Aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi – aholi punktlari, aso-san shaharlar, shuningdek qishloqlarning intensiv xoʻjalik, mehnat va madaniy-maishiy hamda rekreatsion aloqalar bilan bogʻlanib, yagona birlikni tashkil qilgan kompakt hududli guruhi. Aholining guruh boʻlib joylashishining eng rivoj-langan shakllaridan biri. Shaharlarda (asosan yirik shaharlar atrofida) aholining toʻplanishi asosida vujudga kelgan va rivojlangan.Monotsentrik Aglomeratsiya va politsentrik Aglomeratsiya a. boʻladi. Aglomeratsiya uchun aholi yashaydigan hududlarning yaqinligi, aholining 150mehnat qilish uchun shahar atrofidan shahar markaziga borishi xos. Urbani-zatsiya jarayonida Aglomeratsiya dunyo boʻyicha koʻpayib bormoqda. Oʻzbekistonda 2 yirik Aglomeratsiya (Toshkent, Fargʻona-Margʻilon) bor. Toshkent Aglomeratsiyada 60% shahar va 40% qishloq aholisi, Fargʻona-Margʻilon Aglomeratsiyada 50% shahar aholisi va 50% qishloq aholisi yashaydi (1999).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil