Ganch
Ganch — oqish, sargʻish tusli mahalliy qurilish materiali. Gips (40 — 70%) bilan tuproqning tabiiy aralashmasini kuydirib (qizdirib) tayyorlanadi. Suvoqchilik ishlarida, ganch oʻymakorligida, quyma bezak shakllar tayyorlashda, haykaltaroshlikda ishlatiladi. Ganchga mineral boʻyokdar aralashtirib, har xil rangli qorishmalar hosil qilish mumkin (mineral boʻyoq nisbati 1:10 dan ortmasligi kerak). Murakkab qurilmalar (hashamatli binolar, ayniqsa gumbazlar, ravokdar va b.) da sof holda ishlatiladi. Alebastrga nisbatan sekinroq qotganligi uchun devor va shiftni sidirgʻa suvashda, shakllar tayyorlash, oʻyib naqsh solish, ustidan boʻyab tasvir ishlash uchun qulay. Namga chidamsizligi tufayli ganch asosan inshootlarning ichki tomonlariga ishlatiladi. Ganchning ganchxok turi opsiy ganch bilan soz tuproq aralashmasidan iborat boʻlib, asosan devorlar gʻishtini terishda, qora suvoqqa ishlatiladi; tez ganch turi (tez qotadigan pishiq ganch) koʻproq qora suvoqqa, gul ganch turi esa (eng mayda va nozik ganch) asosan pardoz bezagida foydalaniladi. Oʻymakori va qolipaki ishlar ham gulganchda bajariladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |