Bosh menuni ochish

Arbob (arab.– xo‘jayin, ega so‘zining ko‘pligi) – 1) ijtimoiy-siyo-siy va boshqa faoliyati bilan xalqqa tanilgan, el orasida obro‘ qozongan mashhur shaxslar – jamoat va davlat A.lari (mas, Alisher Navoiy); 2) fan va san’atda o‘z ijo-diy mehnatlari bilan tanilgan shaxslar – fan va san’at A.lari (mas, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan A.lari – T. N. Qori-Niyoziy, O. Sodiqov, S. Yunusov, I. Mo‘minov; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at A.i – Nabi G‘aniyev va hokazo). O‘zbek amaliy san’atida ajoyib asarlari bilan mashhur bo‘lgan talantli ustalar ham A. deb atalgan. Mas, xorazmlik taniqli me’mor, o‘ymakor, naqqosh usta Ro‘zimat Masharipov xalq orasida A. nomi bilan mashhur bo‘lgan; 3) boshliq, rahbar, qishloq oqsoqoli; 4) 18-asr o‘rtasi – 20-asr boshlarida Buxoro amirligida qishloq miroblarining boshlig‘i.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil