Nekropol (yun. nekros — oʻlik, polls — shahar) — qadimgi qabriston.

Antik va ilk oʻrta asrlarda

tahrir

Bu atama antik va ilk oʻrta asrlar davridagi qabristonlarga taalluqli. Nekropollar shakli, tuzilishi, koʻmish odati, ijtimoiy-etnik buyumlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Nekropollar toshdan va tuproqdan koʻtarmali yoki koʻtarmasiz qilib qurilgan. Ular yer osti va yer usti maqbaralarga ajraladi. Nekropollar katakomba, oʻra shaklida boʻlib, tosh, yogʻoch yoki gʻisht bilan oʻralgan. Sagʻana, mugʻxona, ehrom va maqbaralar toshdan, pishiq yoki xom gʻishtdan ishlangan. Nekropolga murdalar kuydirilib yoki oʻz holicha koʻmilgan. Murdani kuydirmasdan koʻmishning turli xillari boʻlib, murdalar qay holatda yotqizilishi qoʻshib koʻmiladigan asboblarga koʻra, bir-biridan ajralib turadi. Kuydirib koʻmishda murdani kuydirgandagi kulni qabrga toʻkib yoki biron idishga solib, baʼzan, har xil buyumlar qoʻshib koʻmilgan.[1]

Musulmon nekropollari

tahrir

Musulmon nekropollari IX—X asrlardan paydo boʻla boshlagan. Ularni paydo boʻlishi asosida, odatda, mozorlar yoki qadamjolar turgan[2].

Buxoro nekropollari

tahrir

Buxoroda nekropollar pushta deb nomlangan. XX asrning boshlarida ulardan baʼzilarining yoshi 1000 yildan oshgan. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, Buxoroda 70 dan ortiq katta va kichik nekropollar boʻlgan. 1910-yillarda ularning umumiy maydoni Buxoroda — 19,5 gektarni (shahar umumiy maydonining 12%) va shahar qalʼasining tashqarisida 44 gektrni tashkil etgan. 1928-yilda Buxorodagi qabristonlarning barchasida va shahar qalʼasi tashqarisidagilarning bir qismida dafn etish man etib qoʻyilgan. 1940—1970-yillarda esa ularning deyarli barchasi buzib tashlangan[2].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 Nekrasova.

Adabiyotlar

tahrir
  • Некрасова Е.. Погребальные сооружения некрополей Бухары и Бухарского оазиса.