Oromiy yozuvi — gʻarbiy som yozuvlaridan biri; oromiylar miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida finikiy yozuvi asosida shakllantirgan kansonant yozuv. Oromiylar finikiy yozuvining alifbo tarkibini oʻzgartirmagan holda (oromiy alifbosi ham faqat undoshlarni ifodalovchi 22 harfdan iborat boʻlgan), unga ayrim uzgarishlar kiritganlar: harflarni tashkil etuvchi unsurlar sonini kamaytirish yoki un-surlar shaklini oʻzgartirish orqali juda koʻp harflarning shakllarini soddalashtirganlar va yozuvni tez yozishga moslashtirganlar. Oromiy yozuvida suzlar asosan ajratib yozilgan: dastlabki soʻzlarni ajratuvchi belgilar — bir vertikal chiziq yoki nuqta qoʻllangan, key-inchalik esa suzlar oʻrtasida boʻsh joy qoldirish bilan soʻzlar oʻzaro ajratilgan. Oromiy yozuvi da harflar alohida-alohida, ligaturasiz (2 harfni bir harf shakliga keltirmasdan) yozilgan; oʻziga xos xususiyatlaridan biri d va g harflarining farqlanmasligidir. Oromiy yozuvi va oromiy tili miloddan avvalgi 6—4-asrlarda yangi os-sur va qad. fors davrlarida butun Gʻarbiy Osiyoda, hatto Misr, Kichik Osiyo va Hindistonda devonxonalarning ras-miy yozuvi va tiliga — xalqaro aloqa vositasiga aylangan. Oromiy yozuvi nafaqat mo-numental toshbitiklarda, balki sopol buyumlarda (sopol parchalarida) va pa-piruslarda saqlanib qolgan. Bu yozuv gʻarbiy som yozuvlarining miloddan avvalgi 3—2asrlardagi koʻplab oromiy variantlarining, suryoniy, kvadrat shaklli yahudiy, arab, pahlaviy, sugʻd, uygʻur, moʻgʻul yozuvlarining kelib chiqishiga asos boʻlgan. Oromiy yozuvidagi eng qad. yozma yod-gorliklar miloddan avvalgi 9—8-asrlarga mansub.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil