Ashxobod
Ashxobod (turkmancha Aşgabat; arab.– oshiq va fors– obod; 1919-yilgacha Asxobod, 1927-yilgacha Poltorask) – shahar, Turkmaniston poytaxti (1924-yil oktabrdan). Kopetdogʻ tizmasining shimoliy etaklarida, Axal vohasida. Xalqaro temir yoʻl oʻtgan. Havo yoʻllari xalqaro ahamiyatga ega. Ashxobod yaqinidan Qoraqum kanali oʻtadi. Aholisi 712 000 kishi (2001). Turkmaniston aholisining 12,7 % shu shaharda istiqomat qilishadi[3].
Poytaxt
|
TarixiTahrirlash
Ashxobod oʻrnida qadimda karvon yoʻli ustida joylashgan manzilgohlar boʻlgan. Ashxobod 1881-yil qadimgi Asxobod qishlogʻi oʻrnida Rossiya mustamlakachi qoʻshinlarining harbiy istehkomi sifatida vujudga kelgan. Keyinroq Zakaspiy viloyatining maʼmuriy markazi. Ashxobodning vujudga kelishida uning muhim karvon yoʻllari ustida joylashganligi katta rol oʻynagan. 1885-yil Asxobod – Kaspiy va 1899-yil Asxobod – Toshkent temir yoʻl liniyalarining qurilishi Ashxobodda sanoatning rivojlanishiga olib keldi. 1917-yil dekabrda Ashxobodda hokimiyatni bolsheviklar egallab, shoʻrolar hokimiyatini oʻrnatdi. 1918-yil 17-iyunda bolsheviklar rejimiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon shoʻrolar tomonidan shafqatsiz bostirildi. 1918-yil 1 –12 iyulda Ashxobodda hokimiyat eserlar (oq gvardiyachilar) qoʻliga oʻtdi. 1919 yil 9 iyulda shaharni yana bolsheviklar egallab oldi. 1924-yil gacha Ashxobod Turkiston ASSRning viloyat markazi. 1924-yil 27-oktabrdan Turkmaniston poytaxti va 1927-yildan Ashxobod nomini oldi. 1948-yilgi Ashxobod zilzilasida shahar butunlay vayron boʻldi.
Ijtimoiy sohaTahrirlash
Ashxobod–yirik sanoat, maʼmuriy va madaniyat markazi. Yetakchi sanoat tarmoqlari – mashinasozlik va metallsozlik. Shuningdek kimyo-farmasevtika, oyna, engil (ip-gazlama, ipak, poyabzal, gilam toʻqish va boshqalar), oziq-ovqat (goʻsht, vino, un, tamaki) sanoati rivojlangan. Matbuot uyi, kinofabrika bor[4].
Ashxobod – muhim madaniyat markazi. Turkmaniston Fanlar Akademiyasi, 8 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Turkmaniston universiteti), 4 teatr (shu jumladan, Turkmaniston opera va balet teatri), tasviriy sanʼat muzeyi, tarix muzeyi, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi (1881-yilda asos solingan), „Niso“ tarix-madaniyat qoʻriqxonasi mavjud. Ashxobodda „Turkmaniston“, „Ilm“ nashriyotlari, radio va televidenie, telemarkaz, Turkmaniston telegraf agentligi bor. Turkman va rus tillarida gazeta va jurnallar nashr etiladi. 1968-yildan „Ashxobod oqshomi“ shahar gazetasi nashr etiladi.
20-asr boshida shaharda toʻgʻri burchakli kesishgan koʻchalar bilan birga radial yoʻnalishli koʻchalar ham boʻlgan; uylar asosan paxsadan qurilgan. Keyingi vaqtlarda shahar kengaydi va zamonaviy uylar qad koʻtardi. 1948-yilgi zil-ziladan keyin Ashxobod butunlay qayta tiklandi. Koʻp qavatli zilzilabardosh turar joy va jamoat binolari qurildi. 50–90-yillarda bunyod etilgan inshootlar orasida Hukumat uyi binosi, Turkmaniston Fanlar Akademiyasi majmuasi, Mulla Nafas nomidagi Akademik drama teatri, qishloq xoʻjalik instituti, universitet, tasviriy sanʼat muzeyi, „Tinchlik“ kinokonsert zali, markaziy maydondagi Davlat kutubxonasi binosi, „Ashxobod“, „Inturist“ va boshqa mehmonxonalar bor. 1941 – 45 yillardagi urushda halok boʻlgan jangchilarga yodgorlik oʻrnatilgan. 1991 yildan keyin poytaxtda sharq meʼmoriy uslubi bilan uygʻunlashgan holda koʻplab yangi binolar, jumladan prezident saroyi va boshqa bunyod etildi.[3].
Ashxoboddan 39 km narida, Kopetdogʻning shimoli-sharqiy yon bagʻirlarida Feruza kurort shaharchasi joylashgan.
IqlimiTahrirlash
- Yillik oʻrtacha harorati – +16,7C°
- Shamolning yillik oʻrtacha tezligi – 1,6 m/s
TeatrlariTahrirlash
- Buyuk Saparmurat Turkmanboshi nomidagi Turkmaniston asosiy drama teatri
- Molanepesa nomli turkman Drama teatri
- Alp Arslan nomli turkman yoshlar milliy teatri
- Turkman Davlat qoʻgʻirchoq teatri
- A.S.Pushkin nomli davlat rus teatri
- Turkmaniston Davlat tsirki
Hamdoʻst shaharlarTahrirlash
ManbalarTahrirlash
- ↑ Prezident Turkmenistana proizvel kadrovie naznacheniya
- ↑ Ashxobod shahrining aholi soni.
- ↑ 3,0 3,1 Ashgabat – belomramorniy gorod-sad i stolitsa Neytralnogo Turkmenistana
- ↑ Buduщee belomramornoy stolitsi
- ↑ Kulturno-gumanіtarne spіvrobіtnitstvomіj Ukraїnoyu ta Turkmenіstanom
- ↑ Kiev znayut na vsex kontinentax
HavololarTahrirlash
Vikiomborda Ashxobod haqida turkum mavjud |
- Официальный сайт
- Информационный портал города Ашхабад
- «Ашхабад» – БСЭ
- «Город сердара» – Вокруг Света
- А. А. Никонов «Ашхабадское землетрясение: проблемы и решения полвека спустя после катастрофы». Вестник ОГГГГН РАН, № 2(4), 1998 (специальный выпуск)
- Ашхабад, учебный фильм
- Туризм города Ашхабада
- Книга: «Ашхабад – в Книге рекордов Гиннеса». Фотогалерея. © Türkmen döwlet neşirýat gullugy, 2013. // ashgabat.gov.tm
Wikimedia Commonsda Aşgabat mavzusiga oid turkum mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |