Orenburg yoki Orinbor (ruscha: Оренбу́рг, qozoqcha: Орынбор; 1938-1957-yillarda Chkalov) — Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi shahar. Ural daryosi boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 529,6 ming kishi (1998). Shahar sanoatida mashinasozlik yetakchi oʻrinda — temirchilik, presslash asbobuskunalari, parmalovchi jihozlar, past voltli apparatlar, stanok va boshqa ishlab chiqariladi; yoqilgʻi, kimyo va neft kimyosi, yengil (ipak gazla-malar, koʻn), oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. 4 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼ-at muzeylari bor. Ilk bor 1735-yilda Oʻr daryosining Yoyiq (hozirgi Ural)ga quyilish joyida vujudga kelgan (nomi shundan); 1743-yildan hozirgi oʻrnida. O. 18-asr va 19-asrning 1-yarmida harbiy chegara liniyasining asosiy istehkomi; 1744-yildan O. gubernyasi, 1782-yildan Ufa no-ibligi (namestnichestvosi)ning markazi, 1796—1801 va 1865-yildan gubernya markazi. O. kazak qoʻshinlarining harbiy va maʼmuriy markazi (1748-yildan). 1850—81 yillarda general gubernatorlik markazi. Rossiya imperiyasi bilan Oʻrta Osiyo xonliklari oʻrtasida 18— 19-asrlarda savdo va elchilik alokalari, asosan, O. orqali oʻtgan. Oʻrta Osiyodan O.ga savdo va elchilik karvonlari qatnab turgan (qarang Orenburg savdo Nuli). 1900—1906-yillarda O. — Toshkent temir yoʻl qurilgan. 1920—25 yillarda Qirgʻiziston Muxtor Respublikasi (oʻsha vaqtlarda ruslar Qozogʻistonni Kirgiziya deb atagan) poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa darvozasi krldikdari (18-asr), karvonsaroy (1836—42) saqlanib qolgan.[3]

Orenburg
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
51°46′0″N 55°6′0″E / 51.76667°N 55.10000°E / 51.76667; 55.10000 G OKoordinatalari: 51°46′0″N 55°6′0″E / 51.76667°N 55.10000°E / 51.76667; 55.10000 G O
Mamlakat Rossiya
viloyat Orenburg viloyati
Hukumat
Misheryakov, Yuriy Nikolaevich
Asos solingan 1743
Ilk eslatilishi 1735
Avvalgi nomlari 1938 — Orenburg
1957 — Chkalov
Maydon 259[1] km2 (100 mi²)
Aholisi
 (2011)
579,3 ming
Zichligi 2 112 kishi/km2
Milliy tarkib ruslar 83,4 %
tatarlar 7,8 %
ukrainlar 2 %
qozoqlar 2  %
va boshqalar 4,8 %
[2]
Telefon kodi 3532
Pochta indeks(lar)i 460000
OKATO kodi 53401
Orenburg xaritada
Orenburg
Orenburg

Orenburg (1938—1957-yillari Chkalov) — Rossiyadagi shahar, viloyat markazi. 1735-yili qoʻrgʻon maqsadida barpo etilib, nomi Or daryosining nomiga bagʻishlab qoʻyilgan. Aholisi 579,3 mimg kishi (2011). Shaharda mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, oziq ovqatlar ishlab chiqarish va boshqa mahsulot ishlab chiqarish sanoati yaxshi rivojlangan. 4 ta oliy oʻquv yurti, jahonnoma va tasviriy san'at muzeylari bor. Orenburg shahri Yoyiq daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan.

Aholisi tahrir

Shahr aholisi 579,3-mimg kishi (2011). Oʻrtacha zichligi 2 112 kishi./km². Aholining milliy tarkibi: ruslar 83,4 %, tatarlar 7,8 %, ukrainlar 1,97 %, qozoqlar 2,03 %, boshqurtlar 1,10 %, armanlar 0,63 %, mordvalar 0,52 % va boshqalar 2,52 %.

Guberniya tuzulishi tahrir

Orenburg general-gubernatorligi, Qozogʻistonning gʻrbiy, shimoliy-gʻarb va janubiy-gʻarb tomonlarini oʻtarlash maqsadida 1850-yili barpo etilib, 1881-yilgacha saqlandi. 1868 yili Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga markazi Orenburg shahri boʻlgan Toʻrgʻay viloyati tashkil topdi. 1876—1881-yili Qozogʻistonning shimoliy-shrq tarafi bilan janubida Dala va Turkiston general-gubernatorliklarining tashkil topishi bilan, Orenburg general-gubernatorligi tarqalib, Orenburg guberniyasi holatiga keltirildi. Aytish joyizki Toʻrgʻay viloyati Orenburg guberniyasining tarkibida qoldirildi.

Manbalar tahrir