Oʻn besh yoshli kapitan

Jules Verne romani

„Oʻn besh yoshli kapitan“ (Un capitaine de quinze ans) — fransuz yozuvchisi Jules Verne qalamiga mansub sarguzasht roman. Birinchi marta 1878-yilda nashr etilgan. Romanda kit bilan boʻlgan jang natijasida butun ekipaji halok boʻlgan amerikaning kit ovlovchi „Piligrim“ kemasi yoʻlovchilarining sarguzashtlari tasvirlangan. Roman oʻzbek tiliga sovet tarjimoni Malik Rahmon tomonidan 1950-yillarda rus tildan tarjima qilingan va oʻsha yillarda kam nusxada nashr etilgan.

Oʻn besh yoshli kapitan

Ilk nashr jildi
Asl nomi Un capitaine de quinze ans
Muallif(lar) Jules Verne
Tarjimon(lar) Malik Rahmon
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Til fransuzcha
Janr(lar)i roman, sarguzasht
Nashr etilgan sanasi 1878-yil 15-dekabr
Nashriyot
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi
Sahifalar soni
  • 312 bet (1976)
  • 415 bet (2003)
  • 356 bet (2012)
ISBN ISBN 978-9943-27-373-3

Birinchi nashrning muvaffaqiyatidan keyin 1976-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi asarni 315 betli qattiq muqovada, 60 000 nusxada nashr etdi. 2003-yilda Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati 415 betli qattiq muqovada 5000 nusxada nashr etdi. Yangi asr avlodi nashriyoti esa 2012 va 2017-yillarda asarni 356 betli yumshoq muqovada lotin yozuvida chop etdi.[1][2]

Badavlat amerikalik sanoatchi Jeyms Ueldonga tegishli boʻlgan kit ovlovchi „Pilgrim“ kemasi jamoasi Yangi Zelandiyadan Shimoliy Amerikaga qaytish uchun yoʻlgan chiqishadi. Ularga kema egasining xotini missis Ueldon, uning besh yoshli oʻgʻli Jek va hashorotshunos togʻasi Benedikt hamroh boʻlishadi.

Ummonda ular choʻkayotgan kemaga duch kelishadi. Dengizchilar undan bitta it va beshta qora tanlini kishilarni qutqarib olishadi.Ularning ismlari Bat, Ostin, Akteon, Gerkules va Tom edi. Qora tanlilar oʻzlarining boshidan oʻtgan hikoyalarini aytib berishadi. Maʼlum boʻlishicha ularning barchasi ozod odamlar boʻlib chiqadi, ulardan faqat keksa Tom bir vaqtlar qul boʻlganligini aytadi. Itning ismini esa Dingo edi. It negadir kema oshpazi Negoroga nisbatan tajovuzkorlik koʻrsata boshlaydi.

Yoʻlda ular bukri kitga yoʻliqishadi.Yoʻlovchilar, Dik va Negorodam tashqari butun ekipaj aʼzolari qayiqda kit ovlashga kirishishadi. Yaralangan kit barcha ovchilarni halok qiladi.

Negoroning noroziliklariga qaramay kema kapitanligini kemani qanday boshqarishni biladigan yagona odam Dik Send egallaydi. Kemadagi negrlar unga yordam berishadi. Dik toʻgʻri chiziq boʻylab Janubiy Amerikaga borishga qaror qiladi. U yoʻlovchilarni qutqarishni xohlaydi. Ularni oʻz oilasidek deb biladi. Jeyms Ueldon bir vaqtlar Dikni oʻz oʻgʻlidek tarbiyalagan edi.

Biroq ob-havo yomonlashadi, boʻron boshlanadi va shamol kemani nomalum tomonga olib ketadi. Negoro yashirincha kema kompasi ostiga temir boʻlagi qoʻyadi va shu bilan kompas koʻrsatkichlariga taʼsir qilib, kema yoʻnalishini oʻzgartirishga erishadi. Dik Send quyoshni bulutlar orasidan koʻrolmaydi va faqat kompasga ergashishga majbur boʻladi. U sharqqa ketyapman deb oʻylaydi, lekin aslida Pilgrim janubga keskin ogʻib ketadi va Keyp Hornni aylanib oʻtib, Tinch okeanidan Atlantikaga tushadi. Dik nima uchun yer hali ham koʻrinmayotganini tushunolmaydi. Keyinchalik Negoro kompas ostidagi temirni olib tashlaydi va kema Janubiy Boliviya oʻrniga Afrikadagi Angola qirgʻoqlariga kelib qoladi.

Qirgʻoq yaqinida kema jiddiy shikastlanadi. Qahramonlar oziq-ovqat, qurol va boshqa foydali narsalarni olib, qirgʻoqqa chiqishga majbur boʻlishadi. Negoro kemadan tushganidan soʻng darhol gʻoyib boʻladi. 

Tez orada sayohatchilar amerikalik Gerrisni uchratishadi, u bu yer Janubiy Amerika deya ishontiradi va ularni uyiga olib borishni taklif qiladi. Sayohatchilar rozi boʻlib yoʻlga chiqishdi.

Biroq, Dik darhol gʻalati narsalarni seza boshlaydi: bu hudud Janubiy Amerikaga oʻxshamaydi. Hashoritshunis olim Benedik setsega oʻxshagan pashsha tutib oldi. Daryo yaqinida sayohatchilar begemotlar va jirafalar podasini koʻrib qolishadi. Qorongʻuda esa sherning oʻkirishi eshitildi. Bu hodisalarning barchasi toʻgʻridan-toʻgʻri bu yer Amerika emas, balki Afrika ekanligiga ishora qiladi. Gerris Dik bilan bahslashib, bularning barchasini xatolar va hududni bilmaslik bilan izohlaydi. Ammo keyinroq Dik va Tom yoshligida koʻrgan qora tanli qullarning kesilgan qoʻllarini topadilar. Dik dahshat bilan ular Afrikaga kelib qolishganini tushunadi va darhol Gerrisni tutishga harakat qiladi, lekin u qo chib ketadi. 

Haqiqatni bilib, sayohatchilar tuzoqdan qutulishga harakat qiladilar, ammo hech qanday natija boʻlmaydi. Ular tez orada afrikalik qul savdogarlari qoʻliga tushishadi. Gerkules qochishga muvaffaq boʻladi. Sayohatchilar qullar karvonining bir qismi sifatida Afrika markaziga olib boriladi. Negrlar zanjirband qilinadi. Missis Ueldon, Jek va Benedikt yaxshi sharoitda saqlanadi. Chunki quldorlarning ular uchun boshqa rejalari bor edi. Koʻp kunlik mashaqqatli sayohatdan soʻng, karvon mahalliy qul savdosi markazi Kazondega yetib keladi. Kazondeda Dik Gerris bilan uchrashadi.U Dikni masxara qilib missis Ueldon va Jek oʻlganligini aytadi. Oilasining oʻlimidan umidsiz boʻlgan Dik Gerrisni pichoq bilan oʻldiradi. Negoro esq yirik qul savdogari Alvishning eng yaqin yordamchisi boʻlib chiqdi. U Alvishdan Dikning qatl etilishini talab qiladi.

Kazondedagi uzoq vaqt qiyinchiliklardan soʻng Gerkules Missis Ueldon, Jek, Benedikt va Dikni qutqaradi. Ular qayiqda daryo boʻylab yoʻlga chiqishadi. Yoʻlda yana koʻplab qiyinchiliklarni boshdan kechirishadi.

Bir muncha vaqt oʻtgach savdogarlar karvonini uchratgan sayohatchilar kemaga oʻtirib, Amerikaga qaytadilar. Janob Ueldon Bat, Tom, Ostin va Akteonni sotib olib ozod qiladi. Kema boshqaruvidan talim olgan Dik Send janob Ueldonga tegishli yangi kemaning haqiqiy kapitaniga aylanadi.

Qahramonlar

tahrir
  • Dik Send — Kapitan Gull va uning barcha yordamchilari kit ovida halok boʻlgach kema kapitani boʻladi. Bolaligida onasi va otasi tomonidan tashlab ketilgan. San-Fransiskoga qaytib kelgach Ueldonlarning oʻgʻiliga aylanadi.
  • Kapitan Gull—Kapitan. Pilgrimning qoʻmondoni. U kit ovida halok boʻladi.
  • Jeyms Ueldon— Pilgrimning egasi. Pilgrim gʻoyib boʻlganidan keyin u qidiruv ishlarini olib bordi. Keyinchalik u Dik Sandni asrab oldi.
  • Ueldon xonim — Jeyms Ueldonning rafiqasi. U San-Fransiskoga qaytish uchun Oklenddan Pilgrimda yoʻlga chiqadi.
  • Jek Ueldon — Janob va missis Ueldonning kenja oʻgʻli. U Pilgrimning yoʻlovchilaridan biri.
  • Janob Benedikt— Biolog. Missis Ueldonning yaqin qarindoshi. U hasharotlar ustida tadqiqot olib borish uchun Yangi Zelandiyaga kelgan. AQShga qaytish uchun Pilgrim kemasiga chiqdi.
  • Tom — Uni kema halokatidan Pilgrim ekipaji qutqarib oldi.
  • Bat— Tomning oʻgʻli, ekipaj aʼzolaridan biri.
  • Gerkules— ekipaj aʼzolaridan biri.
  • Ostin— ekipaj aʼzolaridan biri.
  • Akteon— ekipaj aʼzolaridan biri.
  • Nan— Missis Ueldonning xizmatkori. Ogʻir sharoitlar tufayli Kazondega yetib bormasdan vafot etdi.
  • Dingo— U Samuel Vernon va halokatga uchragan kema kapitanining iti. U Negoro tomonidan oʻldiriladi.
  • Negoro Oshpaz va qul savdogar U Yangi Zelandiyadagi Pilgrimning yangi yollangan oshpazi. Uning asosiy kasbi qul savdogaridir.U kemani yoʻldan adashtiradi. Uning rejasi — Missis Ueldon va uning oʻgʻlini Jeyms Ueldonga katta toʻlov evaziga almashtirish. U sayohatchi Samuel Vernonga yoʻlboshchilik qildi va uni oʻldirdi.
  • Gerris— Qul savdogari. Dik Send va uning hamrohlarini Afrika ichkarisiga olib ketdi. Negoroning doʻsti. Uni Dik Send oʻldirdi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir