Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi

Janubiy turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) - Turkmaniston FA Prezidiumi qoshida prof. M. Ye. Massoy boshchiligida tashkil qilingan (1945). JTAKE tosh davri (Jabal makoni), neolit (Joytun madaniyati), eneolit (Anov, Namozgoh tepa, Goʻksur), jez (Oltintepa) va ilk temir (Yoztepa, Dahiston) davrlari, ayniqsa Parfiya madaniyati boʻyicha muhim arxeologik tadqiqotlar olib borib, yangi va eski Yaisodagi qazishmalar vaqtida jahon tarix fani uchun oʻta muhim ashyoviy dalillar topdi, ulardan ritonlar (fil suyagidan ishlangan) xususidagi maʼlumotlar (M. Ye. Massoy, G. A. Pugachenkova) Italiyada, Parfiya yozma hujjatlari (V. A. Livshits, I. M. Dyakonov) esa Angliyada nashr etildi. JTAKE shaharlar tarixiy topografiyasi va qad. karvon yoʻllarini oʻrganish borasida ham muhim ilmiy tadqiqotlar olib bordi: Erk qala, Gabr qalʼa hamda Sulton qalʼa harobalaridan topilgan idish va buyumlarga tayanib, Marv tarixi davrlarga boʻlindi (3. I. Usmonova, M. I. Filanovich), Marv vohasida 1112-asrda hunarmandchilik taraqqiy etganligi aniqlandi. JTAKE tomonidan Islomdan avvalgi davr (mazdakiylik, buddizm, xristianlik)ga oid yodgorliklar oʻrganildi (G. Ya. Dresvyanskaya). Jumladan Gabr qalʼa va Harobakoshuxdagi cherkov harobasi hamda Turkmaniston FAning 50-y.larda boshlangan (S. A. Yershova) va ayniqsa, JTAKE tomonidan 60-y.larda Marv atrofidagi nekropol toʻla tekshirildi. Marvda Islomga doyr arxeologik yodgorliklar (Marvdagi dastlabki masjid, Nomozgoh tepa) harobalarini qazib oʻrganmokda (T. Xoʻjaniyozov, B. D. Kochnev), turkman qabilalari etnogenezi (D. I. Ovezov), qad. meʼmorlik uslublari va antik oʻrta asr sanʼati boʻyicha ilmiy tadqiqotlar (G. A. Pugachenkova) olib bormoqda. JTAKEning 860 dan ziyod ilmiy ishlari, "Trudi YUTAKE"ning 19 jildi, "JTAKE materiallari"ning 2 nashri va bir qancha monografiyalar nashr etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil