Suv ostida 80000 kilometr

Jules Verne romani

„Suv ostida 80000 kilometr“ (fransuzcha: Vingt mille lieues sous les mers: Tour du monde sous-marin, yaʼni „Dengizlar ostida 20000 lye: Dunyo boʻylab suv osti sayohati“) — fransuz yozuvchisi Jules Verne qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1870-yil nashr qilingan. Ilk bor 1869-yilning martidan 1870-yilning iyunigacha Pierre-Jules Hetzelning „Magasin d’Éducation et de Récréation“ jurnalida chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Saʼdulla Karomatov tarjima qilgan.

Suv ostida 80000 kilometr

Asar frontispisi (1871)
Asl nomi Vingt mille lieues sous les mers: Tour du monde sous-marin
Muallif(lar) Jules Verne
Tarjimon(lar) Saʼdulla Karomatov
Til fransuzcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1870
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1973
Sahifalar soni 416

Kitob nashr etilganidan keyin yaxshi kutib olingan. Hozirgi kunda ham yuqori baholanadi. „Suv ostida 80000 kilometr“ muallifning eng sara asarlaridan biri hisoblanadi. Asar qahramoni kapitan Nemoning suv osti kemasiga berilgan tavsif oʻz davridan olinda boʻlgan. Undagi voqealar kapitan Nemoning „Nautilus“ kemasidagi yoʻlovchilarning biri – tabiiy tarix muzeyi professori Pierre Aronnax nomidan hikoya qilinadi.

Syujeti

tahrir

1866-yil bir necha davlat kemalari nomaʼlum dengiz maxluqini uchratishganini aytishadi. AQSHning Nyu-York shahrida maxluqni topib, yoʻq qilish uchun ekspeditsiya uyushtiriladi. Roman hikoyachasi Professor Pierre Aronnax oʻsha patda Nyu-Yorkda boʻladi va ekspeditsiyaga taklif qilinadi. Kanadalik garpunchi Ned Land hamda Aronnaxning xizmatkori Conseil ham qoʻshiladi.

Ekspeditsiya aʼzolari mahluqni topib, uning aslida oʻz zamonidan ancha ilgarilab ketgan suv osti kemasi ekanligini aniqlashadi. Ularni „Nautilus“ deb ataluvchi mazkur suv osti kemasini qurgan shaxs va uning kapitani Nemo qoʻlga olib, kema ichiga olib kiradi.

Ekspeditsiya aʼzolari kapitan Nemo bilan sal kam 10 oy davomida 80000 km (20000 lye) suzadilar. Sayohatlari davomida Qizil va Oʻrta dengizlari, Atlantika, Tinch, Hind, Shimoliy muz va Janubiy okeanlardan oʻtadilar.

Qahramonlari

tahrir
  • Pierre Aronnax (talaffuzi: Pyer Aronaks) — Parijdagi tabiiy tarix muzeyi professori; roman hikoyachisi
  • Conseil (talaffuzi: Konsel) — professor Aronnaxning xizmatkori
  • Ned Land (talaffuzi: Ned Land) — kanadalik garpunchi
  • Kapitan Nemo (talaffuzi: Nemo) — „Nautilus“ suv osti kemasi kapitani

Oʻzbekcha tarjimasi

tahrir

Asarni oʻzbek tiliga Leningrad gazeta-jurnal va kitob nashriyoti 1946-yil chop etgan ruscha nashridan Saʼdulla Karomatov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Habibullayev – muharrir, A. Kiva – rassom, I. Kiriakidi – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, M. Qudratova – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Havolalar

tahrir