Rabod (arab.) — Markaziy Osiyo, Eron va Afgʻonistondagi oʻrta asr shaharlarining savdo va hunarmandchilik doʻkonlari, mahallalari joylashgan qismi. Rabodlar VII—VIII asrlarda paydo boʻlib, shaharlarning arki yoki shahristoni atrofiga qurilgan. XI XII asrlarda Markaziy Osiyo shaharlarining mustahkam qismiga aylangan. XIII asr boshida moʻgʻullar istilosi natijasida koʻplab qadimgi shaharlarning arki va shahristoni xarobaga aylanib qolgan boʻlsada, rabodlarda hayot davom etgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil