Akropol (yun. akros — yuqori, polis — shahar) — yunon shaharlarining 270muhofazalangan va balandlikka joy-lashgan qismi, yuqori shahar. Afina A.ining qad. mudofaa devorlari mil.-av. 2- ming yillikka oid. Odatda A. dast-labki manzilgoh boʻlib, uning atrofida uncha mustahkam boʻlmagan quyi shahar deb atalmish qism joylashgan. A. dast-lab yunon jamoasining diniy va madaniy markazi boʻlgan. A. larning ay-rim harobalarigina (Miken, Argos kabi) saqlanib qolgan. Bular oʻsha davr moddiy-madaniy va maʼnaviy hayotining yuksak taraqqiyotidan darak beradi. Ular orasida mil. av. 447-438 yillarda haykaltarosh Fidiy rahbarligida meʼ-morlar Iktin, Kallikrat qurgan Afina A. i mashhur. Afina A. i majmuasidagi binolar orasida Parfenon ibodatxonasi diqqatga sazovordir. Afina A. ida arxeologik qoʻriqxona va muzey barpo etilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil