Petropavl
Petropavl (qozoqcha: Петропавл) — Qozogʻistondagi shahar (1807-yildan). Shimoliy Qozogʻiston viloyatining maʼmuriy markazi. Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy qismida va Ishim daryosi oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 204,8 ming kishi (2011-yil 1-iyun).Shaharda Pedagogika instituti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Petropavlga 1752-yilda asos solingan.[4]
Petropavl qozoqcha: Петропавл | |
---|---|
shahar | |
54°51′44″N 69°08′27″E / 54.86222°N 69.14083°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Shimoliy Qozog'iston viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Zakaryanov Toʻlegen Qabiqenovich |
Asos solingan | 1752 |
Avvalgi nomlari | Petropavlovsk |
Qachondan beri shahar | 1807 |
Maydon | 4,516 km2 (1,744 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2012) |
208 362[1] |
Milliy tarkib |
ruslar 66,27 % qozoqlar 21,42 % tatarlar 3,75 % olmonlar 1,59 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7152[2] |
Pochta indeks(lar)i | 150000[3] |
Avtomobil kodi | T, 15 |
|
Aholisi
tahrirShaharning aholisi 204,8 ming kishi (2011-yilgi 1-iyun). Shahar aholisining yarmidan koʻpisini ruslar tashkil etadi. Milliy tarkibi esa quyidagi jadvalda keltirilgan. (1-yanvar 2010-yilgi)[5][6]:
- ruslar — 129 301 kishi (66,2 %)
- qozoqlar — 41 800 kishi (22 %)
- tatarlar — 7 320 kishi (3,75 %)
- ukrainlar — 5 785 kishi (2,97 %)
- olmonlar — 3 111 kishi (1,59 %)
- beloruslar — 1 283 kishi (0,66 %)
- polyaklar — 900 kishi (0,46 %)
- armanlar — 737 kishi
- tojiklar — 629 kishi
- ozarbayjonlar — 624 kishi
- oʻzbeklar — 600 kishi
- boshqalari — 3019 kishi
- Jami — 195 109 kishi.
Iqtisodi
tahrirHozirgi kunda Petropavl Qozogʻistondagi yirik ishlab chiqarish markazlarining biriga aylandi. Shaharda 174 korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek yirik korxonalarga „Evraziya“, „Vita“, „Molochniy soyuz“ AL-lari, non kombinati, liker-araq zavodi, „Sultan“, „Tonus“ v.b. kiradi. Shahar iqtisodining 10 % kichik biznes tashkil qiladi.
Sanoati
tahrirMashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Kichik litrajli dvigatellar, mashinasozlik, turli mexanizmlar, izolyasiya materiallari zavodlari, goʻsht kombinati bor. Tikuvchilik buyumlari, poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Iqlimi
tahrirShahar iqlimi keskin kontinental. Qishi qahraton sovuq va uzoq (5 oy davomida), yomgʻir kam yogʻadi, yozi issiq, yomgʻir kam yogʻadi.
Petropavl iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha harorat, °C | −18,6 | −14,9 | −8,0 | 3,6 | 12,7 | 18,4 | 24,8 | 16,7 | 10,6 | 3,5 | −8,0 | −13,6 | 2,2 |
Manba: NASA. База данных RETScreen |
Madaniyati
tahrirTeatrlar
tahrir- S. Muqanov nomidagi Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qozoq sozli-daram teatri
- Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qoʻgʻirchoq teatri
- Shimoliy Qozogʻiston viloyati N. Pogodin nomli rus drama teatri
Muzeylar
tahrir- Shimoliy Qozogʻiston viloyati tarixiy-davlat noma mezeyi
- Viloayt tasviriy sanʼat muzeyi
- „Abilay xonning rezidensiyasi“ muzey kompleksi
Kutubxonalar
tahrir- Gʻ. Musirepov nomidagi viloyat bolalar-yoshoʻspirimlar kutubxonasi
- I. Shuxov nomli shahar kutubxonasi
- S. Muqanov nomli Shimoliy Qozogʻiston viloyati ilmiy kutubxonasi
Hamdoʻst shaharlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Demografia_2012
- ↑ Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Chislennost naseleniya Respubliki Kazaxstan po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na nachalo 2010 goda[sayt ishlamaydi]
- ↑ Natsionalniy sostav naseleniya Kazaxstana po perepisi 2009
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |