Bosh menuni och

Vikipediya β


Kiyev
Київ
Flag of Київ
Bayroq
Official seal of Київ
Gerb
Kiew Zentrum.jpg
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Hukumat
 - mer Vitaliy Klichko
Aholi (1-yanvar, 2010)
 - Jami 2 797 553
 - Zichlik {{permi2km2||3299|2,797,553||}}
Vaqt hududi Sharqiy Yevropa vaqti (UTC+2)
 - Yoz (DST) Sharqiy Yevropa yoz vaqti (UTC+3)
Birodar shaharlar Maxachqala, Myunxen, Vilnyus, Anqara, Kastoria, Reinickendorf, Edinburg, Riga, Uxan, Afina, Boku, Bratislava, Belgrad, Bryussel, Budapesht, Chikago, Krakov, Florensiya, Helsinki, Kyoto, Minsk, Odense, Pekin, Pretoriya, Rio-de-Janeyro, Santiyago, Sofiya, Stokgolm, Tallinn, Tbilisi, Tirana, Toronto, Tuluza, Varshava, Vena, Sankt-Peterburg, Amsterdam, Buenos Ayres, Mexiko shahri, Ostona, Yerevan, Providence, Kishinyov, Tampere, Suchjou, Ashxobod, Volgograd, Moskva, Xanoy, Leipzig, Leipzig, Amsterdam
vebsayt: www.kmv.gov.ua


Kiyev — Ukraina poytaxti (1934 yildan). Yirik sanoat, madaniyat va fan markazi, qahramon shahar, Kiyev viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Yirik t.y., shosse va havo yoʻllari tuguni. Dnepr daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —5,8°, iyulniki 19,5°, Shahar mayd. 800 km2. Aholisi 2635,3 ming kishi (1998).

Hoz. K. xududida bundan bir necha ming yil muqaddam dastlabki manzilgoxlar boʻlgan. "K." nomi 5-a. oxiri — 6-a. boshidagi uning afsonaviy asoschisi Kiy ismi b-n bogʻliq. K. mil. 6—7-a.larda sharqiy slavyanlarning polyan qabilasi markazi sifatida tashkil topgan. 882 yil K. knyaz Oleg qoʻl ostiga oʻtdi va 1132 yilgacha Kiyev Rusining siyosiy, madaniy va savdo markazi. 1240 yil K.ni moʻgʻullar zabt etdi. 1362 yildan Litva va Polsha tarkibida. 1654 yilda Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.

1917 yil oktabrda hokimiyatni Markaziy rada egʻalladi. 1918 yil 26 yanv.da K.ni kizil armiya bosib oldi. 1918 yil 1 martdan K. avval nemislar, keyin denikinchilar qoʻl ostida boʻldi. 1920 yil lardan boshlab shaharning sanoat jihatdan ahamiyati oʻsa boshladi. 1941 yil sent.da K.ni fashistlar Germaniyasi bosib oldi, 1943 yil noyab.da K. ozod etildi. 1990 yildan mustaqil Ukraina poytaxti.

Mashinasozlik, shu jumladan, stanoksozlik, transport mashinasozligi, aniq priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika markazi. Yengil (shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Metropoliten ishlab turibdi (1960 yildan). Ukraina FA, 18 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t, konservatoriya), 15 teatr (shu jumladan, Ukraina opera va balet teatri), filarmoniya, qariyb 30 muzey (shu jumladan, T.G.Shevchenkoning adabiy-badiiy muzeyi, tarix, ukrain tasviriy sanʼat muzeyi, rus sanʼati, gʻarb va sharq sanʼati muzeylari, xalk, meʼmorligi va turmushi muzeyi, Kiyev tarixi muzeyi, arxeologiya, xalq bezagi sanʼati muzeylari, adabiyot va sanʼat arxiv-muzeyi, tibbiyot tarixi muzeyi va b.), respublika stadioni bor.

K.da Sofiya sobori (11-a.; qoʻngʻiroqxonasi 17—19-a.lar), Oltin darvoza (11-a.), Vidubetsk monastiri (II-a.), Spas cherkovi (11-a. oxiri — 12a. boshi), Kirill cherkovi (12-a.), Kiyev Pechera lavrasi (12—18-a.lar), Andreyev cherkovi (18-a.), Vladimir sobori (19-a.) saqlangan. 1947—54 yillarda shahar markaziy koʻchasi ansambli — Kreshchatik barpo etilgan. 60—80-yillarda Rusanovka, Obolon va b. turar joy massivlari vujudga keldi. Babiy Yarda yodgorlik (1976), "1941—45 yillar urushi tarixi Ukraina davlat muzeyi" memorial majmuasi (1981) barpo etildi.[1]

Sofianing maydoni

HavolalarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil