Nur-Sulton
Nur-Sulton (Sobiq nomi Astana) — Qozogʻistondagi shahar, Qozogʻiston Respublikasi poytaxti, Oqmoʻla viloyati maʼmuriy markazi. Hozirgi kunda shaharning hududi 200 km2. Ishim daryosining oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 792,7752 kishi (2013).
Nur-Sulton | |
---|---|
shahar, Qozogʻiston poytaxti | |
qoz. Nur-Sulton
![]() | |
51°11′0″N 71°24′0″E / 51.18333°N 71.40000°EKoordinatalari: 51°11′0″N 71°24′0″E / 51.18333°N 71.40000°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Hukumat | |
• Akim | Altay Kulginov |
Asos solingan | 1830 |
Ilk eslatilishi | 1830 |
Avvalgi nomlari | Akmolinsk, Tselinogarad, Akmola, Astana |
Maydon | 797,33 km2 |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha,ruscha |
Aholisi | 1 078 384[1] |
Zichligi | 1299 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
qozoqlar 66,80 % ruslar 23,35 % ukrainlar 1,81 % tatarlar 1,34 % oʻzbeklar 1,10 % va boshqalar 5,63 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7172 |
Pochta indeks(lar)i | 010000 |
Avtomobil kodi | Z eskisi, 01 yangisi |
SanoatiTahrirlash
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash (qishloq xoʻjalik mashinalari, nasos, vagon remonta, gaz apparaturasi, choʻyan kuyish va boshqa zavodlar), oziq-ovqat (goʻsht, sut, non mahsulotlari, pivo zavodi), yengil (chinni zavodi, tikuvchilik fabrikasi va boshqa) sanoatlari rivojlangan. Gʻisht, temir-beton materiallari, uy-joy qurilish qismlari, asfalt, keramika mahsulotlari ishlab chiqariladi. TETS ishlab turibdi. Elektr uzatkich liniyalari Ostonani Qaragʻandi, Pavlodar, Petropavlovsk, Rudniy bilan bogʻlagan.
TarixiTahrirlash
Shahar eski qismining koʻchalari toʻgʻri burchak shaklida tuzilgan. Nursultonda 1960-yildan katta qurilish ishlari boshlandi. 1961—92 yillar bosh plani boʻyicha shaharning janubi-sharqiy qismidagi boʻsh yerlarda tipovoy loyiha asosida koʻp qavatli binolar qurilgan, yangi turar joy mikrorayonlari va jamoat binolari (Madaniyat saroyi, 1960—64, meʼmorlar O. Kratsklis, D. Danneberg, P. Fogel), Yoshlar uyi (1974, meʼmor A. T. Polyanskiy va boshqa), „Ishim“ mehmonxonasi, telemarkaz va boshqalar barpo etilgan. Ostonada 4 oliy oʻquv yurti, teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari bor. Nur-Sulton 1830-yilda Oqmoʻla qalʼasi sifatida barpo qilingan.
NomiTahrirlash
Shaharning nomi 1961-yilgacha Akmolinsk, 1992-yilgacha Selinograd, 1998-yilgacha Oqmola boʻlgan. Nursulton shahri 1997-yildan beri Qozogʻiston Respublikasining poytaxti boʻlib kelmoqda. Undan avval Olma-ota (Almati) shahri mamlakatning poytaxti boʻlgan.
Ichki boʻlinishiTahrirlash
Nur-Sulton Sariarqa tumani, Alma-Ata tumani va Yesil tumani boʻlib boʻlinadi
Qiziqarli xabarlarTahrirlash
- Nur-sulton — Osiyo poytaxtlarining ichida shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan.
- Nur-sulton — Yer sharidagi eng sovuq poytaxtlarning biridir, Mongoliya poytaxti Ulan-Batordan issiq, Kanada poytaxti Ottavadan sovuq.
MaorifTahrirlash
KollejlarTahrirlash
- Nur-Sulton politexnik kolleji
- Tibbiyot kolleji
- Inovatsion texnalogiyalar kolleji
- Moliyaviy-iqtisoiy kolleji
- Gumanitar kolleji (Pedagogik kollej)
- Gumanitar-yuridik kolleji QazGYuU
- Yevrosiyo gumanitar institutining kolleji
- „Turon“ kolleji
- Boshqarish kolleji
- Moliyaviy akademiyaning kolleji
- Iqtisodiyot, oziq-ovqatlarni standartlash va texnalogiyalar kolleji
- Savdo-sanoat va iqtisodiyot kolleji
- Iqsodiy-hududiy kolleji
- Qozoq texnologiya va biznes universitetining kolleji
- Transport va aloqa kolleji
Oliy oʻquv yurtlariTahrirlash
Nur-sulton shahrida 10 tadan ziyod oliy oʻquv yurtlati bor, shulardan:
- Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti davlat boshqarish akademiyasi
- L.N.Gumilev nomli Yevrosiyo milliy universiteti
- Yevrosiyo gumanitar instituti
- Qozoq milliy sanʼat universiteti
- S.Seyfullin nomli qozoq agrotexnik universiteti
- Qozoq gumanitar-yuridik universiteti
- M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Qozogʻistondagi filiali
- Qozogʻiston-Rossiya universiteti
- Nur-Sulton tibbiyot universiteti
- Nazarboyev Universiteti
- Moliya akademiyasi
- Qozoq moliyaviy-iqtisoiy va xalqaro savdo universiteti
- Qozoq texnalogiya va biznes universiteti (QazTBU)
Sport saroylariTahrirlash
- Bosh stadion Nur-Sultan Arena — 30 000 kishini sigʻdira oladi [2]
- Qajimuqan Munaytpasov nomidagi stadoin — 12 350 kishini sigʻdira oladi
- Yopiq konʼki saroyi — 8 773 kishini sigʻdira oladi
- Alau muz saroyi — 8 000 kishini sigʻdira oladi
- Sari-Arqa — 8 000 kishini sigʻdira oladi
- Qozogʻiston sport saroyi — 6 532 kishini sigʻdira oladi
AholisiTahrirlash
Nur-Sulton shahrining aholisi 2000-yil bilan solishtirganda 169,2-ming kishiga koʻpayib, 2006-yilning boshida 550,2 ming kishiga yetdi. Aholi soni boʻyicha Nur-Sulton Qozogʻistondagi Almati shahridan keyin 2-oʻrinda.

Milliy tarkibiTahrirlash
Milliy tarkib (2012) | ||||
---|---|---|---|---|
qozoqlar | 66.80% | |||
ruslar | 23.35% | |||
ukrainlar | 1.81% | |||
boshqalar | 8.04% | |||
Milliy tarkib (1989) | ||||
---|---|---|---|---|
ruslar | 54.10% | |||
qozoqlar | 17.71% | |||
ukrainlar | 9.26% | |||
boshqalar | 18.93% | |||
1989-yilgi aholi soni |
% | 1999-yilgi aholi soni |
% | 2012-yilgi aholi soni |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
umumiy | 281252 | 100,00 % | 319324 | 100,00 % | 742918 | 100,00 % |
Qozoqlar | 49798 | 17,71 % | 133585 | 41,83 % | 480815 | 66,80 % |
Ruslar | 152147 | 54,10 % | 129480 | 40,55 % | 188928 | 23,35 % |
Ukrainlar | 26054 | 9,26 % | 18070 | 5,66 % | 13453 | 1,81 % |
Tatarlar | 9339 | 3,32 % | 8286 | 2,59 % | 9937 | 1,34 % |
Olmonlar | 18913 | 6,72 % | 9591 | 3,00 % | 7930 | 1,07 % |
Beloruslar | 8220 | 2,92 % | 5761 | 1,80 % | 3834 | 0,52 % |
Koreyslar | 1329 | 0,47 % | 2028 | 0,64 % | 4981 | 0,67 % |
Oʻzbeklar | 640 | 0,23 % | 429 | 0,13 % | 8166 | 1,10 % |
Polyaklar | 2762 | 0,98 % | 2537 | 0,79 % | 2412 | 0,32 % |
Ingushlar | 1889 | 0,67 % | 1822 | 0,57 % | 2732 | 0,30 % |
Ozarbayjonlar | 997 | 0,35 % | 902 | 0,28 % | 2978 | 0,40 % |
Qirg'izlar | 94 | 0,03 % | 196 | 0,06 % | 1808 | 0,20 % |
Chechenlar | 514 | 0,18 % | 752 | 0,24 % | 1063 | 0,14 % |
Boshqirdlar | 1187 | 0,42 % | 870 | 0,27 % | 1009 | 0,14 % |
Armanlar | 814 | 0,29 % | 576 | 0,18 % | 790 | 0,10 % |
Moldavanlar | 1004 | 0,36 % | 629 | 0,20 % | 7 | 0,9 % |
Uyg'urlar | 53 | 0,02 % | 161 | 0,05 % | 881 | 0,12 % |
boshqalar | 5498 | 1,64 % | 3649 | 0,83 % | 8711 | 0,90 % |
Hamdoʻst shaharlariTahrirlash
Shahar | Yil | Davlat |
---|---|---|
Anqara | - | Turkiya |
Istanbul | - | Turkiya |
Izmir | - | Turkiya |
Moskva | - | Rossiya |
Sankt-Peterburg | - | Rossiya |
Qozon | 2004 | Rossiya |
Pittsburg | - | AQSh |
Ammon | - | Iordaniya |
Riga | - | Latviya |
Toshkent | - | Oʻzbekiston [5] |
Gdansk | 1996 | Polsha |
Varshava | 2002 | Polsha |
Kiyev | 1998 | Ukraina |
Seul | 2004 | |
Dubay | - | Birlashgan Arab Amirliklari |
Pekin | - | Xitoy |
Manila | - | Filippin |
Tbilisi | 2005 | Gruziya [6] |
Bishkek | 2011 | Qirgʻiziston [7] |
Xanoy | - | Vyetnam |
Nice | 2013 | Fransiya |
Shaharning nazarga tushgan joylariTahrirlash
- Sulu-Jasil bulvari — Nur-Sulton markazidagi yangi koʻcha.
- Oq-Oʻrda — Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi.
- Boyterak — Nur-Sultonning asosiy simvoli.
- Mustaqillik saroyi — davlatning rasmiy tadbirlarini, forumlarni, majlislarni, uchrashuvlarni, syezdlarni oʻtkizish joyi hisoblanadi.
- Barqarorlik va tinchlik saroyi — Dunyo va milliy dinlar liderlarining sʼezini oʻtkizish uchun moʻljallangan bino.
- Xan-Shatir — Nur-Sultonning eng yirik koʻngil ochar markazi.
boyterak | Mustaqillik saroyi | Qozogʻiston sport kompleksi | Nur-Sulton masjidi | Qozoq eli monumenti |
ManbalarTahrirlash
- ↑ Численность населения Республики Казахстан по полу в разрезе областей, городов, районов и районных центров и поселков на начало 2019 года. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. 2019-08-02.
- ↑ http://www.uefa.com/MultimediaFiles/Download/FirstDiv/uefaorg/Publications/01/67/03/93/1670393_DOWNLOAD.pdf
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv Arxivlandi 2013-11-13Wayback Machine saytida.: Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) Arxivlandi 2011-08-16Wayback Machine saytida.
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1 maya 2012 goda[sayt ishlamaydi]
- ↑ Tashkent, goroda-pobratimi
- ↑ Soglashenie o partnerstve s Tbilisi, archived from the original on 2012-04-09, https://web.archive.org/web/20120409045422/http://www.tbilisi.gov.ge/index.php?lang_id=RUS&sec_id=4571, qaraldi: 2013-12-23
- ↑ Soglashenie ob ustanovlenii pobratimskix svyazey mejdu Bishkekom i Astanoy
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi I tom
Vikiomborda Nur-Sulton haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |