Riton
Riton (yun. rhyton, rheo — oqaman dan) — ichimlik ichiladigan shoxsimon kad. idish. Yunon va Rim tarixchilari R. Hindistondan tarqalgan deb hisoblaydilar. R. bir oz egilgan va ichi kovak boʻlib, hayvonlarning shoxlari, metall, sopol, yogoch va boshqalardan tayyorlangan. Baʼzi R.larning pastki uchi hayvonlarning boshiga oʻxshatib bezatilgan. R. Qad. Eron, Baqtriya va Rimda ham mashhur boʻlgan. Qad. Niso shahrini qazish paytida fil tishidan yasalgan R.lar (2-asr) topilgan. Ularning pastki uchiga afsonaviy hayvonlar, avliyolar tasviri va ogʻiz tomoniga mifologik syujetlar boʻrttirib ishlangan. Niso R.lari parfiyalik ustalarning yuksak sanʼat asarlaridan hisoblanadi. Kavkazda ichimlikni R.da ichish hozir ham mavjud.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |