Umumjahon merosi — butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklar (boyliklar). 1972-yili YUNESKO Umumjahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiyani qabul qilgan (1975-yildan kuchga kirgan). Konvensiyani ratifikatsiya qilishda (1992-yil boshlari) 123 mamlakat qatnashgan. Umumjahon merosi roʻyxatida 80 mamlakatning 358 qurilish maydoni (1992-yil boshlari): alohida meʼmoriy inshoot va ansambllar — Akropol, Amiens va Shartrdagi soborlar (Fransiya), Misr ehromlari, Toj Mahal, Borobudur qasri, Varshavaning tarixiy markazi, Moskva Kremli va Qizil maydoni (Rossiya) va boshqa; shaharlar — Braziliya, Venetsiya (qoʻltiklari bilan birga) va boshqa; arxeologik qoʻriqxonalar — Delfa va boshqa; milliy bogʻlari va boshqa Hududlarida Umumjahon merosi joylashgan davlat yodgorliklarni saqlashga javobgardir. Umumjahon merosi oʻz nishoni (emblema, 1978-yil tasdiqlangan) va jamgʻarmasiga ega. YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga dunyo boʻyicha 1054 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan (2021)[1]. Bular ichida Oʻzbekistondan madaniy yodgorlik sifatida Xivadagi Ichan qalʼa (1990), Buxoro tarixiy markazi (1993), Shahrisabz tarixiy markazi (2000), Samarqand — Madaniyatlar chorraxasi (2001) hamda tabiat yodgorligi sifatida Gʻarbiy Tyan-Shyan (Ugom-Chotqol qoʻriqxonasi, Qirgʻiziston va Qozogʻiston birgalikdagi tranchegaraviy obyekt) kiritilgan[2].

Manbalar tahrir

  1. [[1]]. World Heritage List
  2. [[2]]. Uzbekistan UNESCO Country page