 Lusaka
Zimbabve 387,0 p,z Xarare
Kabo-Verde 4,033 0,423 Praya
Kamerun 415,0 13,5 Yaunde
Keniya 569,6 28,3 Nayrobi
Komor Orollari 2,2 0,5 Moroni
Kongo 341,0 2,5 Brazzavil Kongo
Kongo Demokratik Respublikasi 2267,4 44,1 Kinshasa
Lesoto 30,3 2,1 Maseru
Liberiya 96,4 3,0 Monroviya
Liviya 1759,5 5,2 Tripoli
Mavrikiy 2,0 1,1 Port-Luis
Mavritaniya 1025,0 2,3 Nuakshot

Afrika aholi soni bo‘yicha Osiyodan keyingi qit’a hisoblanib,v2018-yil holatiga ko‘ra, u yerda 1,3 milliardga yaqin kishi yashaydi. Bu jahon aholisining 17 foizini tashkil etadi. Afrika davlatlari orasida aholi soni jihatidan Nigeriya alohida ajralib turadi. Uning aholisi, 2018-yil holatiga ko‘ra, salkam 196 mln. kishiga teng bo‘lib, bu jahon mamlakatlari orasidagi 7-o‘rin hisoblanadi. E’tiborlisi, Nigeriya Afrika davlatlari qatorida maydoni bo‘yicha 14-o‘rinda turadi,xolos. Aholi soni jihatidan Nigeriyadan keyingi yetakchi o‘rinlarni Efiopiya (107,5 mln. kishi), Misr (97 mln. kishi), Kongo Demokratik Respublikasi (84,3 mln. kishi), Tanzaniya (59,1 mln. kishi) va Janubiy Afrika Respublikasi (57,7 mln. kishi) kabi davlatlar egallaydi (2018-y.). Afrika aholisi qit’a bo‘yicha notekis joylashgan (78-rasm). Bunga tabiiy omillar, ayniqsa, iqlim va suv resurslari katta ta’sir ko‘rsatgan. Nil vodiysi va deltasi, O‘rta dengiz va Gvineya qo‘ltiqbo‘yi hududlari, Sharqiy Afrikaning tog‘ oralig‘idagi botiqlari va JARning sanoatlashgan rayonlarida aholi zichligi eng yuqori darajaga ega. Ayni paytda, Sahroi Kabir, Kalaxari, Namib kabi tropik cho‘llarda aholi zichligi o‘ta past. Afrika aholisi eng yuqori sur’atlar bilan o‘sayotgan qit’a hisoblanadi. Jahon aholisi hozirgi vaqtda o‘rtacha yillik hisobda 1,2 % ga ko‘payib borayotgan bo‘lsa, Afrika� da bu ko‘rsatkich 2,6 % ni tashkil etadi. Afrikaning aksariyat davlatlariga tug‘ilish va tabiiy ko‘payishning yuqori sur’atlari, o‘rtacha umr ko‘rishning nisbatan past ko‘rsatkichlari xos (12-jadval). Bu boradagi holat faqat Tunis, Marokash, Liviya, Botsvana, JAR, Mavrikiy va Seyshel orollari kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivoj� lanishi birmuncha yuqori bo‘lgan davlatlarda qit’adagi umumiy vaziyatdan farq qiladi.Afrika qit’alar orasida urbanizatsiya darajasi (43%, 2018-y.) jihatidan oxirgi o‘rinda turadi. Shahar aholisi salmog‘i, asosan, O‘rta dengizbo‘yi davlatlari, JAR, kichik orol mamlakatlari va neft sanoati rivojlangan davlatlarida yuqori. Niger, Ruanda, Burundi, Malavi singari davlatlarda esa urbanizatsiya darajasi 20 % ga ham yetmaydi. Aholining irqiy, etnik va diniy tarkibi jihatidan Afrika qit’asi ikkita katta qismga bo‘linadi. Birinchisi, Misr, Liviya, Sudan, Jazoir, Tunis, Marokash, Mavritaniya kabi davlatlardan iborat bo‘lgan Shimoliy Afrika mintaqasi. Bu davlatlarda, asosan, janubiy yevropeoid irqiga mansub bo‘lgan arab va barbarlar istiqomat qiladi, asosiy din islom dini hisoblanadi, aholining etnik va diniy tarkibi yaxlitliligi bilan ajralib turadi. Qit’adagi boshqa davlatlar esa Tropik Afrika mintaqasini tashkil qiladi. Bu mintaqa aholisining etnik tarkibi juda rang-barang bo‘lib, asosan, negroid irqiga mansub yuzlab millat, elat va qabilalardan iborat. Dinlardan esa islom, xristianlik va turli xil mahalliy dinlar keng tarqalgan bo‘lib, har xil davlatlarda ularning nisbati turlicha.

Afrika davlatlarining jahon xo‘jaligidagi o‘rni, asosan, tog‘-kon sanoati va tropik dehqonchiligi bilan belgilanadi. Ya’ni qit’adagi davlatlar iqtisodiyotida ko‘proq xomashyoni yetkazadigan tarmoqlar ustunlik qiladi. Buning asosiy sabablari ixtisoslashuvning mustamlakachilik davrida shakllanganligi, ishlab chiqarishning texnik va texnologik qoloqligi bilan bog‘liq. Nigeriya, Jazoir, Angola, Liviya, Gabon, Kongo, Ekvatorial Gvineya neft va tabiiy gaz, Niger va Malavi uran, Gvineya boksit, Zambiya va KDR mis, Marokash fosforit, Gana va Tanzaniya oltin, Botsvana, KDR, Angola, Zimbabve, Namibiya olmos, JAR esa toshko‘mir, temir, marga� nes, oltin, platina, olmos kabi mineral resurslarni qazib olish va eksport qilish hajmi bilan ajralib turadi. Aksariyat Afrika davlatlarining qishloq xo‘jaligi uchun ma’lum bir ekin turining yakkahokimligi xosdir. Masalan, Sudan, Mali, Chad va Burkina Fasoda asosiy ekin paxta, Kot-d’Ivuar, Gana, Kamerunda kakao, Senegal va Gambiyada yeryong‘oq, Efiopiya va Ugandada kofe, Keniyada esa choy hisoblanadi. Ko‘ptarmoqli qishloq xo‘jaligi JAR hamda O‘rta dengizbo‘yi davlatlarida shakllangan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi nuqtayi nazaridan Afrika 3 ta qismga bo‘linadi. JAR qit’adagi davlatlar orasida iqtisodiy jihatdan eng qudratlisi bo‘lganligi uchun alohida ajratiladi. Misr, Liviya, Jazoir, Tunis va Marokash kabi birmuncha yuqori darajada rivojlanayotgan davlatlar Shimoliy (O‘rta dengizbo‘yi) Afrika iqtisodiy geografik mintaqasini hosil qiladi. Qit’aning qolgan davlatlari Tropik Afrika mintaqasi tarkibiga kiradi. Tropik Afrikadagi 34 ta davlat BMT tomonidan jahonning eng sust rivojlangan davlatlar guruhiga kiritilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  1. "World Population Prospects: The 2010 Revision" United Nations (Department of Economic and Social Affairs, population division)

2. Geografiya. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf o'quvchilari uchun darsllik. A.Qayumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Federko- 2019. T. 140-145-bet.

Ishoratlar

tahrir