Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti
(INSEEdan yoʻnaltirildi)
Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (fransuzcha: Institut national de la statistique et des études économiques: qisqartmasi INSEE (fransuzcha talaffuzi: [inse])) Fransiya milliy statistika byurosidir. Bu byuro Fransiya iqtisodiyoti va uning aholisi haqida maʼlumot toʻplaydi va chop etadi hamda vaqti-vaqti bilan aholini roʻyxatga olishni amalga oshiradi. Bosh shtab-kvartirasi Parij janubidagi Montrouge kommunasida joylashgan boʻlib, bu qarorgoh Yevrostatning Fransiyadagi filiali sanaladi. INSEE 1946-yilda Vishi rejimining „Milliy statistika servisi“ vorisi oʻlaroq tashkil etilgan. U Institut national d'études démographiques (INED) bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Direktorlari roʻyxatiTahrirlash
- 1946-1961: Francis-Louis Closon
- 1961-1967: Claude Gruson
- 1967-1974: Jean Ripert
- 1974-1987: Edmond Malinvaud
- 1987-1992: Jean-Claude Milleron
- 1992-2003: Paul Champsaur
- 2003-2007: Jean-Michel Charpin
- 2007-2012: Jean-Philippe Cotis
- 2012-hozirgacha: Jean-Luc Tavernier
ManbalarTahrirlash
HavolalarTahrirlash
Vikiomborda Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (ingl.)