Bosh menuni och

Vikipediya β

A. Merkel

Angela Merkel (Angela Dorothea Kasner) (1954.17.7, Gamburg sh.) — Germaniya davlat kansleri. Fizika fanlari doktori (1986). Leypzig universitetini tugatgan. 1978 y.lan Germaniya Demokratik Respublikasi FA ning fizik kimyo markaziy instituti ilmiy xodimi, 1990 y. Germaniya Demokratik Respublikasi demokratik hukumatining matbuot kotibi oʻrinbosari, birlashgan Germaniya federal hukumatining matbuot va axborot idorasi referenti, 1990 yildan Xristian-demokratik ittifoq va GFR bundestagi aʼzosi, 1991 yildan Germaniya xotin-qizlar va yoshlar ishlari boʻyicha, 1994 yildan atrof-muhitni muhofaza qilish va yadro reaktorlari xavfsizligi masalalari boʻyicha federal vazir, 1998 yildan Xristian-demokratik ittifoq bosh kotibi, 2000 y. apreldan raisi, 2002 y. sent.dan GFR bundestagida Xristian-demokratik ittifoq / Xristian sotsial ittifoqining birlashgan fraksiyasi raisi. 2005-yil 22-noyabrdan GFR federal kansleri[1].

ManbalarTahrirlash

  1. Biography. German Federal Press and Information Office. 14 January 2015. (ingl.)