Oltintepajez davriga oid shahar harobasi (mil. av. 3—2 ming yillik). Turkmaniston jan.dagi Meana qishlogʻi yaqinida joylashgan. 1929-yil A. A. Semenov topgan. 1930-yillarda A. A. Marushenko, 1949-yildan M. Ye. Massoy boshchiligidagi ekspeditsiya tekshirgan. O. shim.-sharkdan jan.-gʻarbga choʻzilgan boʻlib, bal. 20 m ga yetadi. O. qad. dehqonchilik madaniyatiga oid yodgorlikdir. O.ning maydoni 60 ga dan ortiq. O.ning atrofi kalinligi 2 m gʻisht devor bilan oʻralgan boʻlib, ichida aholi yashaydigan massivlar, kulolchilik mahallasi boʻlgan. Keng va uzun yoʻllar, bir necha xumdonlar, mahobatli uy qoldiklari, diniy inshootlar, zikkurat, mozorlar topilgan. Bu topilmalar qad. Oʻrta Osiyoda dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi oʻtroq qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil