Albukerke (inglizcha: Albuquerque) — AQSH janubi-gʻarbidagi shahar. Nyu-Meksiko shtatida, Rio Grande daryosi boʻyida joylashgan. Aholisi 385 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 449 ming kishi). Xalqaro aeroport bor. Atom energetikasi tadqiqotlarining yirik markazi. Yadro qurollari takomillashtiriladi va ishlab chiqariladi. Konchilik (uran, rangli metallar) rayonining savdo-moliya markazi. Oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, universitetlar bor. Shaharga 1706-yilda asos solingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil