Janubiy Afrika (tabiiy oblast)

(Janubiy Afrikadan yoʻnaltirildi)

Janubiy Afrika - Afrikati tabiiy oblast. Kongo-Zambezi suvayirgʻich platosidan jan.da. Maydon 5 mln. km2 atrofida. Gʻarbdan Atlantika, sharqdan Hind okeanlari oʻrab turadi. Gʻulomovda Afrikaning deyarli hamma landshaft tiplari kichraytirilgan masshtabda takrorlanadi, shuning uchun uni baʼzan Kichik Afrika deb ham atashadi. Geologik jihatdan Afrika platformasining bir qismi. Baland yerlarida kembriygacha paydo boʻlgan kristall va paleozoy intruziv jinslari yer yuzasiga chiqib yotadi. Kalahari botigʻi paleogen jinslari bilan qoplangan. Jan. qismi gersin burmalanishida vujudga kelgan. Gʻulomov zaminida qazilma boylik koʻp, ulardan oltin, uran, kalay, marganets, mis, xromit, asbest, olmos va b. sanoat ahamiyatiga ega. Perm davri yotqiziklarida katta toshkoʻmir konlari bor. Gʻulomovning markaziy qismi 900–1000 m li baland tekislik, chekkalari asosan 1500–2800 m li plato bilan oʻralgan, okeanga tomon tik tushgan va ancha baland (Tabana-Ntlenyana togʻi, 3482 m). Eng jan. Kap togʻlaridan iborat. Yirik daryolari: Zambezi, Limpopo, Oranj va Kunene. Gʻulomov ekvatorial, tropik, subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Yogʻin kam yogʻadigan barg toʻkuvchi siyrak oʻrmonlar, turli tipdagi savanna va choʻllar, eng jan. qismida subtropik doim yashil oʻrmonlar bor. Gʻulomovda quyidagi davlatlar joylashgan: Botsvana, Zimbabve, Lesoto, Namibiya, Eswatini, JAR, qisman — Angola, Zambiya, Malavi va Mozambik; orollardan — Komor orollari, Madagaskar, Mavrikiy, Seyshell orollari, Fransiya mulki boʻlgan — Reyunon.[1]

LocationSouthernAfrica.png

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil