Artezian qudugʻi
Artezian qudugʻi — artezian suvlari chiqadigan burgʻi qudugʻi. Yer osti suvlaridan xalq xoʻjaligida foy-dalanish maqsadlarida qaziladi. Artezian qudugʻi artezian suvli qatlamning joylashish chuqurligiga qarab ayrim hollarda 3000 – 5000 m ga yetishi mumkin. Ichimlik suv olish, yaylovlarni suv bilan taʼminlash, yerlarni sugorishda asosan 500 — 1000 m gacha chuqurlikdagi suvlar oʻzlashtirilgan. Chuqur Artezian qudugʻi mineral, termal yoki sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladigan arte-zian suvlarini chiqarish uchun quriladi. Artezian qudugʻidan suv sarfiga qarab turli usullarda chiqariladi; yo oʻzi otilib chiqadi yoki ATN, NA, VP, ETSV va shahrik. markali turli artezian nasoslaridan foyda-laniladi. Artezian qudugʻining asosiy elementlari: maxsus shurfga sement qorishmasi bilan mustahkam oʻrnatilgan konduktor-yoʻnaltiruvchi quvur; suv toʻplovchi quvurlar; tindirgich. Artezian qudugʻi ogʻzida suv sathini aniqlaydigan va tarkibini tekshirish uchun namuna oladigan, suv sarfini oʻlchaydigan va tartibga soladi-gan moslamalar oʻrnatiladi. Sugorishda foydalaniladigan Artezian qudugʻining suv berishi 50, baʼzan esa 100 l/s gacha yetadi. Oʻrta 650Osiyoda 25 mingdan ortiq Artezian qudugʻi qazilgan. Uning 5000 ga yaqinidan suv oʻzi otilib chiqadi. Oʻzbekistonda 10046 artezian va drenaj quduqlari bor (1999).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |