Arxeologiya — qadimshunoslik — qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik jamiyati oʻtmishini oʻrganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-yarogʻlar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda oʻtmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai boʻlib, ularni chuqur ilmiy oʻrganish asosida oʻtmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli Arxeologiya tarix fanining bir tarmogʻi hisoblanadi. Arxeologiya fanining vazifasi ham kishilik jamiyatining ibtidoiy davr, antik va o‘rta asr davrlarining moddiy madaniyat yodgorliklari  orqali qadim tariximizni tiklashdan iborat. Arxeologiya soʻzini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar maʼnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kashfiyotlar davri boʻlib, Arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi, 19-asrda Lei asosan 4 ta davrga boʻlib oʻrganar edi; Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarini oʻrganuvchi mumtoz Arxeologiya, ibtidoiy Arxeologiya, 662-oʻrta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganuvchi umumiy Arxeologiya va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular birlashib, keng mazmunli hozirgi zamon Arxeologiyasi shakllandi. Oʻzbekistonda arxeologik tekshirishlar 19-asrning oxirgi choragida, Turkistonni Rossiya bosib olganidan soʻng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkistonning oʻtmishi, xalqining urf-odati, qadimgi qoʻlyozmalarini oʻrganish orqali oʻlkada oʻzining mustamlakachilik rejimini mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini oʻrganishni dastavval rus Arxeologiya havaskorlari va oʻlkashunoslari boshlab berdi. 1895-yil V. V. Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tuzilib, Arxeologiya ishlari shu toʻgarak nazoratida olib boriladi. Oʻsha davrda oʻtkazilgan Arxeologiya tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning xizmati katta boʻldi. Ammo arxeologik yodgorliklarni hali har tomonlama, keng oʻrganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. Shunday boʻlsa ham 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi Turkistonda olib borilgan arxeologik izlanishlar Oʻzbekiston tarixshunosligida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimgi moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganishda dastlabki qadamlar qoʻyildi. Mahalliy xalq oʻrtasida oʻz vatanining oʻtmish yodgorliklari bilan qizi-quvchi Akram pol-von Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni toʻplovchi havaskor oʻlkashunoslar paydo boʻldi. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida boʻlib turli xil (koʻproq numizmatikaga doir) topilmalarni toʻplashdan ibo-rat boʻlgan. Afrosiyob, Ulugʻbek rasadxonasi va Poykand haro-balarida dastlabki qazishmalar olib borilgan. Oʻzbekistonda Arxeologiya fani 20-30-yillarda shakllandi. V. L. Vyatkin Afrosiyob harobasini (1925; 1929-30), B. P. Denike qadimgi Termizni (1926-27), M. Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925- 28), Ayritom harobalarini (1932-33) qazib oʻrgandilar. 30-yillarda keng koʻlamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 — 38), V. A. Shishkin Tali Barzuda (1936 — 39), Varaxshaaya (1937 — 39), S P. Tolstov, Ya. F. Gʻulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 — 50), A. P. OkladnikovTeshiktosh va Machay gʻorlarida (1938 — 39), V. V. Grigorev Qovunchitepa harobalarida (1934-37) olib bordilar. Toʻplangan arxeologik materiallar Oʻzbekiston tarixini davrlashtirishda muhim manba boʻldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor, Tozabogʻyop, Qovunchi madaniyatlari va boshqalar) oʻrganilib, fanga kiritildi. Teshiktosh gʻoridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi Oʻzbekiston arxeologiyasida buyuk kashfiyot boʻlib, dunyo olimlarida katta qiziqish uygʻotdi. Oʻzbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda Oʻrta Osiyo davlat universitetida arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), OʻzFA Arxeologiya boʻlimining tashkil etilishi (1943) katta ahamiyatga ega boʻldi. Arxeologik yodgorliklarni rayonnlarga boʻlib oʻrganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir-Olay va Pomir-Fargʻona ekspeditsiyalari katta rol oʻynadi. 50-yillarda Oʻzbekiston arxeologiya ekspedisiyasi otryadlari Toshkent vodiysida mozorqoʻrgʻonlarni (T. Aʼzamxoʻjayev), Zamonbobo jez davri qabristonini (Ya. Gʻulomov), Bolaliktepa yodgorligini (L. I. Albaum) va boshqalarni oʻrganishga kirishdi. 60-yillarda Moxondaryo arxeologik otryadi Ya. Gʻulomov rahbarligida Zarafshonning quyi oqimida miloddan avvalgi 4- 2-ming yillikka mansub 60 dan ortiq neolit va jez davriga oid manzilgohlar, Uch-tut chaqmoqtosh konlari (A. Askarov, M. Qosimov, Oʻ. Islomov va T. Mirsoatov), Moʻminobod qabristoni (A. Askarov), Samarqand makoni (D. N. Lev, M. 663Joʻraqulov), Chust jez davri qishlogʻi harobasi (V. Sprishevskiy), Dalvarzintepa (Yu. A. Zadneprovskiy), Xolchayon (G. A. Pugachenkova) va boshqa arxeologik obidalarda keng koʻlamda kazishlar olib bordi. Tuproqqalʼa, Varaxsha, Bolaliktepa, Afrosiyob, Quva podshoh saroylari va ibodatxonalarining oʻrganilishi, Samarqand va Mugʻ togʻida qadimgi Sugʻd, Xorazmda xorazmiy yozuvlarining topilishiOʻzbekiston madaniyatining yuqori darajaga koʻtarilganini koʻrsatadi. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining tashkil etilishi (1970) Oʻzbekistonda arxeologik tadqiqotlarni yanada kengaitirishga imkon berdi. 70-80-yillarda institut jamoasi tomonidan Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida keng qamrovli arxeologik kuzatuv va qazishlar oʻtkazilib, oʻtmishning eng qadimgi davri — tosh asridan to soʻnggi oʻrta asrlarga mansub koʻplab nodir yodgorliklar topildi. Mas, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Fargʻona, Samarqand viloyatlarida Teshiktosh, Amir Temur, Omonqoʻton, Obirahmat, Xoʻjakent, Qapchigʻay, Obishir, Qoratogʻ, Xoʻjamazgil (M. Qosimov, Oʻ. Islomov, N. Toshkenboyev, R. Sulay-monov, M. Xoʻjanazarov) kabi qadimgi tosh davri gʻor makonlari hamda Xorazm choʻllarida yangi tosh (neolit) va jez davri makonlari (A. Vinogradov, M. Itina) oʻrganilishi diqqatga sazovordir. Bu yodgorliklardan topilgan ashyoviy materiallar Oʻzbekiston tarixining eng qadimgi davri manzarasini tiklashda asosiy manba boʻlib xizmat qildi. Ayniqsa Oʻzbekistonning janubiy tumanlarida qadimgi dehqonchilik madaniyatiga tegishli koʻplab yodgorliklarning (So-pollitepa, Jarqoʻton, Kuchuktepa, Mir-shodi) topilishi va oʻrganilishi (A. Askarov, T. Shirinov, Sh. Shaydullayev) qadimgi Baqtriya madaniyatining genezisi, taraqqiyot bosqichlari va bu yerlarda ilk shahar madaniyatining shakllanish jarayonini kuzatish imkonini berdi. Maxsus tadqiqotlar Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Fargʻona vodiysi, Qoraqalpogʻiston hududidagi qadimgi shaharlarni oʻrganishga bagʻishlandi. Ayniqsa qadimgi shaharlar — Yerqoʻrgʻon (R. Sulaymonov, M. Isomiddinov), Qanqa (Yu. Buryakov), Eski Termiz (Sh. Pidayev, T. Annayev), Dalvarzintepa (E. Rtveladze, B. Turgʻunov), Shoshtepa va Oqtepa (M. Filanovich), qadimgi Buxoro va Poykend (A. Muhammadjonov, Jez davriga oid sopol buyumlar (miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalari). J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov), Axsikat va Pop (A. Anorboyev, B. Matboboyev), Afrosiyob (X. Oxunboboyev, M. Isomiddinov), Xiva (M. Mambetullayev), Mizdahqon (V. Yagodin) kabi yod-gorliklarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar samarali boʻldi. Xorazm va Zarafshon vodiysida Ya. Gʻulomov, B. V. Andrianov, A. R. Muhammadjonov va boshqalarning qadimgi irrigatsiya va dehqonchilik vohalarining vujudga kelishi jarayonlarini oʻrganish borasida olib borgan arxeologik va etnografik izla-nishlari alohida ahamiyatga ega boʻldi. Bu davrda Zarafshon vodiysi, Xorazm, Surxondaryo va Sirdaryo vohalari hamda Fargʻona vodiysida olib borilgan ar-eologik va antropologik izla-nishlar tufayli Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekiston yerlarida yashovchi aholining asosiy antropologik tiplarga boʻlinganligi ularning shakllanish tarixini yoritish imkonini berdi; oʻzbek etnosining oʻziga xos xususiyatlari, tub etnik elementlarning ularga kelib qoʻshilgan etnoslar bilan qorishib ketish jarayoni kuzatildi. Bu masalaga oydinlik kiritishda T. Xoʻjayov, K. Shoniyozov va boshqa hissasi salmoqli boʻldi. Shu asnoda A. fanining turli davr va yoʻnalishlari boʻyicha il-miy maktablar tarkib toddi. Ularga Ya. Gʻulomov, S. P. Tolstov, A. P. Okladnikov, M. Ye. Massoy va G. A. Pugachenkova kabi olimlar asos soldi. Yirik asar va risolalar nashr etildi. Mustamlaka davrida Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hududidan topil-gan eng nodir arxeologik topilmalar, 664qoʻlyozma asarlar talon-toroj etilib Moskva, Sankt-Peterburg, shuningdek boshqa xorijiy mamlakatlarga tashib ketildi. Mas, mashhur Amudaryo xazi-nasi Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan. Arxeologik izlanishlar maqsadi va natijalarini oʻzbek xalqi tarixi bilan bogʻlash tom maʼnoda mustaqillik yillaridan boshlandi. Oʻzbekiston Arxeologiyasi oʻz tadkiqotlarining samarasi bilan jahon ilmiy darajasiga koʻtarildi. Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Polsha bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg) olimlari bilan ilmiy aloqalar mavjud.[1]

Arxeologiya tarixidagi baʼzi eʼtiborga loyiq sanalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Muhammadjonov, Abdulahad „Arxeologiya“ OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya(o’quv qo’llanma). Toshkent 2011