Quduq — vertikal shaxta yoki oʻra koʻrinishidagi gidrotexnika inshooti. Quduqning aholini suv bilan taʼminlash va sugʻorish uchun yer osti suvlarini yigʻish maqsadida quriladigan suv toʻplovchi; yer osti suvlarini yer usti suvlari bilan qoʻshish yoki drenaj suvlari va tindirilgan kanali-zatsiya suvlarini yigʻish maqsadida quriladigan suv singdiruvchi; daryo, koʻl, suv omborlaridan olinadigan suvlarni rostlash maqsadida qirgʻoqqa yaqin quriladigan qirgʻoq boʻyi xillari boʻladi.

Quduq
Har xil turdagi quduqlar

Suv toʻplovchi Quduq juda keng tarqalgan boʻlib, asosan, ichimlik suv olish uchun quriladi. Konstruksiyasi, qurilish usuli hamda devorining mustahkamligiga qarab shaxtasimon va quvurli (burgʻilangan) xillarga boʻlinadi. Shaxtasimon Quduq uncha chuqur joylashmagan kam bosimli suv saqlovchi qatlamlardagi suvni olish uchun quriladi. Bunday Quduqlar kichik posyolkalar, chorvachilik fermalari, dala shiyponlari va yaylovlarni suv bilan taʼminlash maqsadida qaziladi, suvi isteʼmol uchun yaroqli boʻlsa, maxsus tozalash talab etilmaydi. Ularning diametri (yoki kengli-gi) 0,8 dan 1,5 m gacha, chuq. 30–40 m gacha (baʼzi joylarda 100–300 m gacha) boʻladi. Shaxtasimon Quduqlarga suv filtrlar yoki gʻovak betondan qilingan devorlar orqali oʻtadi. Shaxtasimon Quduqlarning koʻpchiligi debeti sutkasiga 5—100 m3 atrofida. Devorlari yogʻoch, tosh va beton bilan mustahkamlanadi. Undagi suv turli suv chiqaruvchi qurilmalar yordamida olinadi. Quvurli (burgʻilangan) Quduq turli chuqurlikda yotgan, suvi koʻp boʻlgan (bosimli va bosimsiz) yer qatlamlaridan suv olish uchun quriladi. Bularda suv saqlovchi qatlamlar sathidan yuqoriga, hattoki oʻz bosimi bilan yer sirtigacha koʻtarilishi mumkin (mas, artezian Quduqlar). Quvurli Quduqlarning chuqurligi 800 m gacha boradi. Bu turdagi Quduqlarning suvi markazlashtirilgan suv bilan taʼminlash sistemasida ishlatiladi. Quvurning suv saqlovchi qatlamga yetgan qismiga filtr (be-ton, keramika, shagʻal va boshqalar) ishlanadi. Quvurli Quduqlarning suvi markazdan qochirma choʻktirma nasoslar, erliftlar va sifonlar yordamida chiqarib olinadi. Suv singdiruvchi Quduq vertikal drenajning bir turi sifatida berk botiqlarning zaxini qochirishda qoʻllanadi. Quduq vositasida zax bosgan qatlamni suv yutgich qatlam bilan birlashtirib, ortiqcha suvni suv yutgich qatlamga oʻtkazib yuborish mumkin. Qirgʻoq boʻyi Quduqi panjaralar bilan boʻlingan kameradan iborat boʻlib, suv daryo, koʻl va boshqa manbalardan quvur orqali oqib keladi.

Quduq vazifasiga koʻra funt, artezian, drenaj va kuzatish Quduqga boʻlinadi.

Yana q.

tahrir