Édgar Yoel Bárcenas Herrera (talaffuzi: Edgar Yoel Barsenas Errera) 1993-yil 23-oktabrda Panamada tavallud topgan. Panamalik futbolchi „Tijuana“ klubi va Panama terma jamoasi yarim himoyachisi.

Édgar Bárcenas Futbol
Umumiy maʼlumotlar
Ism sharifi Édgar Yoel Bárcenas Herrera
Tugʻilgan 23-oktabr 1993-yil(1993-10-23)[1][2]

(28 yosh)

Kolon, Panama

Fuqaroligi
Boʻyi 175 cm
Vazni 75 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Meksiki Tijuana
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Yoel Bárcenas futbolchilik faoliyatini Panamaning „Arabe Unido“ klubida boshlagan. 2012-yilning 29-iyulida u Panama chempionatida debyut qildi va 75-daqiqada „Plaza Amador“ga qarshi kechgan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi[3]. 2014-yil 1-fevralda Édgar Yoel Bárcenas Herrera oʻzining ligadagi birinchi golini „San Francisco“ga qarshi uy uchrashuvida kiritishga muvaffaq boʻldi[4]. 2016-yil yanvar oyi oxirida futbolchi Xorvatiya chempionatining „Split“ klubiga olti oyga ijaraga oʻtdi[5]. 2017-yil yanvar oyi oxirida u Meksikaning ikkinchi divizioni „Kafetaleros de Tapachula“ klubiga bir yilga ijaraga oʻtdi[6].

2017-yil 26-dekabr kuni Meksikaning oliy ligasi klubi „Tijuana“ 2018-yil yozida Édgar Yoel Bárcenas Herrera bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[7]. 2018-yilning 18-iyulida u 2018/19-yilgi mavsum uchun Ispaniya Segundasining „Real Oviedo“ klubiga ijaraga berildi[8].

Terma jamoadagi karyerasi

tahrir
 
Panama terma jamoasida Bárcenas

2014-yil 6-avgust kuni Édgar Yoel Bárcenas Herrera Panama terma jamoasida Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi[9].

Futbolchi JCh-2018da ishtirok etgan[10].

Édgar Yoel Bárcenas Herrera 2019-yilgi KONKAKAF oltin kubogi uchun Panama terma jamoasiga kiritildi[11]. Guruh bosqichida Trinidad va Tobago terma jamoasiga qarshi birinchi o‘yinda u 68-daqiqada gol urdi va jamoa bilan birgalikda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yutuqlari

tahrir
Arabe Unido
  • Panama chempioni (4 karra): 2012 (apertura), 2015 (klausura), 2015 (apertura), 2016 (apertura)
Kafetaleros de Tapachula
  • Chempion Assenso MX (1 marta): 2017/18

Statistika

tahrir
Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyinlari Gollari
C. D. Árabe Unido   Panama 2012-2015 91 15
R. N. K. Split (ijara)   Xorvatiya 2016 8 0
C. D. Árabe Unido   Panama 2016 18 3
Cafetaleros de Tapachula (ijara)   Meksika 2017-2018 49 15
Real Oviedo (ijara)   Ispaniya 2018-2020 72 14
Girona F. C. (ijara)   Ispaniya 2020-2021 43 4
C. D. Leganés (ijara)   Ispaniya 2021-2022 27 2
Mazatlán F. C.   Meksika 2022- 6 0
Umumiy karerasida 2012-hozirgacha 314 53

Manbalar

tahrir
  1. Yoel Bárcenas // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Édgar Yoel Bárcenas // FBref.com (mn.)
  3. „Plaza Amador 2:2 Árabe Unido“ (en). soccerway.com. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 апреля 2016.
  4. „Árabe Unido 1:0 San Francisco“ (en). soccerway.com. 2014-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 апреля 2016.
  5. „Arroyo y Bárcenas a conquistar Europa“ (es). Mi Diario Panamá (15 de enero del 2016). 2019-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.
  6. Raúl Eduardo Cotes. „Panameño Édgar Yoel Bárcenas jugará en México a préstamo“ (es). Telemetro Panamá (23 ene 2017). 2019-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.
  7. Álvaro Martínez. „Ya es jugador de Xolos“ (es). El Siglo (26 de diciembre de 2017). 2019-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.
  8. „Yoel Bárcenas, nuevo jugador del Real Oviedo“ (es). Real Oviedo (18/07/2018). 2019-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.
  9. „Peru 3:0 Panama“ (en). soccerway.com. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 апреля 2016.
  10. Adán De Gracia-Esmenjaud. „Hernán Darío Gómez da listado de 23 convocados a la Copa Mundial“ (es). FEPAFUT - Federación Panameña de Fútbol (30 de mayo de 2018). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.
  11. Isaac Castillero Wilson. „Julio Dely Valdés define los convocados a Copa Oro“ (es). FEPAFUT - Federación Panameña de Fútbol (04 de junio de 2019). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.