Marv (turkmancha: Merw; ruscha: Мерв; forscha: مرو, Marv, xitoycha: 木鹿, Mulu; Avestoda: Mouru) — bir vaqtlar Saljuqiylar davlati (arabcha: السلاجقة al-Salājike, forscha: سلجوقيان Saljūkiyān)ning poytaxti boʻlgan Oʻrta Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri. Bayramali shahri (Turkmaniston) yaqinida joylashgan. Marvning qoldiqlari 5 qalʼa (Erk qalʼa, Gabr qalʼa, Sulton qalʼa, Abdullaxon qalʼa, Bayramalixon qalʼa) xarobalaridan iborat. Marv xarobasida XIX asrning 80-yillaridan V. A. Jukovskiy, 1946-yildan M. Ye. Masson rahbarligidagi Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, keyingi yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va SanktPeterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib borgan. Marvning eng qadimiy qismi — Erk qalʼa (maydoni 12.ga) miloddan avvalgi birinchi mingyillikning 1-choragidan mavjud boʻlgan. Marvning ravnaq topgan (Parfiya va ilk sosoniylar) davri mil. av 2milodiy 3-asrga toʻgʻri keladi. Bu davrda Marv Gabr qalʼa va Erk qalʼa hududlaridan iborat boʻlib, Erk qalʼa Marvning arkiga aylangan. Shahar va uning atrofi (60 km²) mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Milodiy III asrdan M. Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, VII asrda esa arablar tomonidan bosib olingan. VIII asr oʻrtasida Marv — Abu Muslim harakati markazi.

(19-asr oxiri)

IX asrda Marvda ilm-fan ravnaq topdi, u arab xalifaligining Xuroson va Movarounnaxr noibligining poytaxti rolini oʻynadi. Maʼmun ibn Horun ar-Rashid davrida Marvda Bagʻdod akademiyasining asosini tashkil etgan marvaziylar maktabi tarkib topdi. Oʻrta asrdagi Marvning ravnaq topgan davri XIXII asrlarning 1-yarmiga toʻgri keldi; bu davrda u buyuk Saljuqiylar davlatining poytaxti boʻlgan (Sulton qalʼa harobasida Sulton Sanjar maqbarasi joylashgan). XII asr oxiri — XII asr boshida Marv Xorazmshohlar davlatining yirik markazi boʻlgan. 1222-yilda shahar moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. XIII asr oʻrtasi — XIV asrda shahar qisman tiklangan (ayniqsa, uning rabod qismi). XV asr boshida Shohrux davrida qisqa muddat ravnaq topgan. Marvdan oʻrta asrlarda koʻplab olimu fuzalolar yetishib chiqqan. 151024 va 16011747 yillarda Marv forslar qoʻlida boʻlgan. Marv urushlari tufayli inqirozga yuz tutgan (1790) va markaz Marvdan 30 km gʻarbga Mari shahriga koʻchgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil