Saraxs
Saraxs, Seraxs — Turkmanistondagi Tajan daryosi vodiysida joylashgan shaharcha: Aholisi 10,2 ming kishi (1991). Gilam ishlab chiqarish va boshqa rivojlangan. Qad. S shahar harobasi mil. av. 1ming yillikkaoid. 10-asrdagi S.ni eski shahar harobalaridan maydon ajratib turgan. Islomiyatdan avvalgi S.ning kattaligi haqida maʼlumotlar saqlanmagan. Arab xalifaligining dastlabki asrlarida S. garchi Marvdan 2 barobar kichik boʻlsada, ancha yirik shahar sanalgan. Arab tarixchilaridan Yaʼqubiyning yozishicha, S.da kanal, buloklar boʻlmagan, aholi quduqlardan suv ichgan; boshqa xabarlarga koʻra esa kanal boʻlgan, uning toʻgʻoni shahardan 2 farsax olisda joylashgan. Maqdisiyning yozishicha, kanal shaharni oʻrtasidan kesib oʻtgan. Shaharning ancha obod ekanligini uning qulay savdo yoʻlida joylashganligi bilan izohlash mumkin. S.da Nishopurdan Hirot va Marvga boradigan yoʻllar tutashgan, shu tufayli S. birmuncha harbiy (Hofizi Abru uni kuchli qalʼa deydi) va sanoat ahamiyatiga (Yoqut Hamaviyning yozishicha, S.da chachvon va sallalar mohirona tayyorlangan) ega boʻlgan. Oʻrta asrlarda S.da ilm-fan, madaniyat, savdo, hunarmandchilik ancha taraqqiy etgan, koʻplab olimu fuzalolar yetishib chiqqan. S.dagi meʼmoriy obidalardan Abul Fazl maqbarasi (taxminan 1024-yil). S. dan 9 km jan.sharqsa YortiGumbaz maqbarasi (1098) saqlangan. TajanSaraxs t.-yilning qurib bitkazilishi (1996) shaharning eʼtiborini oshirdi. Bu yoʻl orqali Yaqin Sharq mamlakatlariga chiqish imkoniyati paydo boʻldi.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |