Salla (fors. — tugun) — musulmon erkaklarning bosh kiyimi. Sidirgʻa (oq, yashil, kulrang va boshqalar) mato (asosan, doka)dan tayyorlanadi, eni 0,5 metr, uzunligi 1,5—3 metrdan 7 metrgacha oʻlchamda boʻladi. Ayrim manbalarda matoning uzunligi 5 metr boʻlgani yaxshidir deyilgan. Salla kiyib o'qilgan namoz sallasiz o'qilgan namozdan 70 baravar savobliroq ekani aytilgan. Shuning uchun ham salla o'rashlik musulmon ahliga Payg'ambarimiz Muhammad(sav)dan sunnat boʻlib qolgan Sallani doʻppi, kuloh, telpak ustidan, ayrim joylarda (Hindiston, Pokiston va boshqalarda) bosh kiyimsiz yalang boshqa oʻraladi. Hukmdor, vazir, amaldorlarning unvoni va lavozimiga qarab sallaga qimmatbaho toshlar (gavhar, yoqut va boshqalar), ukpar ham taqilgan. Sallaning oʻramlar soni va oʻralish usuli, matosi diniy mazhablarni hamda kishilarning ijtimoiy mansubligini bildirgan (masalan, said, hojilar yashil rangli salla oʻragan)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil