Mixxat — qadimda Old Osiyoda qoʻllangan, mix yoki ponachalarga oʻxshash chiziqcha (belgi)larni loy taxtachalarga oʻyib tushirishdan iborat ideografii yozuv turi, miloddan avvalgi 3ming yillik boshlarida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va umumiy tushunchalarning nomi rasmlar bilan ifodalangan, mas, oyoq tasviri "yurish", "turish", "olib ketish" maʼ-nolarini anglatgan. Bunday belgilar miqdori 1000 tagacha yetgan. Shumer M.i dastlab yuqoridan pastga, keyinchalik gorizontal holda — chapdan oʻngga qarab yozilgan. Miloddan avvalgi 3ming yillikning oʻrtalarida M.ning soʻz-boʻgʻinli shakli paydo boʻlgan, belgilar miqdori 600 tagacha qisqartirilib, rasm-belgilar soddalashtirilgan. Ayni shu davrda shumer M.i akkadliklar (bobilliklar va ossuriyaliklar) tomonidan oʻzlashtirilib, somiy tillarga moslashtirilgan, belgilar soni 300 taga tushirilgan. Akkadliklar ishlab chiqqan M. keyinchalik, miloddan avvalgi 2— 1 ming yilliklar davrida bir qancha qoʻshni xalqlar tillari (xett, elam, urart, qad. fors va boshqalar)ga moslashtirilgan holda qoʻllana boshlagan. Bu davrda M.lar harftovushboʻgʻin yozuvlariga ancha yaqinlashib, shunday yozuvlarning kelib chiqishiga asos boʻlgan. Miloddan avvalgi 1ming yillik oxirlarida M.lar oʻrnini oromiy yo’zuvi egallagan.

M.da bitilgan juda koʻp yodgorliklar — tarixiy yozuvlar, turli rasmiy hujjatlar, ogʻzaki ijod namunalari, lugʻatlar, ilmiy asarlar, diniy matnlar saqlanib qolgan. Turli xalqlarga mansub M.larni oʻrganish, deshifrovkalash 19-asrdan, aniqrogʻi, 1802-yildan boshlanib, 20-asrning oʻrtalarigacha davom etgan. Nemis, fransuz, ingliz, chex, rus olimlari M.larni deshifrovkalashda faol ishtirok etib, bu sohada koʻplab ilmiy tadqiqotlar olib borganlar.

Adabiyot tahrir

  • Fridrix I., Istoriya pisma, per. s nem., M., 1979.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil