Abulfazl maqbarasi, Saraxs bobo maqbarasi -meʼmoriy yodgorlik (11-asr). Hozirgi Turkmaniston hududida. Din arbobi Abulfazl (1023 yil vafot e.) qabri . ustida qurilgan. Murabba tarhli bino (10,20×10,20 m). Qalin devorining yuqori — toʻrt tomonida ham ravoqli darchalar bor. Qoʻsh gumbazli, gumbaz doirasimon asos ustiga oʻrnatilgan. Ichkarisining dastlabki shakli saqlanmagan. 15-asrda taʼmir etilganda qisman oʻzgargan (ganch suvoq qilingan, muqarnaslar bilan bez-atilgan). Hozir bino ancha shikastlangan holda, ravoqlarining tashqi devorlari yemirilgan, peshtoq tepasi nurab tushgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Abulfazl maqbarasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil