Varshava universiteti
Varshava universiteti -Polshadagi yirik oʻquv va ilmiy markaz. 1816-yil Varshava shahrida rus podshosi Aleksandr I farmoniga muvofiq Aleksandrov universiteti sifatida tashkil etilgan (1818-yil universitet maqomini olgan). 1917-yildan Polsha universiteti. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida universitet yopilgan. Mamlakat ozod etilgach, oʻz faoliyatini tiklagan. Universitet tarix, filologiya, psixologiya, pedagog, kimyo, geologiya, biologiya, fizika, matematika, yuridik va boshqa fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 55 ming talaba taʼlim oladi, 1500 ga yaqin oʻqituvchi ishlaydi. Universitet kutubxonasi (1817-yil tashkil etilgan)da 2 mln.ga yaqin asar saqlanadi.
Asos solingan sanasi | 1816-yil |
---|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil