Jules Gabriel Verne (talaffuzi: Jyul Gabriel Vern; 8-fevral 1828 — 24-mart 1905) Fransiyalik yozuvchi boʻlib, ilmiy fantastika asoschilaridan biri hisoblanadi.[2] Uning eng mashhur asarlari sirasiga Suv ostida 80000 kilometr (1870), Yer markaziga sayohat (1864) hamda Yer boʻylab sakson kun (1873) romanlari kiradi. U 66 ta sarguzasht janridagi romanlar muallifidir . Birinchi sarguzasht romani esa „Havo sharida besh hafta“ deb nomlanadi. Uning koʻpgina mashhur asarlari, shu jumladan, „Oʻn besh yoshli kapitan“, "Kapitan Grat bolalari], „Robinzonlar maktabi“ kabilar oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Verne koinot, havo va suvosti sayohatlari haqida ular amalda qoʻllanmasidan avval yozgan. Yozgan kitoblari koʻp tillarga tarjima qilingan, ekranlashtirilgan. Verne Hugo Gernsback va H. G. Wells bilan birgalikda „Ilmiy taxayyulot otasi“, deb hisoblanadi.[3]

Jules Gabriel Verne
Félix Nadar 1820-1910 portraits Jules Verne.jpg
yozuvchi-fantast
Tavalludi 8-fevral 1828-yil
Vafoti 24-mart 1905-yil(1905-03-24)
(77 yoshda)
Amiens, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya[1]
Otasi Pierre Gabriel Verne
Onasi Sophie Allotte de La Fuye

ManbalarTahrirlash

  1. (unspecified title)
  2. "Jules Verne". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.
  3. Adam Charles Roberts (2000), „The History of Science Fiction“: Page 48 in Science Fiction, Routledge, ISBN 0-415-19204-8.

HavolalarTahrirlash