Özlem Tureci
Özlem Türeci (1967-yil 6-mart, Siegen ) - nemis immunologi, tadbirkor, akademik, olim va ishbilarmoni. Saraton tadqiqotlari boʻyicha tajribali tadqiqotchi Türeci BioNTech biotexnologiya kompaniyasining asoschilaridan biri va bosh shifokoridir. U Saraton Immunoterapiyasi Assotsiatsiyasi prezidenti boʻlib ham ishlaydi va Maynsdagi Yoxannes Gutenberg universiteti da maʼruzalar oʻqiydi. Türeci asos solgan kompaniya Ganymed Pharmaceuticals hozirda Yaponiyaning Astellas kompaniyasiga tegishli shuba korxonasi sifatida o'z faoliyatini davom ettirmoqda.
Özlem Tureci | |
---|---|
Tavalludi |
1967-yil 6-mart Siegen, shimoliy Ren-Vestfalya, G'rbiy Germaniya |
Fuqaroligi | German |
Kasbi | Shifokor |
Ish joylari |
Mainz Johannes Gutenberg Universiteti Ganymed İlaç BioNTech |
Institutlar | Saarland Universiteti |
2021-yilning avgust oyida u turmush o‘rtog‘i Ug‘ur Shahin bilan birgalikda 14 milliard yevro boyligi bilan Germaniyaning eng boy 10 kishlari orasida 8-o‘rinni egalladi[1]. Shuningdek, u Forbes jurnalining “Dunyoning 100 ta eng kuchli ayoli 2021” roʻyxatida 48-oʻrinni egalladi.
Hayoti
tahrirU 1967-yil 6-martda G‘arbiy Germaniyaning Reyn-Vestfaliya shtatidagi Siegen shahrida Istanbuldan kelgan turk muhojir oilasda tug‘ilgan[2]. Uning otasi katolik shifoxonasida jarroh boʻlib ishlagan. Otasi ishlagan kasalxonada bemorlarga qaraydigan rohibalarga qoyil qolgan Türeci koʻp madaniyatli muhitda oʻsgan. Intervyularidan birida u o'zini " Prussiya turki" deb taʼriflagan[3].
Türeci bakalavriat taʼ'limini Saarland universiteti da tamomlagan. U 2001-yilda Maynsga koʻchib oʻtdi va Mayns universiteti kasalxonasida immun tizimini oʻzgartirilgan genetik kodlar bilan saratonga qarshi kurashishga qaratilgan tadqiqotlar olib bordi. U 2001-yilda Uğur Şahin bilan birga asos solgan kompaniyada faoliyatini davom ettirdi va kompaniyaga turkcha “ganimet” so‘zidan ilhomlanib “Ganymed” deb nom berdi. U 2002-yilda Turkiyadan kelgan hamkasbi Ug‘ur Shahinga turmushga chiqdi. Er-xotin immunitet tizimi va saraton hujayralarini oʻrganishni birgalikda davom ettirdi[4].
Ganymed 2016-ilda Yaponiyaning Astellas farmatsevtika kompaniyasiga sotilgan. 420 million yevro qiymatidagi ushbu savdo Germaniya tibbiyot sohasida oʻsha kunga qadar eng yuqori savdo boʻldi[5]. Bu savdo Özlem Tureci va Ugʻur Shahin juftligini Germaniyadagi eng boy odamlar qatoriga qoʻshdi.
Türeci 2008-yilda turmush oʻrtogʻi Uğur Şahin va avstriyalik immunolog va onkolog Kristof Xuber bilan BioNTech kompaniyasiga asos solgan. 2018-yilda Türeci kompaniyaning bosh shifokori bo‘ldi. 2020-yil holatiga koʻra 1300 nafar xodimga ega boʻlgan kompaniya dastlab saraton kasalligini davolash boʻyicha immunoterapiya ustida ishlagan. 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi paydo boʻlishi bilan kompaniya koronavirusga qarshi vaktsina topishga kirishdi. Özlem Türeci SARS-CoV-2 ga qarshi vaktsina ishlab chiqish tadqiqotlarida yetakchi rol oʻynadi. Vaksinani ishlab chiqishda BioNTech bilan hamkorlik qilgan AQShning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi 2020-yil 9-noyabr kuni COVID-19 vaktsinasini ( BNT162) ishlab chiqarilganini eʼlon qildi va u 90% muvaffaqiyatga erishdi[6].
Mukofotlari
tahrir- 1995-yilda Germaniya Gematologiya va Onkologiya Jamiyatining Vinchen Tserni mukofoti va 1997-yilda "Kalogero Pagliarello tadqiqot mukofoti" ni oldi[7].
- Türeci, turmush o'rtog'i Uğur Şahin bilan birgalikda, Financial Times jurnalida “2020-yil odami” deb tanlandi[8].
- 2021- yil 10-mart kuni Bilkent universiteti rektori Abdulla Atalar Özlem Türeci va Uğur Shahin ga universitet vasiylar kengashi va senatining roziligi bilan faxriy doktor unvonlari berilishini eʼlon qildi[9].
- 2020-yil dekabr oyida Türeci va uning turmush o‘rtog‘i Uğur Shahin mRNK vaktsinasi va Covid-19 ga qarshi olib borgan ishlari uchun Axel Springer SE tomonidan “2021 Honor mukofoti”ga loyiq deb topilgani e’lon qilindi[10].
- 2021-yil 19-martda Türeci va uning turmush oʻrtogʻi Uğur Shahin vaktsina sohasidagi ishlari uchun Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandilar. Bellevyu saroyida bo'lib o'tgan marosimda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Angela Merkel ham ishtirok etdi[11].
- 2021-yil 13-oktabrda Türeci va uning turmush o‘rtog‘i Uğur Shahin bilan birgalikda Gretsiyaning “Empress Theophano mukofoti” bilan taqdirlandi[12].
Manbalar
tahrir- ↑ Ali Mercimek. „Şahin-Türeci çifti en zengin ilk 10'a girdiler“. Hürriyet. 11-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
- ↑ „Das Forscherpaar“. Der Spiegel. 25-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
- ↑ Oltermann, Philip „Uğur Şahin and Özlem Türeci: German 'dream team' behind vaccine“. The Guardian. 11-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2020-yil.
- ↑ aşısının arkasındaki iki isim: Türkiye kökenli Uğur Şahin ve Özlem Türeci „Covid-19 aşısının arkasındaki iki isim: Türkiye kökenli Uğur Şahin ve Özlem Türeci“. Euronews. 10-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Astellas kauft Ganymed“ (Nemis). Traskript.de. 11-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
- ↑ „PFIZER AND BIONTECH ANNOUNCE VACCINE CANDIDATE AGAINST COVID-19 ACHIEVED SUCCESS IN FIRST INTERIM ANALYSIS FROM PHASE 3 STUDY“. 9-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2020-yil.
- ↑ Öztürk, Kurtuluş „Tıp Bilimine Yön Veren 100 Türk“. Turkishtime. 7-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2020-yil.
- ↑ „FT People of the Year: BioNTech’s Ugur Sahin and Ozlem Tureci“. Financial Times, 16 Aralık 2020. 16-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2020-yil.
- ↑ Kasap, Selma „Bilkent Üniversitesi, Özlem Türeci ve Uğur Şahin'e onursal doktora tevcih edecek“. Anadolu Ajansı. 10-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2021-yil.
- ↑ „Covid-19 aşısını geliştiren Şahin ve Türeci, 2021 Axel Springer Ödülü'nün sahibi oldu“. Euronews. 24-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Türeci ve Şahin’e liyakat nişanı verildi“. Deutsche Welle. 19-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2021-yil.
- ↑ „Yunanistan Cumhurbaşkanı, Uğur Şahin ile Özlem Türeci'ye 'İmparatoriçe Theophano' ödülünü verdi“. Euronews. 14-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktyabr 2021-yil.