2005
(2005-yildan yoʻnaltirildi)
2005-yil — „Sihat-salomatlik yili“ Xitoy taqvimida xoʻroz yili.
Ming yilliklar: | 3-mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
Oʻzbekiston Tahrirlash
- 17-20-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi.
- 25-yanvar — „Sihat-salomatlik yili“ davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
- Mart — Toshkent viloyatida „Bursel—Toshkent tekstil“ qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.
- 12-13-may — Andijon shahrida bir guruh aqidaparast va ekstremistlar tomonidan qurolli ekstremistik xurujlar sodir etildi.
- May — „Toshguzar—Boysun—Qumqoʻrgon“ temir yoʻl magistralining ikkinchi bosqichi — „Qumqoʻrgʻon—Boysun“ yoʻnalishi ishga tushirildi.
- May — Chirchiq shahrida „Barkamol avlod“ sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi. May. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi.
- 29-iyul — 1- va 2-ToshTI negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.
- 1-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi.
- 30-avgust — Toshkent shahrining Eski shahar hududida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi qayta ochildi. Oʻzbek liboslari galereyasi, Bolalar ijodiyoti uyi foydalanishga topshirildi.
- Avgust — Toshkentdagi Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida „Il“ning yangi avlodi — „Ilyushin Il—76 TD90 VD“ samolyoti chiqarila boshlandi.
- 1-sentyabr — Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasi qurib bitkazildi.
- 5-sentyabr — Toshkent — Buxoro yoʻnalishida tezyurar yoʻlovchi tashuvchi elektr-poyezdi qatnay boshladi.
- 9-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi bilan XXR oʻrtasida „Doʻstlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari toʻgʻrisida“gi Shartnoma (Pekin, 2005-yil 25-may) ratifikatsiya qilindi.
- 11-12-sentyabr — Oʻzbekiston Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyatining 4-qurultoyi boʻlib oʻtdi.
- 5-6-noyabr — Toshkentning „Oʻzbekiston“ sport majmuasida badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogi bosqichi — „Sharq goʻzali—2005“ xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.
- 9-noyabr — „Margʻilon shahrining 2000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
- 14-noyabr — Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.
- 26-27-noyabr — Toshkent shahridagi „Oʻzbekiston“ sport majmuasida kurash boʻyicha 5-jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
- 29-noyabr — Toshkent shahrida Kurash xalqaro assotsiatsiyasining 6-kongressi boʻlib oʻtdi.
- Noyabr — Moʻynoq tumanida yangi „Sharqiy Berdaq“ gaz koni ochildi.
- Noyabr — Fargʻona shahri aeroportidan „Fargʻona — Moskva — Fargʻona“ yoʻnalishi boʻyicha samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
- Noyabr — Toshkent shahrida „Yugnakiy“ yoshlar sport majmuasi ochildi.
- 28-dekabr — Toshkentning Mustaqillik maydonida Baxtiyor ona haykali ochildi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevraldagi qarori bilan Mustaqillik obidasi va Baxtiyor ona haykali Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nomlandi).
Voqealar Tahrirlash
- mart — Qirg'izistonda „lola inkilobi“. Prezident Asqar Akaev isteʼfoga chikdi. Keyinchalik Qurmanbek Bakiev Qirg'iz Respublikasi prezidenti etib saylandi.
- may — Eronda saylov boʻlib, unda Maxmud Ahmadiy Najot prezident etib saylandi.
- 29-sentyabr — Ostona shahrida Butunjahon qozoqlarining III qurultoyi oʻtkazildi.
- 6-7-oktabr — Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti — MOHT Evroosiyo Iqtisodiy hamjamiyati xalqaro tashkilotiga Sankt-Peterburgdagi yigʻilishda qoʻshildi.
- noyabr — GFR tarixida birinchi ayol kishi Angela Markel kansler etib saylandi.
- 4-dekabr — Nursulton Nazarboev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti etib qayta saylandi.
- Evo Morales Boliviyada boʻlgan prezident saylovlarida gʻolib chiqdi.
- Daniel Ortega Nikaraguada boʻlgan prezident saylovlarida gʻolib boʻldi.
Tugʻilganlar Tahrirlash
Yana qarang: Turkum:2005-yilda tugʻilganlar
Vafot etganlar Tahrirlash
Yana qarang: Turkum:2005-yilda vafot etganlar
Nobel mukofoti laureatlari Tahrirlash
- Fizika — Roy J. Glauber, John L. Hall va Theodor W. Hänsch
- Kimyo — Robert Grubbs, Richard Schrock va Yves Chauvin
- Fiziologiya va tibbiyot — Robin Warren va Barry Marshall
- Iqtisodiyot — Robert Aumann va Thomas Schelling
- Adabiyot — Harold Pinter
- Tinchlik — Mohamed El Baradei
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |