Maskaren orollari
Maskaren orollari - Hind okeanidagi orollar guruhi. Madagaskar o.dan sharqda. Maydoni 4486 km². Eng yirik orollari: Reyunon (Fransiya mulki), Mavrikiy va Rodriges (Mavrikiy davlati tarkibida). Vulkan jinslaridan tarkib topgan. Eng balandjoyi 3069 m (Reyunon o.da). Soʻnmagan vulkanlar bor. Iklimi tropik, passatli iqlim. Yillik yogʻin 1300–2000 mm. Togʻlar doim yashil tropik oʻrmonlar va savannalar bilan qoplangan. Shakarqamish, kokos palmasi, choy, kofe, vanil yetishtiriladi. 1507-yilda orollarni dastlab tadqiq etgan por-tugaliyalik sayyoh Pedru di Maskare-nyans nomi bilan atalgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |