Belaruslar — xalq, Belarus respublikasining asosiy aholisi (7,9 mln. kishidan ortiq, 1992). Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi (1206 ming kishi), Ukraina (440 ming kishi). Qozogʻiston (183 ming kishi), Latviya (120 ming kishi), Litva (63 ming kishi), Oʻzbekiston (63 ming kishi), Estoniya (27,7 ming kishi)da ham yashaydi. Polshada 300 ming kishiga yaqin. Belarus tilida soʻzlashadi. Dinga eʼtiqod qiluvchilari — asosan pravoslavlar, qisman katoliklar ham bor.[13]

Belaruslar
(беларусы/biełarusy)
Umumiy aholi soni

11 million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Belarus: 8,159,073[1]
 Rossiya 521,443[2]
AQSH bayrogʻi AQSh 600.000[3]
 Ukraina 275,763[4]
 Isroil 130.000[3]
 Qozogʻiston 66,476[5]
 Latviya 68,174[6]
 Kanada 50,000 — 70,000[7]
 Braziliya 45,000 — 80,000[8]
 Polsha 50,000 — 70,000[8]
 Litva 41,100[9]
 Moldova 20,000[3]
 Avstraliya 20,000[3]
 Estoniya 17,241[10]
 Argentina 7,000[3]
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 7,000[3]
 Belgiya 2,000[3]
 Gretsiya 1,168[11]
 Portugaliya 1,002[12]
Tillar
Belaruscha, Ruscha
Dinlar
Xristian dini
Qarindosh etnik guruhlar
slavyan xalqlar
A.
Belarus xalqining piramidasi.

Alifbosi kirillitsaga asoslangan.

I. E. Repin Belarus,1892
Belaruslarning xatasi — uyi, Strochisidagi ochiq osmon tagidagi koʻrgazma

Masihiylik diniga mansub, ichinora katoliklar ham bor. Belaruslar sharqiy slavyan xalqlariga mansub.

Tarixi

tahrir

Belarus xalqining etnik asosini sharqiy slavyan qabilalari: dregobichlar, krivichlar, radimichlar, drevlyanlar, severyanlar, volinyanlar tashkil qilganlar. 9 — 11 asrlarda shu qabilalar Kiev Rusining tarkibi boʻldi. U parchlanib, knyazlik tarqqgandan keyin (13 — 14 asrlar) Buyuk Litva knyazligining, 1569-yildan Rech Pospolitayaning tarkibiga kirdi. 18-asrda Rossiyaga qoʻshildi. Shu asrdan boshlab belaruslarning madaniyati va turmush kechirishi koʻp oʻzgarishlarga uchradi. Hozirgi kunda belaruslar madaniyatining milliy etnografiyalik qadiriyatlari (milliy kiyimi, taom turlari, oilaviy dasturi) faqat chet joylarida saqlanib qolgan.

Milliy kasb-hunari

tahrir

Milliy kasb-hunarlari — dehqonchilik (arpa, bugʻdoy, sholi, kartoshka, zigʻir yetishtirishadi) va mol chorvachiligi (sigir, choʻchqa va uy parrandalarini boqishadi) yahshi yoʻlga qoʻyilgan. Kulolchilik bilan, ustalik kasibi bilan, kiyim, oyoq kiyim tikish, turli buyumlarni toʻqish bilan shugʻullanadi.

Kiyimlari

tahrir

Milliy kiyimlari erkaklari tizzasigacha etik, shim kiyadi, bellarini junli ipdan oʻrilib, uchlarini belbogʻ bilan boylaydi. Sirtki koʻrinishiga gullik matodan tikilgan nimcha, boshlariga qalpoq, qishda „magerka“, „kuchma“, „ablavuxa“ nomli qalpoqlar kiyishadi. Ayollari oldi koʻrinishi naqsh bilan oʻrnaklangan koʻylak, „andaran“ nomli nimcha kiyishadi. Rang-barang belbogʻlardi bogʻlaydi. Sochlarini oʻrmaklaydi. Erkaklar ham, ayollar ham qishda chapon, toʻn kiyishadi.

Taomlari

tahrir

Milliy taomlari — kartochka va undan tayyorlangan taomlar (jur, zatirka, buraki, kletski). Goʻshtni bayram arafalarida isteʼmol qilishadi (machanku, studen, vereshaku). Asosiy milliy ichimliklari: kvas, qayin sharbati. Milliy uylari koʻpincha daraxtdan ishlanadi.

Manbalar

tahrir