Qozogʻiston

Markaziy Osiyo va (qisman) Yevropadagi davlat

Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi (qozoqcha: Қазақстан, Qazaqstan, Қазақстан Республикасы, Qazaqstan Respublikası) – Oʻrta Osiyo va Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 17 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi. Poytaxti – Ostona shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Ostona, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qoragʻandi va Oqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km, janubda – Turkmaniston – 380 km, Oʻzbekiston – 2 300 km va Qirgʻiziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6 km hisoblanadi.[6] Shuningdek, gʻarbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubda Orol dengizi suvlari yuvib turadi.[7] Qozogʻiston aholisi soni 19,17 mln. kishi (2022-yil) Qozoqlar aholining 70.4% ni tashkil qiladi.

Qozogʻiston Respublikasi
Qazaqstan Respublikasy
Shior«Alğa Qazaqstan!» (norasmiy)
Madhiya: «Менің Қазақстаным» (Mening Qozogʻistonim)
Location of Qozogʻiston
Poytaxt Ostona
Eng katta shahar Almati, Ostona, Chimkent, Qaragʻandi
Rasmiy til(lar) Qozoqcha (Davlat)
Ruscha (Rasmiy)
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Qosim-Joʻmart Toqayev
Oʻljas Bektenov
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan)
• Sana
16-dekabr 1991-yil
Maydon
• Butun
2 724 902[1] km2 (9-oʻrin)
• Suv (%)
1,50%[2]
Aholi
• 2023-yilgi roʻyxat
= 19 967 964[3] (64-oʻrin)
• Zichlik 6,66/km2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun
Decrease$164.207 milliard[4] (54-oʻrin)
• Jon boshiga
Decrease $8,763[4]
Pul birligi Tenge (KZT)
Vaqt mintaqasi UTC+5[5]
Qisqartma KZ, KAZ
Telefon prefiksi 7
Internet domeni .kz

Davlat tuzumi tahrir

 
Aqtoʻbe – Mega Aktobe
 
Chimkent – Oʻrda Basi

Qozogʻiston – boshqaruvning prezidentlik shaklidagi unitar davlat.[8] Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 30-avgustdagi referendumda qabul qilingan; 1998-yil 7-oktabrda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.[9] Davlat boshligʻi – prezident (2019-yil apreldan Qosim-Joʻmart Toqayev), u umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Majlis), ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.[10]

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari tahrir

Qozogʻiston agrar partiyasi, 1999-yil yanvarda tuzilgan; Fuqarolik partiyasi, 1998-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston demokratik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Aq jol (Oq yoʻl) demokratik partiyasi, 2002-yil martda tuzilgan; Qozogʻiston „Aul“ („Qishloq“) sotsial-demokratik partiyasi, 2000-yil yanvarda asos solingan; Xalq kommunistik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Qozogʻiston kommunistik partiyasi, 1991-yil tuzilgan; „Qozogʻistonning demokratik tanlovi“ xalqpartiyasi, 2001-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston vatanparvarlar partiyasi, 2000-yil tashkil etilgan; Respublika „NurOʻtan“ („NurVatan“) siyosiy partiyasi, 1999-yil yanvarda asos solingan; „Ruhoniyat“ partiyasi, 2003-yil aprelda tuzilgan. Qozogʻiston erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1991-yil avgustda tuzilgan; Qozogʻiston mehnat konfederatsiyasi, 2004-yil 2-martda tashkil etilgan, 1990-yil oktabrda asos solingan.

Tarixi tahrir

Hozirgi Qozogʻiston hududida miloddan avvalgi 4–3-ming yilliklarda (eneolit davri) yaylov chorvachiligi paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida hind-eron xalqlariga mansub sak, massaget va skif dasht qabilalari yaylov chorvachiligi bilan shugʻullana boshladi. Bu qabilalar, asosan, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan, hunarmandchilik va qisman dehqonchilik ham qilgan. Miloddan avvalgi 329-yilda Iskandar Maqduniy va uning qoʻshini hozirgi Qozogʻistonning janubiy chegarasi boʻylab, hozirda Sirdaryo deb nomlanadigan Yaksart daryosi boʻyida skiflarga qarshi Yaksart jangini olib borgani yunon manbalarida saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 3–1-asrarda hozirgi Qozogʻiston hududida Qangʻ davlati vujudga keldi. Milodiy 6-asr oʻrtalarida Turk xoqonligi, 8-asr boshlarida Ili va Chu daryolari oraligʻidagi hudullarda turgashlar, 766-yil Qarluqlar davlati tashkil topdi. Turgashlar, keyinchalik Qarluqlar xoqonligida (766–940) hunarmandchilik va savdo markazlari boʻlgan shaharlar (Taroz va boshqa) paydo boʻldi. 8–10-asrlarda Qozogʻiston janubda islom dini tarqaldi. 9–11-asrlarda Qozogʻistonning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy hududlari oʻgʻuzlar davlati tarkibida boʻlgan. 8–11-asrlarda shimoli-sharqiy va markaziy hududlarda qimoqlar va qipchoqlar yashagan (bu katta hudud Dashti Qipchoq deb atalgan).

10-asrning 1-yarmida Yettisuvga sharqiy Turkistondan yagʻmolar bostirib kirdi. Ularning hujumi natijasida Qarluq xoqonligi parchalanib, uning oʻrnida Qoraxoniylar davlati paydo boʻldi. 1219–21 yillarda moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, Chingizxon oʻgʻillari oʻrtasida taqsimlandi. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Qozogʻiston Oltin Oʻrda tarkibida, u parchalangach, Oq Oʻrda va Moʻgʻuliston tarkibida boʻlgan. Amir Temur 1391-yil Toʻxtamishga qarshi yurishi chogʻida Qozogʻistondagi Ulugʻtogʻ (Ulutov)da qarorgoh qurgan va toshtaroshlarga safari haqida xarsang toshga bitik bitishga farmon bergan. Oradan 200 yil oʻtgach, Abdullaxon II ham Dashti Qipchoqqa yurishidan yodgorlik sifatida Ulugʻtogʻda masjid qurdirgan. Katta hududni birlashtirgan Oq Oʻrda 14-aar oxiri – 15-asr boshlarida bir necha mulklarga ajralib ketdi (asosiy hududlarni birlashtirgan Noʻgʻay Oʻrda va Oʻzbek xonligi ularning eng yiriklari boʻlgan). 15-asr oxirida Yettisuvda Qozoq xonligi vujudga keldi. 16-asr boshlarida qozoq elatining uzoq davom etgan shakllanishi nihoyasiga yetdi. Qosimxon davri (1511 – 23)da Qozoq xonligi mustahkamlanib, chegarasi kengaidi, aholi soni ortdi. 16-asr oʻrtalarida Noʻgʻay Oʻrdasi, keyinroq Moʻgʻuliston va Sibir xonliklari parchalanib ketdi. Qozoq xonligi juzlarga boʻlinib, Katta juz (Yettisuv), Oʻrta juz (Markaziy Qozogʻiston) va Kichik juz (Gʻarbiy Qozogʻiston) deb atala boshladi. 17-asrda juzlar hududlarida mustaqil xonliklar paydo boʻldi. 18-asr boshlarida Qozogʻistonga Jungʻariya xonligi xavf solib turdi (1729-yil jungʻarlar Katta juzning talay yerlarini bosib oldi). 1726-yil Abulxayrxon Kichik juz oqsoqollari nomidan Rossiya podshosiga fuqarolikka olishni iltimos qilib murojaat qildi. 1731-yil Kichik juz Rossiya tarkibiga kira boshladi. 1731–40 yillarda Oʻrta juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. 18-asr oʻrtalarida qozoq sultonlari orasida nizo kuchayib, pirovardida Abulxayrxon oʻldirildi (1748). Uning oʻgʻli Nurali kichik juz xoni boʻlib, podsho maʼmuriyatiga tayandi va oʻz hokimiyatini Oʻrta juzning bir qismiga, shuningdek, Xivaga ham yoyishga urindi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jungʻarlarning Xitoydan magʻlubiyatga uchrashi (1758) natijasida hududining katta qismi jungʻarlar hokimiyati ostida boʻlgan Katta juzda manjurlar hukmronligi oʻrnatilishi xavfi paydo boʻldi. Qozogʻistonning janubiy hududlari, jumladan, Chimkent ham Qoʻqon xonligi tarkibiga kirdi. 19-asr boshlarida Oʻrta juz xonlari Buke (1815), Vali (1819) vafotidan soʻng podsho hukumati xon hokimiyatini tugatib, 1822-yildan yangicha boshqarish tizimini joriy etdi. 1824-yil Kichik juzda ham xon hokimiyati tugatildi; urugʻ oqsoqollari hokimiyatini cheklaydigan hududiy boshqaruvga oʻtildi. Dasht yerlarning janubiy hududlari Qoʻqon va Xiva xonliklari tarkibida qoldi. 1853-yil Orenburg va Samara general-gubernatori V.A.Perovskiy Qoʻqon xonligiga qarashli Oqmachit qalʼasini ishgʻol qilib, uni tayanch punktga aylantirdi. 1854-yil Verniy istehkomi (hozirgi Olmaota) qurildi.

Rossiyaning taʼsiri kuchayib borayotganligidan xavfsiragan Qoʻqon xoni Xudoyorxon 1860-yilning kuzida ruslarning Verniy istehkomini bosib olish uchun 20 ming askar yubordi. Oʻsha yilning oktabrda rus qoʻshinlari qozoq otryadlarining yordamida Uzunogʻoch darasida Qoʻqon xoni askarlarini magʻlubiyatga uchratdi. Natijada Yettisuvning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. 19-asrning 60-yillarida qozoq yerlarining Rossiyaga qoʻshib olinishi tugallandi. Podsho hukumati oʻlkada maʼmuriy islohotlar oʻtkazdi. 1867-yil turkiston general-gubernatorligi tarkibida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari, 1868-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Ural va Toʻrgʻay viloyatlari, Gʻarbiy Sibir (keyinchalik Dasht) general-gubernatorligi" tarkibida Akmolinsk va Semipalatinsk viloyatlari tashkil etildi. Viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar volostlarga, volostlar ovullarga boʻlindi. Barcha yerlar davlat mulki deb eʼlon qilindi. 1867–68 yillardagi islohotlar qozoq jamoalarining barcha tabaqalarida norozilik tugʻdirdi. Natijada mustamlakachilik zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. U shafqatsiz bostirildi. Qozogʻiston Rossiya sanoati uchun oʻz tovarlarini sotish bozori va xom ashyo bazasi boʻlib qoldi.

Birinchi jahon urushi yillari (1914—1918)da qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va chorva mollarini ommaviy ravishda tortib olish, soliqlarning koʻpayishi, qimmatchilik, qozoq aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi (1916) aholi orasida gʻalayonlarning avj olishiga sabab boʻldi. 1916-yilga kelib gʻalayonlar Qozogʻistonning butun hududini qamrab olgan milliy ozodlik harakatiga aylandi. Ayniqsa, bu harakat Toʻrgʻay viloyatida uzoq davom etib, unga xalq qahramoni Omongeldi Imonov rahbarlik qildi. 1917-yil noyabr – 1918-yil fevralda Qozogʻistonda sovet hokimiyati oʻrnatildi. Qozogʻistoning Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari 1918-yil aprelda tashkil etilgan Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi. 1920-yil 26-avgustda RSFSR tarkibida Qirgʻiziston (Qozogʻiston) ASSR tuzildi. 1920-yil 4–12-oktabrda Orenburgda boʻlib oʻtgan Qozogʻiston Sovetlarining taʼsis sʼyezdi RSFSR tarkibida Qozogʻiston ASSR tuzilganligini eʼlon qildi. 1936-yil Qozogʻiston ASSR SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990-yil 25-oktabrda davlat suvereniteti toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi. 1990-yil 10-dekabrda Respublikasi deb nomlandi. 1991-yil 16-dekabrda respublika Oliy Kengashi davlat mustaqilligi toʻgʻrisida qonun qabul qildi. 1991-yil 21-oktabrda MDH tarkibiga kirdi. Qozogʻiston – 1992-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 23-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 16-dekabr – Mustaqillik kuni (1991).

Tabiati tahrir

Qozogʻistonning hududi gʻarbda Volga daryosi quyi oqimidan sharqda Oltoygacha va shimolda Gʻarbiy Sibir tekisligidan janubda Tyanshan togʻlarigacha choʻzilgan. Gʻarbda Kaspiy boʻyi pasttekisligi va Mangʻishloq yarim oroli bor; bu yerda dengiz sathidan past botiqlar (mas, Qoragiyo – 132 m) uchraydi[11]. Mangʻishloqdan sharqda Ustyurt platosi (balandligi 340 m gacha) joylashgan. Kaspiyboʻyi pasttekisligi shimoli-sharqda Ural togʻlarining janubiy tarmoqlari va Mugʻojar togʻi bilan chegaralangan. Mugʻojar togʻidan shimoli-sharqda Toʻrgʻay platosi bor. U janubda Turon pasttekisligi (Qizilqum choʻli)ga tutashib ketadi. Orol dengizidan shimolda Katta va Kichik Boʻrsiq qumli choʻllari va Orolboʻyi Qoraqumi joylashgan. Qozogʻistonning markaziy qismini Qozogʻiston past togʻlari (Sariorqa) egallagan. Bu yerda Qizilray (1565 m), Qarqarali (1366 m), Ulugʻtov (1133 m) kabi alohida togʻ massivlari bor. Qozogʻiston past togʻlaridan janubda Betpaqdala choʻli, undan janubda Moʻyinqum choʻli joylashgan. Betpaqdaladan sharqda katta maydonni egallagan Yettisuv hududi mavjud. Qozogʻistonning sharqi va janubi-sharqida Oltoy togʻlarining janubiy tarmoqlari, shuningdek, Saura, Tarbagʻatay, Jungʻariya Olatovi tizmalari, Shimoliy va Gʻarbiy Tyanshanning ayrim tizmalari joylashgan[12].

Qozogʻistonda foydali qazilmalardan Mugʻojar togʻi tokembriy va paleozoy burmali va metamorfozlashgan qatlamlari orasida mis kolchedani, Toʻrgʻay bukilmasi zaminida magnetit rudalari (Sokolov, Sarbay va boshqa) hamda qoʻngʻir temirtosh (Qoʻstanay viloyati), qoʻngʻir koʻmir, boksit uchraydi. Qozogʻistonning burmali paleozoy zaminida rudali va noruda foydali qazilmalar (mis, polimetall va boshqalar)ning yirik konlari bor. Shuningdek, toshkoʻmir (Qaraganda, Ekibastuz) va qoʻngʻir koʻmir (Maykuba) konlari mavjud. Mugʻojar togʻining vulkanogen jinslarida xromit, nikel, kobalt, oltin, asbest bor. Qozogʻiston hududida qoʻrgʻoshin, rux, molibden, volfram, fosforit[13]. barit, kadmiy, vismut, profillit, neft, gaz, yonuvchi slanets, marganets, titan, vannadiy, temir, alyuminiy, qalay rudalari, oltingugurt, mirabilit, flyuorit ham bor[14][15].

Iqlimi tahrir

Iqlimi keskin kontinental. Qish shimolda sovuq, markazi va janubda moʻtadil sovuq, chekka janubda yumshoq. Yanvarda oʻrtacha harorat shimolda –18 °C, tekislik qismining janubda – 3 °C. Shimoliy va markaziy rayonlarda qishda – 45 °C gacha, janubdada – 35 °C gacha sovuq boʻladi. Yozi shimolda iliq, janubda issiq. Iyulda oʻrtacha harorat shimolda 19 °C, janubda 28–30 °C. Yillik yogʻin dasht va oʻrmonli dashtlarda 250– 400 mm, choʻl va chala choʻlda 100–200 mm. Balxashboʻyi, Orolboʻyi Qizilqumi va Ustyurt janublarida 100 mm dan kam. Togʻ oldi va togʻlarda yillik yogʻin 400– 1600 mm. Janubidagi togʻlarda muzliklar boʻlib, ularning soni 2700 dan ziyod, umumiy maydoni 2000 km2 chamasida[16].

Qum boʻroni tahrir

2021-yil mart oyida Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatini juda kuchli qum boʻroni kuzatilgan. Mamlakatning favqulodda holatlar departamenti, oʻz navbatida, shamol tezligi soniyasiga 17–22 metrgacha kuchayishini maʼlum qilgan va boʻron haqida ogohlantirgan. Tabiiy hodisa tufaayli 350 dan ortiq yuk mashinalari Qozogʻiston, Rossiya va Oʻzbekiston chegaralarida qolib ketgan. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, gʻarbiy viloyatlarda, Rossiyaning Qozogʻiston bilan chegaradosh shaharlari va Mangʻistov shahridagi «Tajen» nazorat-oʻtkazish punktida 150 ga yaqin yuk mashinasi tirbandlikka qolgan[17].

Ichki suvlari tahrir

Qozogʻistonda 85 mingdan ziyod daryo va soy boʻlib, shundan 328 tasining uzunligi 100 km dan ortiq. Daryolarining aksariyati ichki berk havzalar (Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash koʻli va boshqalar)ga oqadi. Tekisliklardan oquvchi daryolarning koʻpi yozda qurib qoladi. Togʻ daryolari sersuv va gidroenergiyaga boy. Asosiy daryolari – Irtish, Ural, Chu, Ili, Sirdaryo. Chordara, Buxtarma, Qopchigʻay va boshqa suv omborlari bor.

Qozogʻistonda 48,3 mingga yaqin koʻl bor; ularning umumiy maydoni 45 ming km2 dan ortiq. Yirik koʻllari: Balxash, Zaysan, Olakoʻl, Tengiz, Sassiqkoʻl, Marqakoʻl va boshqalar.

Orol dengizining ekologik ahvoli tahrir

 
Orol dengizining bugungi holati (oktabr 2008)

Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 – 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100–150 kub km, suv sathi maydoni – 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suʼorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961-yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000-yilga borib 180–200 gGʻl koʻtariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 – 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiy ustyurt va Amudaryo daryosi kabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni – 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100–150 mln. tonnagacha chang – tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang – tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang – tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1 marta 1875-yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang – toʻzon uzunligi – 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 – 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang – tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKRning suʼoriladigan maydonlari chang – tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 imng ga Yaylovlarni egallabbormoqda. gʻoʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori oqimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand, Qiziloʻrda) II turkumda erlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35–70 % tashkil etadi. Tuproqlarning shoʻrlanishi hisobiga kishlk xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda – 30 %, Turkmanistonda 40 %, Qozogʻistonda – 33 %, Tojikistonda – 1990 Qirgʻizistonda – 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo qirgʻoklarini pasayish natijasida daryolarning kuyi qismida suv toshqinlarini aqmaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida toʻqay oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan oʻtloqi – botqoqli tuproqlar unumsiz oʻtloq taqir choʻl, qumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol boʻyining sanitar – epidemiologik ahvoli nixoyatda ogʻir aholi markazlashtirilgan suv bilan taʼminlash 29–67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiq suv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga qaraganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va qurib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir. Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz hozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan erdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha erdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „etmayapti“. Buni kiska kilib shunday taʼriflash mumkinki, Oʻrta Osiyo mamlakatlarida qurgʻoqchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni echish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlaga

Jahon banki Qozogʻistonga Orol dengizining shimoliy qismini saqlab qolishga yordam bermoqda tahrir

Orol dengizining ahvoli 2000-yilga kelib, ayniqsa, achinarli boʻlib qoldi. Qachonlardir kattaligi jihatdan dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallagan bu dengiz oʻtgan asrning oltmishinchi yillaridan beri tinimsiz quriy boshladi. Amudaryo va Sirdaryo suvlari dengizga bormay, sovet davrida bunyod boʻlgan irrigatsion loyihalarga oqizilishi natijasida, shu bugunga kelib dengizning chorak qismi qoldi, xolos. Oqibatda ekologik halokat va mahalliy aholining ommaviy kasalliklarga chalinishlari yuzaga keldi. Ulkan koʻl qurib borgani sari bu erlarda qishlar yanada qahraton, yozlar esa yanada jazirama va qurgʻoqchil boʻlib ketdi. Ammo Orol dengizining Qozogʻiston hududida joylashgan shimoliy qismi bugunga kelib qayta jonlana boshlagan. Shoʻr koʻlning bu qismini suvga toʻldirish imkoniyati Qozogʻiston hukumati Jahon banki tomonidan ajratilgan 85 million dollar kreditdan foydalanib, uzunligi yigirma kilometr boʻlgan Koʻkorol toʻgʻonini qurganidan keyin mumkin boʻlib qoldi. Natijada dengiz janubiy qismining qurishi davom etmoqda, ammo shimoliy qismining qurishi toʻxtadi. Qozogʻiston hukumatining rasmiy maʼlumotlariga qaraganda, sobiq Orol dengizi shimoliy qismining 40 foizini qayta tiklashga erishildi. Joriy yilning aprel oyi boshlarida Qozogʻiston hukumati dengizda ikkinchi toʻgʻon qurilishi uchun Jahon banki qoʻshimcha 126 million dollar kredit ajratib berayotganini eʼlon qildi. Orol dengizining Qozogʻiston qismi qayta hayotga kelayotgan bir paytda, Oʻzbekistonda dengiz sohillari tobora uzoqlashib bormoqda. Bu sahifada 2005—2007-yil aprel oylarida Orol dengizi holati boʻyicha fotosuratlarini solishtirib koʻrish mumkin.

Tuproqlari tahrir

Tuproqlari shimolda 52° shahrik.gacha qoratuproq, 52–48° shahrik.lar orasida kashtan tuproq, undan janubda qoʻngʻir va boʻzqoʻngʻir choʻl tuproqlari bilan birga qumli va taqir tuproqlar, togʻlarda togʻ qoʻngʻir, togʻ kashtan, qora tuproq, boʻz oʻrmon va togʻ-oʻtloqi qoramtir tuproqlar tarqalgan. Togʻ tepalarida togʻ-oʻtloqi subalp va alp tuproqlar mintaqasi joylashgan.

Oʻsimliklari tahrir

Qozogʻistonda oʻsimliklarning 15 ming turi bor. Tekislik qismi oʻsimlik qoplamining xarakteriga qarab 3 asosiy zonaga: dasht, chala choʻl va choʻl zonalariga boʻlinadi. Dasht zonasida har xil boshoqli oʻsimliklar oʻsadi, shimolroqda qayinzorlar uchraydi. Chala choʻl zonasida shuvoq-boshoqli oʻsimliklar koʻproq. Choʻl zonasi eng katta maydonni egallagan. Qizilqum choʻlida qora saksovulzorlar bor. Yirik daryo vodiylarida toʻqay oʻrmonlari (jiyda, turangʻil, tol, chingʻil) oʻsadi, daryo va koʻl boʻylari qamishzor. Togʻ etagi tekisliklari va togʻ oldilarida efemer va efemeroidlar. togʻ yon bagʻirlarida butalar (naʼmatak, zirk va boshqalar), yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi. Togʻlarning oʻrta mintaqasi igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻ tepalari subalp va alp oʻtloklaridan iborat.

Hayvonot dunyosi tahrir

Hayvonot dunyosida sut emizuvchilarning 180 turi, qushlarning 500 turi, sudralib yuruvchilarning 52 turi, suvda va quruqda yashovchilarning 12 turi, baliqlarning 104 turi yashaydi. Umurtqasiz hayvonlar koʻp. Kemiruvchilar, asosan, choʻl va dasht yerlarda tarqalgan. Choʻl va chala choʻllarda saygʻoq, jayran, togʻlarda maral, togʻ takasi, arxar, yovvoyi choʻchqa, yirtqichlardan boʻri, tulki, boʻrsiq, togʻ oʻrmonlarida qoʻngʻir ayiq, qor qoploni, silovsin, rosomaxa, kolonok, tiyin va boshqalar yashaydi. Suv parrandalaridan yovvoyi gʻoz, oʻrdak, Tengiz koʻlida qizil gʻoz, qamishzorlarda laylak, birqozon, turna, dashtda burgut va hakozolar bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Oqsuv-Jabalgʻa, Olmaota, Borsakelmas, Qurgʻalja, Marqakoʻl, Naurzum qoʻriqxonalari, Bayanovul milliy bogʻi bor.

Aholisi tahrir

 
Qozogʻistonnig aholisi

Qozogʻistonda 131 millat va elat istiqomat qiladi. Qozogʻistonning aholisi 19 967 964 kishi[3]. Jahonda 64-oʻrinda. Markaziy Osiyo davlaridan 2-oʻrinda (Oʻzbekistondan keyin). Qozogʻiston koʻp millatli davlat hisoblanadi. Aholi zichligi 1 km2 ga 6 kishidan toʻgʻri keladi. Aholi zichligi boʻyicha jahonda 184-oʻrinda[18][19]. Katta songa ega aholining etnik tarkibi (2018)

Dini tahrir

Qozogʻistonda 75 % musulmonlar (etnik musulmonlar bilan hisoblaganda), 25 % masihiylik. Davlatda din erkinligi mavjud yaʼni dinga chek qoʻyilmagan. Biroq diniy erkinlikni cheklaydigan qonunlar ham mavjud[20].

Hududiy boʻlinishi tahrir

 
Qozogʻistonning hududiy boʻlinishi

Qozogʻiston 14 ta viloyatdan va 3 ta respublika ahamiyatiga ega shaharlardan iborat. 1-aprel 2013-yilga koʻra viloyat aholisining soni[21].

Boʻlinishi Markazi Maydoni (kv.km) Aholisi (01.04.2013)
Respublika ahamiyatiga ega shahar Olmota 451 1 480 656
Respublika ahamiyatiga ega shahar Ostona 797,33 1 127 263[22]
Respublika ahamiyatiga ega shahar Chimkent 1162,8 1 031 278
Olmota viloyati Taldiqoʻrgʻan 223 911 1 955 849
Oqmoʻla viloyati Koʻkshetau 146 219 733 175
Aqtoʻbe viloyati Aqtoʻbe 300 629 798 307
Atirau viloyati Atirau 118 631 558 252
Sharqiy Qozogʻiston Viloyati Oʻskemen 283 226  1 393 792
Jambul viloyati Taraz 144 264 1 073 444
Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati Oʻral 151 339 618 846
Qaragʻandi viloyati Qaragʻandi 427 982 1 364 096
Qoʻstanay viloyati Qoʻstanay 196 001 880 429
Qiziloʻrda viloyati Qiziloʻrda 226 019  730 256
Mangʻistau viloyati Aqtau 165 642 572 226
Pavlodar viloyati Pavlodar 124 755 749 978
Ulitau viloyati Jezqazgʻan 188 936,61  226 978 (2022)
Shimoliy Qozogʻiston viloyati Petropavlovsk 97 993  578 856
Turkiston viloyati Turkiston 116 280  1 983 967[23]
Umumiy 2 724 902  16 967 480

Katta shaharlar tahrir

 
Olmota
 
Boyqoʻngʻir fazo hududi
 
Aqto'be shahri
Oʻrini Shahar Aholisi
Millioner shahar
1 Olmota 1 422 354

Olmota

1 422 354
Yuz mingdan ziyod aholisi bor shaharlar 100–999 ming aholi
2 Nursulton 684 479
3 Chimkent 625 110
4 Qaragʻandi 468 957
5 Aqtoʻbe 357 193
6 Taraz 327 180
7 Pavlodar 321 815
8 Oʻskemen 306 588
9 Semey 303 878
10 Qoʻstanay 215 346
11 Oʻral 210 128
12 Petropavl 203 192
13 Qiziloʻrda 195 838
14 Atirau 175 474
15 Aqtau 172 904
16 Temirtau 171 588
17 Turkiston 146 449
18 Koʻkshetau 137 214
19 Janaoʻzen 127 594
20 Taldiqoʻrgʻan 126 944
21 Ekibastuz 126 538
22 Rudniy 111 686
Umumiy aholi soni
katta shaharlarda:
6 938 449
Qozogʻistonning umumiy aholi soni: 16 499 997
Katta shaharlardagi aholi sonining foyizi % 41,60 %

Xoʻjaligi tahrir

Qozogʻiston – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 23 %, savdo va umumiy ovqatlanish 18 %, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi 12,7 %, transport va aloqa 11,8 % ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi 167 milliard dollar (2018 y) va bu borada Markaziy Osiyodagi mutloq yetakchi davlat.

Sanoati tahrir

Sanoatida yonilgʻi-energetika, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat, mashinasozlik va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil, qurilish materiallari sanoati yetakchi tarmoqlardir. Qora metallurgiya sanoati markazlari Temirtov, Aqtoʻbe, Qaragʻandi, Oqsuv shaharlari. Rangli metallurgiya sanoati mis (Balxash va Jezqazgʻan kon-metallurgiya kombinatlari), qoʻrgʻoshin-rux (Oʻstkemen, Chimkent), alyuminiy (Pavlodar) sanoatini oʻz ichiga oladi; titan-magniy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (temirpress uskunalari, stanok, ekskavator, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish) korxonalari Qaragʻanda, Olmota, Nursulton, Pavlodar, Oʻstkemen shaharlarida joylashgan. Kimyo sanoati korxonalari mineral oʻgʻit, fosfor, plastmassa, sintetik kauchuk, kimyoviy tola va boshqalar ishlab chiqaradi (Qoratov, Chimkent, Taraz, Atirau). Atirau, Pavlodar shahalarida neftni qayta ishlash zavodlari bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, ohak, gʻisht, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish, yengil sanoatning koʻn-poyabzal, terimoʻyna, jun, trikotaj, ip-gazlama ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat sanoatida goʻsht, yogʻ, qand-shakar va konserva ishlab chiqariladi. Toshkoʻmir (Ekibastuz, Qaragʻanda havzalari), neft va tabiiy gaz (Mangʻishloq yarim oroli), temir rudasi (Sokolov-Sarbay koni), polimetall, mis, uran, xrom, qoʻrgʻoshin, nikel rudalari, rux, vismut, kadmiy, molibden, boksit qazib olinadi. yiliga oʻrtacha 58,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi – I (85,7 % issiqlik elektr stansiyalarida). Irtish (Oʻstkemen, Buxtarma), Sirdaryo (Chordara), Ili (Qopchigʻay) daryolarida yirik GESlar bor.

Qishloq xoʻjaligi tahrir

Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining 44 % dan foydalaniladi; uning 19 % haydaladi, 1 % ga yaqini sugʻoriladi. 1954—1960-yillarda qoʻriq va boʻz yerlarning oʻzlashtirilishi natijasida Qozogʻiston gʻalla yetishtiruvchi yirik respublikaga aylandi. Lalmi va sugʻoriladigan yerlarda gʻallachilik bilan birga goʻshtjun qoʻychiligi va goʻsht-sut chorvachiligi ham rivojlangan. Gʻallachilikda, asosan, bugʻdoy yetishtiriladi. Shuningdek, paxta, kungaboqar, zigʻir, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik, polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, uy parrandasi, tuya va yilqi boqiladi.

Eskport va import tahrir

Qozogʻiston chetga avtomobillar, turli harbiy texnikalar, lokomotivlar, neft va tabiiy gaz, qora metall, mis, gʻalla, koʻmir, oziq-ovqat va boshqa turli hil yuqori sifatli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan sanoat mollari, mashina va jihozlar oladi. Tashqi savdoda Italiya, Finlandiya, Janubiy Koreya, BAA, Rossiya, Ukraina, Qirgʻiziston, Germaniya, Xitoy bilan faol hamkorlik qiladi. Pul birligi – tenge. Qozogʻiston Markaziy Osiyodagi iqtisodi eng kuchli davlat.

Transporti tahrir

 
Air Astana aviakompaniyasidagi Boing 757 Olmota Aeroportida

Transportida temir yoʻllar uzunligi 13,5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 87,4 ming km. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash, Irtish, Ural, Sirdaryo daryolarida kema qatnaydi. Truboprovod transporti rivojlangan. „Air Kazakhstan“ havo yoʻllari kompaniyasi mavjud[24].

Tibbiy xizmati tahrir

2005-yil Qozogʻistonda 50,6 ming vrach (10 ming aholiga 33,9 vrach), 104,4 ming oʻrta tibbiyot xodimi (10 ming aholiga 74,1 oʻrta tibbiyot xodimi) ishladi. Vrachlar mamlakatdagi ixtisoslashtirilgan 6 oliy oʻquv yurtida tayyorlanadi. Qozogʻiston hududida „Borovoye“, „Olma-Arasan“, „Sariogʻoch“ kurortlari, Olatov, Bayanovul, KapalArasan, Moʻyaldi, Yangiqoʻrgʻon kurort joylar bor.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari tahrir

19-asr 2-yarmigacha Qozogʻiston hududida faqat musulmon maktab va madrasalari boʻlgan. 19-asrning 2-yarmidan dunyoviy maktablar, xususan, 1850-yil Orenburg chegara komissiyasi huzurida qozoq bolalari uchun 7 yillik maktab ochildi. 1864-yil Toʻrgʻayda qozoq demokrat-maʼrifatparvar pedagogi N.Oltinsarin tashabbusi bilan qozoq maktabi va uning qoshida internat tashkil etildi. 1879–89 yillarda Qozogʻistonning turli uyezdlarida 2 sinfli rus-qozoq maktablari, 1888-yil Orskda muallimlar maktabi ochildi. 1929-yil lotin alifbosi asosida qozoq yozuvi yaratildi. 1940-yil rus alifbosi asosidagi yozuvga oʻtildi. 1992-yildan taʼlim tizimida islohotlar amalga oshirildi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari kabi oʻrta maʼlumot beradigan litsey, gimnaziya, hunar-texnika maktablari, kollejlar paydo boʻldi. 2003-yil respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey, litsey va gimnaziya sinflari boʻlgan 289 maktab, iqtidorli bolalar uchun moʻljallangan 30 maktab ishladi. Qozogʻistonda 2023-yildan boshlab maktablarda 12 yillik taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish rejalashtirilgan. Mamlakatda, shuningdek, 2023-yildan lotin yozuvini joriy etish koʻzda tutilgan[25]. 312 hunar-texnika maktabida 89 mingdan ziyod, 382 kollejda 207 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqidi. Qozogʻistonda birinchi oliy oʻquv yurti – Qozogʻiston pedagogika instituti 1928-yil Olmota shahrida ochilgan. 2005-yil Qozogʻistonda 43 davlat oliy oʻquv yurti ishladi. Yiriklari: Qozoq milliy universiteti, Yevrosiyo milliy universitetiti, Qozogʻiston milliy agrar universiteti, Qozogʻiston milliy texnika universiteti, Qozogʻiston milliy konservatoriyasi, Qaraganda universiteti, Olmaota texnologiya universiteti va boshqalar Qozogʻistonda ilmiy tadqiqotlar Qozogʻiston Respublikasi milliy fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institut va muassasalarida, mamlakat oliy oʻquv yurtlari hamda turli vazirlik, muassasalar ixtiyoridagi soha ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. Qozogʻistonda bir qancha kutubxona (eng yirigi Qozogʻiston Respublikasi milliy kutubxonasi), klub muassasasi, 12 muzey (yiriklari: Qozogʻiston Respublikasi davlat muzeyi, Sanʼat muzeyi, Muxtor Avezov uy muzeyi, Abay Qunonboyev memorial muzeyi va boshqalar) bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi tahrir

Qozogʻistonda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Aqiqat“ („Haqiqat“, qozoq tilidagi oylik jurnali, 1921-yildan), „Atameken“ („Vatan“, qozoq tilidagi gazeta, 1991-yildan), „Vechernyaya Astana“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gazetasi, 1991-yildan), „Jas alash“ („Yosh millat“, qozoq tilidagi kundalik gazeta, 1921-yildan), „Juldiz“ („Yulduz“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1922-yildan), „Qazaqstan ayelderi“ („Qozogʻiston xotin-qizlari“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1925-yildan), „Kazaxstanskaya pravda“ („Qozogʻiston haqiqati“, rus tilidagi kundalik gazeta, 1920-yildan), „Narodnoye xozyaystva Kazaxstana“ („Qozogʻiston xalq xoʻjaligi“, rus tilidagi oylik jurnal, 1926-yildan), „Prostor“ („Kenglik“, rus tilidagi oylik jurnal, 1933-yildan), „Qazaqstannin aul sharuashilngʻi“ („Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1936-yildan), „Ara“ („Ari“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1956-yildan). „Qozogʻiston axborot agentligi“ milliy kompaniyasi, ochiq aksiyadorlik jamiyati, 1921-yil tashkil etilgan. „Xabar“ agentligi, aksiyadorlik jamiyati, 1996-yil tuzilgan. „Qozogʻiston“ respublika teleradiokorporatsiyasi, Qozogʻiston radiosi (1920-yildan faoliyat koʻrsatadi) va „Qozogʻiston“ milliy telekanali (1958-yildan faoliyat yuritadi)ni birlashtiradi. „Xabar“ teleradiokompaniyasi, 1995-yilda tashkil etilgan. Qozogʻistonda radioeshittirishlar 1921-yildan, telekoʻrsatuvlar 1958-yildan boshlangan.

Bayram va dam olish kunlari tahrir

[26] [27]

Kun Oʻzbekcha va qozoqcha nomlanishi
12-yanvar Yangi yil (Жаңа жыл)
7-yanvar Iso paygʻambarning tavallud kuni (Иса пайғамбардын тууылған күні) Рождество Христово
8-mart Xalqaro ayollar kuni (Халықаралық әйелдер күні)
2123-mart Navroʻz bayrami (Наурыз мейрамы)
1-may Qozogʻiston aholisining birdamlik kuni
(Қазақстан халқының бірлігі мерекесі)
7-may Vatan himoyachilari kuni (Отан Қорғаушы күні)
9-may Gʻalaba kuni (Жеңіс күні)
6-iyul Ostona kuni (Астана күні)
30-avgust Qozogʻiston Respublikasining Konstitutsiya kuni
(Қазақстан Республикасының Конституциясы күні)
Hoj safarining soʻngi kuni. 2013-yil 15-oktabrda oʻtadi Qurbon hayiti (Құрбан айт)
1-dekabr Toʻngʻich Prezident kuni (Тұңғыш Президент күні)
16-17-dekabr Mustaqillik kuni (Тәуелсіздік күні)

Adabiyoti tahrir

Qozoq xalqi adabiyoti xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, ertak, maqol va matal, qahramonlik va lirik-epik dostonlar) dan boshlanadi. „Er Targʻin“, „Qambar batir“ va boshqa qadimgi dostonlarda xalq ozodligi, erki va mustaqilligi yoʻlida kurashgan xalq qahramonlari madh etiladi. „Qiz Jibek“, „Bayan Suluv“, „Ayman-sholpan“ dostonlarida qozoq xalqining erksevarligi kuylanadi. Xalq ertaklarining Aldar koʻsa, Jirenshi, Tazsha, Ayozbi kabi qahramonlarning sarguzashtlari aks ettirilgan ertaklar keng tarqalgan. 15-asrda Asan Kaygʻi, Sipira, Qaztugʻan, 16-asrda Doʻstpambet, Shalkiiz, 17-asrda Jiyembet, Margʻaska Jirov, Aqtamberdi, 18-asrda Tetiqora, Buqar kabi jirovlar oʻz dostonlari bilan mashhur boʻldilar. 18–19-asrlarda qozoq madaniyati, jumladan, qozoq adabiyoti taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Janaq Sogʻindiq oʻgʻli, Shoʻji Qarja-ubay oʻgʻli, Suyunbay Aron oʻgʻli, Shortanboy Qanay oʻgʻli, Murat Moʻnke oʻgʻli, Abubakir Shoʻqon oʻgʻli va boshqalar taraqqiyparvar xalq oqinlarining asarlari paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalarida B. Qoʻjagulov, A.Naymanboyev kabi oqinlar, shoira T.Tansanbekova, Jambul Jabayev va boshqalarning asarlari ommalashdi. Bu davrda etnograf va folklorshunos Ch.Valixonov adabiyotda maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yoydi. 19-asr 2-yarmida tanqidiy realizm adabiyoti – qozoq yozma badiiy adabiyot rivojlandi. Uning asoschisi, shuningdek, milliy adabiy tilning yaratuvchisi Abay Qoʻnonboyev boʻldi. I.Oltinsarin maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yaratdi va rus grafikasi asosida qozoq alfavitini ishlab chiqdi. 20-asrda yozuvchilardan S.Kubayev, S.Toʻraygʻirov, S.Dunentayev, M.Seralin, B.Kuleyev, B.Utetileuov, T.Iztileuov, Gʻ.Qarash, N.Ormanbot oʻgʻli, T.Joʻmartboyev va boshqa maʼrifatchidemokratlarning realistik anʼanalarini davom ettirdilar. 20-asrning 20-yillarida qozoq adabiyotida Saken Sayfullin yetakchi oʻrin egalladi. Bu davrda sheʼriyat (Jambul jabayev, N.Bayganin, N.Bayzakov, T.Jarokov, A.Tojiboyev, Gʻ.Oʻrmonov. A.Toqmagʻambetov va boshqalar) va nasr (M.Avezov, S.Muqonov, Gʻ.Musrepov, Gʻ.Mustafin va boshqalar) rivojlandi. 1930-yillarda qozoq adabiyotida mavzu kengaydi (S.Sayfullin, B.Maylin, AAbishev, I. Jonsugʻurov, Sh.Husainov asarlari). Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—1945)da qozoq adabiyotida qozoq xalqining jang maydonidagi qahramonligi va mamlakat ichkarisidagi mehnat jasoratini aks ettiruvchi asarlar maydonga keldi. S.Muqonov, A.Toqmagʻambetov, T.Jarokov, Gʻ.Oʻrmonov, K.Abdiqodirov, X.Bekxojin, J.Moʻldagʻaliyev, X.Ergʻaliyev kabi shoirlar, Gʻ.Mustafin, A.Nurpeisov, M.Avezov, A.Abishev va boshqa adiblarning vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan asarlari yaratildi. Urushdan keyingi yillarda ham vatanparvarlik mavzui davom ettirildi va bu davrda M.Avezov, Gʻ.Musrepov, A.Nurpeisov, T.Jarokov, G.Kairbekov, A.Tojiboyev, Gʻ. Oʻrmonov, Sh.Husainov, S.Muqonov va boshqa samarali ijod qildilar. 1948-yil S.Muqonovning „Sirdaryo“, 1953-yil „Hayot maktabi“, 1953-yil Gʻ.Musrepovning „Uygʻongan oʻlka“, 1952-yil Gʻ.Mustafinning „Qaragʻanda“ romanlari yaratildi. 1956-yil M.Avezov „Abayning yoʻli“ tetralogiyasini yozib tugatdi (1-kitobi 1942-yilda nashr etilgan). 1960-yillarda adabiyotga X.Yesenjakov, I. Yesenberlin, A.Olimjonov, T.Axtanov, Sh.Murtazayev, A.Nurshaixov, M.Sundetov, A.Kekilbayev, S.Sanbayev. S.Muratbekov, S.Junusov kabi yozuvchilar, J.Muldagaliyev, S.Mavlenov, Oʻ.Sulaymonov, K.Mirzaliyev, T.Muldagaliyev, S.Jiyenboyev, M.Makatayev, J.Najmiddinov kabi shoirlar kirib keldi. 1960—1990-yillarda I.Yesenberlin. Sh. Murtozayev, A.Kekilboyev, A.Olimjonov. S.Junusov, S.Smatayevlarning tarixiy romanlari paydo boʻldi.

Meʼmorligi tahrir

Qozogʻiston hududida yashagan qabilalarning jez davridagi turar joy qoldiqlari (qarang Andronovo madaniyati), mozorqoʻrgʻonlar va hokazo saqlangan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va mil. dastlabki asrlarda Qozogʻiston hududida yashagan qabilalar koʻchma kigiz oʻtov uylar bilan birga paxsa, xom gʻishtdan ham uylar qurgan. Oʻrta asrlarda shaharlar [Isfijob (11-asrdan Sayram), Taraz va boshqalar] barpo etildi, qalʼa va qoʻrgonlar qurildi. 8-asrdan hozirgi Qozogʻistonning janubiy qismida islom dini tarqalishi munosabati bilan masjid, madrasa kabi yangi tipdagi binolar, sardoba, hammom, karvonsaroy, konussimon maqbaralar qurildi. 10-asrdan memorial inshootlar (Taroz shahri yaqinidagi Babaji xotin maqbarasi, Oyshabibi maqbarasi) barpo etildi. 13-asr 2-yarmidan shaharlar (Sigʻnoq. Taroz, Sayram va boshqalar) qayta tiklandi. 14–16-asrlarda shaharlar qurish avj oldi, monumental binolar (Qaragʻandi viloyatidagi Alasha xon maqbarasi, 13-asr 2-yarmi; Turkiston shahridagi Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi – Yassaviy majmuasi, 14-asr oxiri – 15-asr boshi) bunyod etildi. 17–18-asrlarla Qozogʻiston hududi chegarasi boʻylab harbiy istehkomlar – Yoyiq shaharchasi (Uralsk), Guryev, Orsk. Semipalatinsk, Orenburg qalʼalari qurildi. 19-asrda eklektika ruhida qalʼa, maʼmuriy va savdo inshootlari, maqbaralar qurildi. 1920-yillarda turar joy va jamoat binolari meʼmorligida milliy anʼanaviy meʼmorlik unsurlaridan foydalanildi. Balxash, Qaragʻandi, Jezqazgʻan kabi yangi shaharlar barpo etildi. 1920—1930-yillardagi meʼmorlikda konstruktivizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. 1950-yillarning 2-yarmidan qurilish ishlari keng koʻlamda davom ettirildi (Olmaotada Hukumat uyi). 1960—1970-yillarda koʻp qavatli turar joy binolarining qavati soni oshirildi, yangi meʼmoriy shakllar {"Medeo" sport majmui, 1951, 1971—1972-yillarda rekonstruksiya qilingan, meʼmorlar V.Katsev, A.Qaynarboyev va boshqalar; Shevchenko (hozirzi Aqtau) shahrining meʼmoriy majmuasi; Olmaotadagi „Qozogʻiston“ mehmonxonasi, 1978, meʼmorlar Yu.Ratushniy, L.Uxobotov] yaratildi. 1935-yil Qozogʻiston Meʼmorlar uyushmasi tuzilgan.

Tasviriy sanʼati tahrir

Qozogʻiston hududida eng qadimgi tasviriy sanʼat yodgorliklaridan paleolit davrida hayvonlarning qoyaga ishlangan rasmlari (Qoratov va Xontovda) va neolit davriga mansub gʻor rasmlari (Pavlodar viloyatidagi jasiboy gʻorida) topilgan. Jez davridan Andronovo madaniyatiga mansub yodgorliklar: hayvon (bugʻu, echki va boshqalar) haykalchalari, ov manzaralarining qoyaga ishlangan tasvirlari (Olmaota viloyatidagi Tamgʻalidara rasmlari) saqlangan, sopol idishlar topilgan. Qozogʻistonning oʻrta asrlarga mansub tasviriy sanʼati namunalaridan erkak, ayol va hayvonlarning tosh haykalchalari, ayollarning bronza haykalchalari saqlangan. Oʻsha davr amaliy bezak sanʼati yodgorliklaridan oʻyma, qolipaki naqsh bilan bezatilgan sirsiz va sirlangan sopol idishlar, charm, metall buyumlar maʼlum. 19-asrda qozoqlar hayoti aks ettirilgan tasviriy sanʼat asarlari yaratila boshladi (Ch.Valixonov, T.G.Shevchenkoning rasm va akvarellari, V.V.Vereshchagin rasmlari). 20-asrning 20–30-yillarida milliy rassom va grafiklar (A.Toshboyev, H. va Q.Xojikov va boshqalar) yetishib chiqdi. 40–50-yillarda tasviriy sanʼatning barcha turlari, jumladan, rangtasvir sanʼati rivojlandi (A.Ismoilov, A.Kasteyev, A.Cherkas-skiy, M.Lizogub). 1960—1970-yillarda M.S.Kenboyev, K.T. Teljonov, K.M.Shayahmetov, S.A.Aytboyev, S.Mambeyev kabi rassomlar, X.I.Navroʻzboyev, B.A.Tulekov, T.S.Doʻstmahambetov kabi haykaltaroshlar, R.Saxi, Ye.Sidorkin kabi grafiklar, L.Xojikova, R.Sansenbin kabi amaliy-bezak sanʼati ustalari va boshqalar yetishib chiqsi. 1940-yil Q.Rassomlar uyushmasi tuzilgan.

Musiqasi tahrir

Musiqasi qozoq oila va aymoqlarining tarixan qaror topgan turmush tarzi (asosan, yarim koʻchmanchi chorvachilik va dehqonchilik), dunyoqarash va eʼtiqodlari (shomonlik, tangrichilik va boshqalar) asosida rivoj topgan. Anʼanaviy musiqa amaliyotida qozoq baqsi (shomon-baxshi), termeshi, olenshi, jirov, oqin, kuyshi, 18-asrdan sal-sere (sayyor ijodiy guruhlari tashkil etgan professional sozanda, xonanda)larning ijodi alohida oʻrin tutadi. Har bir baqsining oʻzi ijod etgan shaxsiy sarin (kuy)lari ilohiy hisoblangan, odamlar ruhiga afsun-jodu, fol ochish, tabobat va boshqa marosimlar jarayonida katta taʼsir oʻtkazgan. Xalq qoʻshiqlari mavsum va diniy („tasattiq“, „navriz-olen“, „jaramazan“, „sahar-olen“), tabobat (badik, „arbau“), oilaviy marosim qoʻshiqlari („jar-jar“, „sinsu“, „bet oshar“, „tanisu“, „qoshtasu“, „joqtau“ va boshqalar), inson hayoti turkumiga oid „besik jiri“, „tusau kesu“, „jubatu“, „jiirma bes“ va boshqalar, terma, oʻlan, jirlarlyan iborat. Xalq musiqa cholgʻulari orasida baqsi va jirovlarning asosiy cholgʻusi hisoblangan qoʻbiz, choʻponlar hamda professional sozandalar (Sarmalay va boshqalar) tomonidan keng qoʻllanilgan sibizgʻa ommalashgan. Xalqning eng sevimli cholgusi boʻlgan doʻmbira turli mazmundagi (oʻynoqi „akjelen“, falsafiy „tolgʻau“, dramatik „qosbosar“, lirik „qonir“ va boshqa) kuylarni Birjansal, Dauletkerey, Tattimbet, Jayau-Musa, Qurmongʻozi, Dina Nurpeisova kabi sozanda va bastakorlar ijro etgan. qozoqlarda, shuningdek, changqoʻbiz, yaqin oʻtmishda sherter, jetigen (torlichertma), karnay, dovul kabi cholgʻular tarqalgan. 1930-yillarda yangi (koʻp ovozli) musiqa shakl va janrlari rivoj topa boshladi. 1934-yil Qozoq xalq cholgʻulari orkestri (1944-yildan Qurmongʻozi nomida), Qozoq musiqali teatri (1937-yildan opera va balet teatri), 1935-yil Jambul nomidagi Qozoq davlat filarmoniyasi, 1939-yil Qozogʻiston kompozitorlar uyushmasi tashkil topdi. Ye.Brusilovskiy birinchi qozoq operalarini („Qiz-Jibek“, 1934; „Jalbir“, 1935; „Er Targʻin“, 1937), simfonik asarlar („Sari arka“ 3-simfoniyasi, 1944 va boshqalar), kantata („Qozogʻiston“, 1947), V.Velikanov birinchi milliy balet („Kalkaman va Mamir“, 1938)larni yaratishgan. „Joldastar“ (R.Yelebayev), „Qozoq valsi“ (L.Xamidi) kabi ommaviy qoʻshiqlar ijod etilgan. 1944-yil Olmaotada konservatoriya ochildi. Xalq musiqa ijodini oʻrganish va toʻplash ishlarida A.Zatayevichning xizmatlari („Qozoq xalqining 1000 kuylari“, 1925; „Qozoq xalqining 500 kuylari“, 1931) katta. 20-asrning 2-yarmida simfoniya (M.Toʻlaboyev, K.Kujamyarov, G.Jubanova va boshqalar), opera va balet (S.Muhamedjonov, G.Jubanova, Ye.Rahmadiyev, A.Serkebayev va boshqalar), kamer musiqa (Brusilovskiy, Jubanova va boshqalar), qoʻshiq (N.Tlendiyev) va boshqalar janrlar rivoj topdi. Musiqa sanʼati arboblari orasida dirijyorlar Sh.Kajgaliyev, N.Tlendiyev, A.Molodov, F.Mansurov, xonandalar R. Abdullin, K.Bayseitova, A. Dnishev, R.Baglanova, Ye.Serkebayev, B. Tulegenova, B.Doʻsimjonov, doʻbmirachilar K.Jontleutov, R.Omarov, K. Ahmadiyarov, A.Yeskaliyev, B.Karabalina mashhur. Hozir Qozogʻistonda Qozogʻiston davlat filarmoniyasi (1935), Abay nomidagi akademik opera va baletteatri (1934), simfonik orkestr (1937), xor kapellasi (1937), Qozoq konsert birlashmasi (1960), Qozogʻiston televideniyesi kamer orkestri, „Otrar sozi“ folklor-etnografik orkestri (1981), Olmaota konservatoriyasi va Ostona musiqa akademiyasi, 10 dan ortiq musiqa bilim yurti faoliyat koʻrsatmoqda.

Teatri tahrir

Teatr sanʼati unsurlari qadimdan xalq marosimlarida, sayillarda koʻrsatilgan tomoshalarda, masxarabozlik, oqinlarning aytishuvlarida mavjud boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridan Semey, Qoʻstanay, Petropavlovskda havaskorlik truppalari tuzildi. 1922-yil Orenburgda Qozoqxalq maorif instituti huzurida birinchi doimiy teatr toʻgaragi tashkil etildi. 1926-yil Qiziloʻrdada birinchi professional qozoq teatri ochilib, u 1928-yil Olmaotaga koʻchirildi (1961-yildan M.Avezov nomidagi Qozoq drama teatri). 1930-yillarda M.Oqinjonovning „Isatoy va Mahambet“, M.Avezovning „Tungi momaqaldiroq“, Gʻ.Musrepovning „Omongeldi“ pyesalari, shuningdek, S.Sayfullin, B.Maylin, J.Shanin, A.Tojiboyev, Sh.Husainov, A.Abishevlarning zamonaviy mavzudagi pyesalari sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi yillari qozoq teatrlari sahnalarida vatanparvarlik ruhidagi tarixiy, folklor asarlar namoyish etildi. 1940—1950-yillar qozoq teatri uchun mahorat oshirish yoʻlida betinim izlanish davri boʻldi, tarixiy va zamonaviy mavzularda Gʻ.Mustafinning „Millioner“, A.Tojiboyevning „Yashnayver, choʻl“, „Mayra“, S.Muqonovning „Choʻqon Valixonov“, M.Avezovning „Yenlik va Kebek“, K.Muhammadjonovning „Telpak tagidagi boʻrivachcha“ asarlari muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. Qozogʻiston teatr sanʼati rivojiga Sh.Aymanov, S.Qojamqulov, Q.Quanishpayev, R.Qoʻychiboyeva, X.Bukeyeva, S.Murodova, S.Maykanova, Ye.Umirzaqov, Q. Badirov, I.Nogʻayboyev, Sh.Jandarbekova, B. Rimova va boshqalar katta hissa qoʻshdilar.

Kinosi tahrir

 
Qozogʻiston siyosiy xaritasi

1928-yil Olmotada „Vostokfilm“ trestining boʻlimi (kinojurnali tayyorlangan, „Turksib“ hujjatli filmi yaratilgan, 1929, rejissor V.Turin), 1934-yil kinoxronika studiyasi tashkil etilgan. 1938-yil „Lenfilm“ kinostudiyasida qozoq aktyorlari ishtirokida „Omongeldi“ badiiy filmi (rejissor M.Levin) yaratildi. 1941-yil oktabrda Olmota badiiy filmlar studiyasi ishga tushdi, u 1942-yil Qozogʻistonga evakuatsiya qilingan „Mosfilm“, „Lenfilm“ studiyalari bilan birga Birlashgan markaziy kinostudiya nomi bilan ishlay boshladi. 1944-yil „Mosfilm“ va „Lenfilm“ Moskva va Leningradga qaytgach, Olmotada qolgan studiya kinoxronika studiyasi bilan qoʻshildi (1960-yildan „Qozoqfilm“ kinostudiyasi). 1950-yillarda qozoq kinematografchilari turli janrlarda filmlar yaratdilar. Rejissor E.I.Fayk „Qanotli sovgʻa“ (1956), rejissor V.P.Voytetskiy „Sening doʻstlaring“ (1960), rejissor M.S.Begalin „Notinch bahor“ (1959), „Yerga qaytish“ (1959) filmlarini suratga tushirdilar. „Qozoqfilm“ning eng yaxshi filmlari: „Mening ismim Xoʻja“ (1963, rejissor A.Qarsaqbayev), „Aldar koʻsa“ (1964), „Avlodlar yeri“ (1966, ikkalasining rejissor Sh.Aymanov), „Mashuq toʻgʻrisida qoʻshiq“ (1970, rejissor M.Begalin), „Qiz Jibek“ (1972, rejissor S.Xojikov), „Battol“ (1973, qirgʻiz rejissor T.Okeyev), „Alpamis maktabga boradi“ (1976, rejissor A.Qarsaqbayev), „Transsibir tezyurari“ (1978, rejissor E.Oʻrazboyev). Rejissor A.Haydarov multiplikatsion filmlar, rejissorlar O.Abishev. I.Vereshchagin hujjatli filmlar yaratganlar. Qozoq kinosining yetakchi aktyorlari Ye.Umirzaqov, A.Umirzaqova, K.Kojabekov, F.Sharipova, A.Moldabekov va boshqalar 1958-yil Qozogʻiston Kinematografchilari uyushmasi tuzilgan.

Oʻzbekiston – Qozogʻiston munosabatlari tahrir

Gallereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. Агентство Республики Казахстан по управлению земельными ресурсами (данные на 1 ноября 2011 года)
  2. Стратегический план Агентства Республики Казахстан по управлению земельными ресурсами на 2011 - 2015 годы. (Земли водного фонда на 1 ноября 2011 года)
  3. 3,0 3,1 „Халық саны 20 миллионға жақындап қалды“ (kk). Қазақстан Республикасы Стратегиялық жоспарлау және реформалар агенттігінің Ұлттық статистика бюросы. stat.gov.kz (2023-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  4. 4,0 4,1 „World Economic Outlook Database, October 2016“. International Monetary Fund. Qaraldi: 11-noyabr 2016-yil.
  5. „Казахстан переходит на единый часовой пояс: что нужно знать“ (ru). zakon.kz (2024-yil 29-fevral).
  6. Kazaxstan v sifrax-2011[sayt ishlamaydi]
  7. Qazaqstan Respublikasi Prezidentіnің resmi sayti, http://www.akorda.kz/kz/kazakhstan/general_information/general_information_about_the_republic_of_kazakhstan (Wayback Machine saytida 13-may 2012-yil sanasida arxivlangan), 2011-yilning 8-iyul kuni tekshirildi
  8. Победивший на президентских выборах кандидат, будет управлять страной до декабря 2016 года, 3–dekabr 2013–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 24–mart 2014–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  9. Назарбаев отказался от референдума и решил провести досрочные выборы
  10. Ст. 44 Конституции РК, 19–sentabr 2010–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 15–iyul 2013–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  11. Kazakhstan (Wayback Machine saytida 26-dekabr 2018-yil sanasida arxivlangan) (ingl.) Всемирная книга фактов ЦРУ
  12. Европа // Словари и энциклопедии на Академике
  13. BP оценила нефтегазоыве запасы Казахстана, 24–mart 2014–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 24–mart 2014–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  14. СВОБОДНАЯ АЗИЯ — Экономика Казахстана: новые рубежи[sayt ishlamaydi]
  15. Парламент Республики Казахстан
  16. Информация о Казахстане на официальном сайте Президента РК, 30–noyabr 2009–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 24–mart 2014–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  17. „Қозоғистоннинг айрим ҳудудлари қум бўрони остида қолди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 18 март.
  18. Перепись населения 1989 г. Нац.состав Каз. ССР
  19. Перепись населения Республики Казахстан 2009 года. Краткие итоги. (PDF), 23–iyul 2011–yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 15–iyul 2013–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  20. In More Religious Countries, Lower Suicide Rates. Gallup Polls from 2005 and 2006.
  21. Географическое положение, природные условия
  22. „Об изменении численности населения Республики Казахстан с начала 2019 года до 1 ноября 2019 года“ (ruscha). Комитет по статистике Министерства национальной экономики Казахстана. Qaraldi: 13-dekabr 2019-yil.
  23. „Численность населения Республики Казахстан по полу в разрезе областей, городов, районов и районных центров и поселков на начало 2019 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. 2020-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  24. Количество легковых автомобилей в Казахстане[sayt ishlamaydi]
  25. „Қозоғистонда 2023 йилдан 12 йиллик таълим тизимига ўтилади“. Bugun.uz. 2021-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 15 март.
  26. Kazakhstan Public Holidays. Worldtravelguide.net. Retrieved on 2013-01-14.
  27. [1][sayt ishlamaydi]

Qoʻshimcha maʼlumotlar tahrir

Havolalar tahrir

Bosh

Hukumat

Trade

Koordinatalari: 48°N 68°E / 48°N 68°E / 48; 68 G O