Chimkent yoki Shimkent (qozoqcha: Шымкент) — Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar, viloyat markazi (1932—62 yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati, 1962—64 yillarda Janubiy Qozogʻiston oʻlkasi, 1964—92 yillarda Chimkent viloyati markazi). Togʻ oldi tekisliklarida, Bodom va Sayram (Sirdaryo havzasi) daryolari oraligʻida. Jambul, Aris, Langar temir yoʻl yoʻnalishlarining chorrahasida joylashgan. Aholisi 672 416 kishi (2013). Qozogʻiston Respublikasidagi Olmati va Ostonadan keyingi uchinchi shahar, shahar hokimiyati energiya va suvni isteʼmol qilishini hisobga olgan holda, shahar aholisining soni taxminan millionga yaqin deb hisoblaydi. Shuningdek, Chimkent asosiy korxonalar, savdo va marifat markazi deb ham hisoblanadi.

Chimkent, Shimkent

oʻzbekcha: Шымкент
shahar
Tulip-Fountain-Shymkent-Kazakhstan.jpg
Russian-Drama-Theater-Shymkent-Kazakhstan.jpg
Independence-Park-Shymkent-Kazakhstan.jpg
Light-montage-Arbat-Shymkent-Kazakhstan.jpg
Ordabasy Plaza (Shymkent).jpg
Citadel-Shymkent-Kazakhstan.jpg
Chimkent, Shimkent
Gerb
42°18′0″N 69°36′0″E / 42.30000°N 69.60000°E / 42.30000; 69.60000 G OKoordinatalari: 42°18′0″N 69°36′0″E / 42.30000°N 69.60000°E / 42.30000; 69.60000 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Janubiy Qozogʻiston viloyati
Hukumat
 • Akim Murat Aytenov
Ilk eslatilishi XII
Avvalgi nomlari Chimkent, Cherniyaev
Maydon 347 km2 (134 mi²)
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2014)
885 799[1]
Milliy tarkib qozoqlar 67.47%
oʻzbeklar 17.69%
ruslar 8.91%
ozarbayjonlar 1.74%
tatarlar 1.01%
boshqalar 3.18%
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7252[2]
Pochta indeks(lar)i 160000[3]
Avtomobil kodi X, 13
Chimkent, Shimkent xaritada
Chimkent, Shimkent
Chimkent, Shimkent

TarixiTahrirlash

Chimkent 11-asrda Xitoydan Oʻrta Osiyo va Gʻarbiy Osiyoga oʻtgan savdo yoʻli ("Ipak yoʻli") ustida vujudga kelgan. 16-asrdan 18- asr oxirigacha Qozoq xonligining tarkibiga kirgan. 19-asr boshidan Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan, 1864-yil Rossiya bosib olgan va Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi maʼmuriy va harbiy tayanch punktiga aylantirilgan. Shaharning sust rivojlanishiga temir yoʻldan uzoqligi ham taʼsir etgan. Faqat 1915-yil Aris — Chimkent liniyasi shaharni OrenburgToshkent magistrali bilan bogʻladi. 1924-yilgacha Chimkent Turkiston Respublikasi tarkibida. Oʻrta Osiyoda milliy chegaralanish oʻtkazilgandan keyin Sirdaryo guberniyasining maʼmuriy markazi, soʻng okrug markazi boʻlib Qozogʻiston Muxtor SSR tarkibiga kirdi.

AholisiTahrirlash

Chimkent shahrining aholisi 2013-yilgi statistikaga koʻra 672 416 kishini tashkil qildi. Aholisi boʻyicha Respublikada uchinchi oʻrinda (Almati va Astanadan keyin). Aholining milliy tarkibi quyidagicha: qozoqlar 55,7 %, ruslar 15,7 %, oʻzbeklar 15 % , ozarbayjonlar 1,86 % , tatarlar 1,54 % , koreyslar 1,00 %, ukrainlar 0,54 % , turklar 0,51 % va boshqalar[4].

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
189711,194—    
190817+51.9%
191319+11.8%
193974+289.5%
1959153+106.8%
1970247+61.4%
1977303+22.7%
1979321,535+6.1%
1989392,977+22.2%
1992405,5+3.2%
1993409,7+1.0%
1994411,4+0.4%
1995414,4+0.7%
YilAholi±%
1996417,9+0.8%
1997417,4−0.1%
1998419,7+0.6%
1999435,3+3.7%
2000482,9+10.9%
2001502,7+4.1%
2002506,7+0.8%
2003513,1+1.3%
2004521,2+1.6%
2005526,1+0.9%
2006535,1+1.7%
2007554,6+3.6%
2008602,3+8.6%
YilAholi±%
2009615+2.1%
2010629,1+2.3%
2011642,6+2.1%
2012662,3+3.1%
2013683,3+3.2%
2015858,147+25.6%
2016885,799+3.2%
2017932,234+5.2%
20181,002,291—    
20191,023,618—    
20201,056,309—    

IqlimiTahrirlash

Chimkent iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 22,2 24,5 30,7 33,0 37,8 43,0 44,6 42,2 39,2 34,4 30,5 25,4 42,6
Oʻrtacha maksimal, °C 4,1 6,6 12,9 19,2 25,1 30,0 32,7 32,1 27,2 18,8 12,1 6,0 18,9
Oʻrtacha harorat, °C 0,7 1,6 7,6 13,6 19,1 23,7 26,3 25,3 19,9 12,3 6,4 0,9 13,0
Oʻrtacha minimal, °C −4,8 −2,7 3,0 8,3 12,9 16,7 19,1 17,9 12,8 6,6 1,7 −3,1 7,4
Mutlaq minimal, °C −31,1 −28,9 −23,9 −5 −2,8 5,5 7,8 7,0 −1,1 −12 −30 −26,1 −31,1
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 73 70 83 69 56 16 12 4 10 41 67 75 576
Manba: Погода и климат

SanoatiTahrirlash

Shahar sanoati mahalliy qishloq xoʻjaligi xom ashyolari va foydali qazilmalarni qayta ishlash negizida rivojlanmoqda. Yirik korxonalari Qoratov va Jungʻariya Olatovidagi konlar asosida ishlaydigan qoʻrgʻoshin zavodi, temirchilikpress uskunalari ishlab chiqaradigan, "Fosfor" (mineral oʻgʻitlar va boshqa ishlab chiqariladi), "Chimkentshina" ishlab chiqarish birlashmalari, "Elektroapparat", neftni qayta ishlash, kimyofarmatsevtika, sement, gʻisht zavodlari va boshqalar ishlab turibdi. Yengil (paxta tozalash, qorakoʻl zdlari), oziq-ovqat (goʻsht kombinati, yogʻ ekstraksiya, sutkonserva, mevakonserva, pivo zavodlari) sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

SportTahrirlash

Shahardagi 100-ga yaqin sport zallar, 7 stadion, 5 suzish bosseyni, 3 sport kompleksi, engil atletik manej koʻpchilikning koʻnglidan chiqib, faoliyat yuritmoqda.

GaleriyaTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. „На 1 января 2016 г“. 10-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-fevral 2016-yil.
  2. „Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 16-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-noyabr 2013-yil.
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 22-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-noyabr 2013-yil.
  4. Численность населения РК по отдельным этносам, 2012-11-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-03-03