Amiens
Amiens (talaffuzi: Amyen) Fransiyaning Pikardiya mintaqasida joylashgan shahardir. Somme departamenti Amiens tumani tarkibiga kiradi. Somma daryosi boʻyida joylashgan. Somma departamentining maʼmuriy markazi va Pikardiya tarixiy oʻlkasining eng katta shahri. Temir yoʻl tuguni. Toʻqimachilik sanoati (ip-gazlama, duxoba va trikotaj toʻqish), metallurgiya, mashinasozlik va kimyo zavodlari bor. Qadimda Amiensda gallarning ambian qabilasi (shahar nomi shundan) yashagan. Amiens tarixiy voqealarga boy. Shahar Ikkinchi jahon urushi davrida qattiq shikastlangan. Uni qayta tiklashda tarixiy qiyofasi asrab qolingan. Fransiyada eng katta Notr-Dam gotika sobori (13-15-asrlar) hamda 13-18-asrlarga oid boshqa meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.[1]
Amiens Amyen | |
---|---|
shahar | |
| |
49°54′0″N 2°18′0″E / 49.90000°N 2.30000°E G OKoordinatalari: 49°54′0″N 2°18′0″E / 49.90000°N 2.30000°E G O | |
Mamlakat | Fransiya |
Mintaqa | Pikardiya |
Departament | Somme |
Fransiya tumanlari|Arrondissement | Arrondissement Amiens|Amiens |
Hukumat | |
Maydon | 495 km2 (191 mi²) |
Dengiz sathidan balandligi | 14 — 106 m |
Aholisi (1999) |
135,501 |
Zichligi | 2737,4 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Pochta indeks(lar)i | 80090 |
INSEE kodi | 80021 |
|
AholisiTahrirlash
135.501 nafar aholi istiqomat qiladi (1999). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 2737,4 nafar kishi.
GeografiyasiTahrirlash
Maydoni — 49,5 km2. Dengiz sathidan 14 — 106 m balandlikda joylashgan.
TasvirlarTahrirlash
- Amiens — Hotel de Ville de nuit.jpg
- Amiens Tour Jules Verne (depuis boulevard) 1-asrjpg
Jules Verne yashagan uy
- Le beffroi d’Amiens 2004.JPG
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |