Darcha

xalq meʼmorligida kichik eshik yoki deraza turi. Hovlilarda qoʻshimcha eshik vazifasini ham oʻtagan

Darcha — xalq meʼmorligida kichik eshik yoki deraza turi. Hovlilarda qoʻshimcha eshik vazifasini ham oʻtagan. Mehmonxona, turar joylarda xona ichiga yorugʻlik tushishiga, havo kirib turishiga xizmat qilgan. Koʻp hollarda deraza vazifasini oʻtagan D.larning yuzasi koʻpincha panjara bilan toʻsilgan. Hozir ham baʼzi binolarda meʼmoriy bezak sifatida qoʻllanadi.

Etimologiyasi

tahrir

Darcha – bu ot forscha-ruscha lug‘atda [dariche] shaklida, tojikcha-ruscha lug‘atda esa [daricha] shaklida keltiriladi. Ko‘rinadili, bu ot ,,eshik’, ,,deraza’ ma’nolarini anglatadigan dar[i] otiga kichraytirish ma’nosini ifodalaydigan o‘zbekcha -cha qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan; ,,kichik deraza’ ma’nosini anglatish uchun ishlatiladi[1].

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

tahrir
  1. Sh. Rahmatullayev. O'zbek tili etimologik lug'ati. Universitet, 2003 — 80-bet.