Saʼdulla Karomatov

Oʻzbekistonlik jurnalist va yozuvchi

Saʼdulla Muzaffarovich Karomatov (1928-yil 14-iyul, Buxoro — 1987-yil 21-avgust, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978).

Saʼdulla Karomatov
Tavalludi 14-iyul 1928-yil
Vafoti 21-avgust 1987-yil(1987-08-21)
(59 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Yoʻnalish Nasr
Janr ilmiy-ommabop asarlar
Shoh asari „Oltin qum“
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Faoliyati

tahrir

Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston radioeshittirish qoʻmitasida xodim (1949—1951), „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954—1957), „Oʻzbekiston madaniyati“ (1957—1959), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1959—1966) gazetalarida masʼul kotib, „Toshkent oqshomi“ — „Vecherniy Tashkent“ gazetalarining bosh muharriri (1966—1982), Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1982—1985)[1].

Asarlari

tahrir

1963-yilda esa uning birinchi yirik nasriy asari — „Tog‘lar tabassumi“ hujjatli qissasi maydonga kelgan. So‘ng „Amuning zar kokillari“ (1964), „Go‘zallik ramzi“ (1965), „Kumush kamar“(1964) singari ocherklar to‘plamlari bosmadan chiqqan. Shundan so‘ng u mohir hikoyanavis va qissanavis sifatida qalam tebratgan. Bir muhabbat fojiasiga bagʻishlangan „Bir tomchi qon“ (1968), ikkinchi jahon urushidan keyingi hayot mashaqqatlari haqidagi „Eʼtiqod“ (1970) kabi qissalarini yaratgan. U so‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan „Oltin qum“ va cho‘llarni o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan „So‘nggi barxan“ romanlarini yaratgan.

Tarjima asarlari

tahrir

Saʼdulla Karomatov Jyul Vernning „Suv ostida 8000 mill“, turkman yozuvchisi Qilich Quliyevning „Qora karvon“ romanlarini, eron yozuvchilarining hikoyalar to‘plamini, tojik yozuvchisi Yusuf Akobirovning „Tegirmon to‘xtagach“ qissasini, Vadim Kojevnikovning „Peshin chogi kungay tomonda“ romanini o‘zbek tiliga o‘girgan[2].

Unvonlari

tahrir

Saʼdulla Karomatovga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/sadulla-karomatov
  3. "O'zbek adiblari" Miraliyev S. Toshkent, 2016-yil