1996

Ming yilliklar: 2-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • 3-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida“ va „Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida“ qarorlar qabul qildi.
  • 9-yanvar — Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish Respublika kompyuter tarmogʻi „Oʻzpak“ foydalanishga topshirildi.
  • Yanvar — Toshkentda Alisher Navoiy tavalludining 555 yilligiga bagʻishlangan „Oʻzbekiston mustaqilligi va navoiyshunoslik istiqbollari“ mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya boʻldi. Yanvar. Toshkentda Oʻzbekiston bokschilarining birinchi respublika spartakiadasi boʻlib oʻtdi. Yanvar. „Inson va qonun“ — Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi (1998-yil yanvardan mustaqil haftalik nashrga aylantirildi). Yanvar. Oʻzbekiston Oqsoqollar kengashi va „Mahalla“ jamgʻarmasining „Mahalla“ ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 6-fevral — Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi qarorgohida Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga Olimpiada oltin ordeni topshirildi.
  • 9-fevral — Buxoro viloyatining Zafarobod shaharchasida Navoiy konmetallurgiya kombinati bilan rossiyalik sheriklar hamkorligida benzin tozalovchi smola ishlab chiqaradigan yangi kimyo-texnologiya korxonasi foydalanishga topshirildi.
  • Fevral — Osiyo—Yevropa kabelli aloqa magistralining Oʻzbekiston hududidan oʻtadigan qismining qurilishi boshlandi. Umumiy uzunligi 19 ming km li ushbu magistralning 885 km Oʻzbekiston boʻylab oʻtgan (qurilish 1997-yilda yakunlandi).
  • 4-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.
  • 15-mart — Parijda „Amir Temur va temuriylar toʻgʻrisida ilmiy asarlar bibliografiyasi“ kitobi chop etildi.
  • 25-mart — Andijon viloyatining Asaka shahrida „Damas“ mikroavtobuslarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi.
  • Mart — „Andijonirmash“ irrigatsiya mashinasozligi zavodi negizida yengil avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqaradigan „Oʻztong xong kompani“ Oʻzbekiston—Koreya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
  • 3-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Davlat aksiyadorlik uy-joy jamgʻarma banki — „Oʻzuyjoyjamgʻarmabank“ roʻyxatga olindi (2005-yil fevral oyidan Ipoteka bank).
  • 5-aprel — Toshkentda respublikada birinchi „Oʻzinvestloyiha“ injiniring kompaniyasi faoliyat koʻrsata boshladi.
  • 5-aprel — „Oʻzbeknavo“ gastrolkonsert birlashmasi (2001-yildan „Oʻzbeknavo“ estrada birlashmasi) tashkil etildi.
  • 9-aprel — Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi.
  • 16-aprel — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining birinchi taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi.
  • 16-aprel — Germaniyaning Gamburg shahrida professional boks tarixida birinchi bor Oʻzbekiston vakili — toshkentlik sportchi Artur Grigoryan jahon chempioni boʻldi.
  • 17-aprel — „Kamolot“ jamgʻarmasi taʼsis etildi.
  • 20—26-aprel — YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida „Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi“ mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma boʻlib oʻtdi.
  • 23-aprel — Toshkentda YEXHTning „Markaziy Osiyo: YEXHT doirasida keng qamrovli xavfsizlik va mintaqaviy mojarolar“ mavzuidagi simpoziumi boʻlib oʻtdi.
  • 25—26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“, „Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“, „Erkin iqgisodiy zonalar toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi toʻgʻrisida“gi qonunlari qabul qilindi.
  • 26-aprel — Amir Temur ordeni taʼsis etildi.
  • 26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy unvonlari taʼsis etildi.
  • 26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tashkil etildi.
  • 29-aprel — „Oʻzbekkino“ Davlataksiyadorlik kompaniyasi (hozirgi „Oʻzbekkino“ milliy agentligi) tuzildi.
  • Aprel — Buxoroda suv sifatini boshqarish boʻyicha xalqaro kengash boʻlib oʻtdi.
  • Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining „Qonun himoyasida“ jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 2-may — Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashkil etildi.
  • 13-may — „Tajan—Saraxs“ transosiyo temir yoʻl magistrali ochildi.
  • 15-may — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil qilindi (2005-yil 2-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi).
  • 22-may — Toshkentda jahondagi kompyuter texnikasining yetakchisi — IBM kompaniyasi vakolatxonasi ochildi.
  • May — Samarqandda „Sunam“ Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. May. „Shahrixon—Xonobod“ yoʻnalishi boʻyicha poyezdlar qatnay boshladi. May. Toshkentda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati muzeyi ochildi.
  • 25-iyun — „OʻzDEUavto“ Oʻzbekiston — Janubiy Koreya qoʻshma korxonasida „Tiko“ va „Neksiya“ avtomobillari ishlab chiqaradigan liniyalar ishga tushirildi.
  • Iyun — Angren „Sanoatkartonsavdo“ aksiyadorlik jamiyatida dastlabki sellyuloza ishlab chiqarildi.
  • 15—21-iyul — Oʻzbekistonda birinchi marta ommaviy sport haftaligi oʻtkazildi.
  • 15-iyul — Fan va madaniyat xalqaro jamgʻarmasi tuzildi.
  • 19-iyul — Andijon viloyatining Asaka shahrida yengil avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha „OʻzDEUavto“ Oʻzbekiston — Janubiy Koreya qoʻshma korxonasining xalqaro taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 19-iyul — 4-avgust — AQShning Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan 24-yozgi Olimpiada oʻyinlarida hamyurtlarimiz bittadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
  • 14-avgust — Nukusda marmar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona ishga tushirildi.
  • 27-avgust — Yangiyoʻl shahrida biokimyo zavodining yangi korxonasini ishga tushirish munosabati bilan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.
  • 28-avgust — Samarqand va Shahrisabz shaharlarini Amir Temur ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida farmon chiqdi;28-avgust — „Miskin—Toʻrtkoʻl“ temir yoʻli qurilishi tugallandi.
  • 29-avgust — „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni taʼsis etildi.
  • 29-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavi qabul qilindi.
  • 29—30-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida „Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida“, „Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida“gi qonunlar qabul qilindi.
  • 30-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
  • 1-sentyabr — Toshkent shahrida Xalqaro Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi. Unda Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etdi.
  • 9-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi „Maʼnaviyat va maʼrifat“ kengashining „Maʼnaviyat“ nashriyoti tashkil etildi.
  • 20-sentyabr — Samarqandda qadimiy Afrosiyob shahar xarobasida qazish ishlari olib borgan fransuz arxeologlari topilmalari koʻrgazmasi ochildi.
  • 27-sentyabr — Oʻzbekiston Bolalar jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
  • Sentyabr — Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida zamonaviy fersol va ferlit plastik moyi ishlab chiqaradigan qurilma ishga tushirildi.
  • Sentyabr — Buxoroda Hindistonning „Larsen TurboLTD“ firmasi qurgan 430 oʻringa moʻljallangan toʻrt yulduzli mehmonxona ochildi.
  • Sentyabr — Andijonda polietilen plyonka ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi taqdimoti boʻldi.
  • Sentyabr — „Toshkent traktor zavodi“ ishlab chiqarish birlashmasi konveyeridan TTZ-130 rusumli dastlabki traktorlar chiqdi.
  • Sentyabr — Asaka shahrida „FederechiAsaka-Makaroni“ Oʻzbekiston—Italiya qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • Sentyabr — Buxoro viloyati Jondor tumanida 13-asrda yashab oʻtgan xalq qahramoni, sarkarda Mahmud Torobiyga haykal oʻrnatildi.
  • 2-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkilotiga aʼzo boʻldi.
  • 8-oktabr — Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi respublikada birinchi „Bankinformreyting“ mustaqil reyting kompaniyasini taʼsis etdi.
  • 18-oktabr — Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravishda ochildi.
  • 18-oktabr — Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi. Har ikki shaharga „Amir Temur“ ordeni topshirildi;18-oktabr — Toshkentda „Birja va ulgurji savdo“ yangi haftalik gazetasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
  • 21-oktabr — Toshkent shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya hamda Oʻzbekiston rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi va unda Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
  • 24-oktabr — Shirin ichimliklar va maʼdanli suv ishlab chiqaruvchi „Samarqand-Praga“, qoʻshma korxonasi dastlabki mahsulotlarini chiqardi.
  • 24-oktabr — Toshkent shahrida „Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan oʻrni“ mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
  • 31-oktabr — Toshkentda „Yozuvchi“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 31-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi tuzildi.
  • Oktabr — Toshkentda besh yulduzli „Interkontinental“ mehmonxonasining 1-navbati foydalanishga topshirildi.
  • Oktabr — Oʻzbekiston—Italiya „Sovplastital“ qoʻshma korxonasi Parijda „Sifat uchun Yevropa Oltin mukofoti“ga sazovor boʻldi. Bu qoʻshma korxona sazovor boʻlgan sakkizinchi xalqaro mukofotdir.
  • Oktabr — Toshkentda „Bozor, pul va kredit“ ilmiy-amaliy jurnalining 1-soni, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini yoritish boʻyicha „Vestnik Arala“ („Orol axborotnomasi“) ilmiy jurnalining ilk soni bosmadan chiqdi.
  • 28-noyabr — Xivada turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli haykali ochildi.
  • 30-noyabr — Toshkent viloyatining Toʻytepa shahrida „Kabul-Toʻytepa tekstil“ Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.
  • Noyabr — Toshkentda „Texnoinvest“ Oʻzbekiston—Shveysariya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
  • 3-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tashkil etildi.
  • 8-dekabr — Gulistonda „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan „Neksiya“ avtomobillarini sotish boʻyicha Oʻzbekistonda birinchi kimoshdi savdosi boʻlib oʻtdi.
  • 13-dekabr — „Oʻzbekistonning yangi tarixi“ni nashrga tayyorlash va nashr etish toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi.
  • 20-dekabr — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish va ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
  • 26—27-dekabr — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Notariat toʻgʻrisida“, „Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida“, „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“ qonunlari qabul qilindi.
  • 29-dekabr — Toshkent shahrining yangi gerbi tasdiqlandi.
  • 30-dekabr — Qashqadaryo viloyatidagi Alan konida yiliga 5 mlrd. kub metr gaz va 200 ming tonna kondensat chiqaradigan quvvatlar foydalanishga topshirildi.
  • Dekabr — Oʻzbekiston Faxriylar kengashi Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash „Nuroniy“ jamgʻarmasiga aylantirildi. Dekabr — Nukusda Qoraqalpogʻistonda birinchi biznes markazi ochildi. Dekabr — Buxoro viloyatida marmarga ishlov beradigan yangi zavod ishga tushirildi.
  • Dekabr — Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yoʻnalishdagi „Hurriyat“ mustaqil gazetasi chiqa boshladi. Dekabr — Toshkent davlat yuridik instituti qoshida Inson huquqlari va gumanitar huquqni oʻrganish markazi ochildi.
  • 1996 — „Oʻzbekistonning yangi tarixi“ markazi tashkil etildi.
  • 1996 — „BUZTEL GSM“ („Bakri Oʻzbekiston telekom“) kompaniyasi taʼsis etildi.

Voqealar tahrir

konferensiya boʻlib oʻtdi.

Tugʻilgan tahrir

Vafot etgan tahrir

Нобелевские премии tahrir


Bu maqola ruscha yozilgan.

 

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.