Akkad tili
Akkad tili (qadimgi shahar Akkad nomidan) — mashhur som tillarining eng qadimgisi. Ikki dialektga — bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois koʻpincha u bobil-ossuriy (yoki ossuriy-bobil) tili deb ham ataladi. Akkad tilining ham (boshqa som tillari kabi) oʻziga xos xususiyati undagi soʻzlar oʻzagi undoshlardan (koʻpincha uch undoshdan) tashkil topishidir. Unlilar hamda oʻzakka te-gishli boʻlmagan baʼzi undoshlar grammatik munosabatni yuzaga keltiradi va oʻzak umumiy maʼnosini muayyanlashtiradi. Akkad tili yozuvi shumer sillabo-ideografik mixxatiga asoslangan boʻlib, belgilar koʻp tovushli xususiyatga ega. Ular soni 500 dan oshib ketadi. Akkad tili mixxat yozuvini 1857-yilga kelib toʻliq oʻqishga muvaffaq boʻlingan[1].
Akkad tili | |
---|---|
Milliy nomi | akkadû |
Mamlakatlar | Mesopotamiya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 0 |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Som-hom tillari |
Alifbosi | mixxat |
Til kodlari | |
ISO 639-2 | akk |
ISO 639-3 | akk |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |