Som tillarisom-hom (afroosiyo) tillari makrooilasining bir tarmogʻi; Gʻarbiy Osiyoda va Afrikada Sahroi Kabirning shim. tomonlarida (jumladan, barcha arab mamlakatlarida, Isroil, Efiopiya, Eritreya, Somali, Jibuti, Turkiya, Malta davlatlarida, qisman Mali, Chad, Keniya, Gruziya, Ozarbayjon, Armanistonning ayrim hududlarida, AQSH va Janubiy Afrikada) tarqalgan tillar. Bu tillarda 230 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. St. quyidagi guruxlarga boʻlinadi: shim.sharqiy (ossuriy va bobil lahjalariga ega boʻlgan oʻlik akkad tili); shim.gʻarbiy (jonli tillar: ivrit va Suriya, Eron, Iroq, Turkiya va boshqa hududlardagi yangi oromiy lahjalari; ulik tillar: amori, ugarit, xanaan, qad. yahudiy tillari, oromiy laxjalari, palmira, nabotiy, falastin tillari va boshqalar); jan.markaziy (birbiridan kuchli farq qiluvchi soʻzlashuv lahjalari boʻlgan arab tili hamda Malta o.dagi malta tili); jan.chekka (jonli tillar: mehriy, jibboliy, soʻqoʻtra va bir qancha ulik tillar); efiopsom (jonli tillar: tigray, tigre, amhara, argobba; ulik tillar: mine, sabe, kataban, efiop). Keyingi 3 guruh baʼzi adabiyotlarda "janubiy" yoki "jan.gʻarbiy" deb ham ataladi.

St. ning qad. fonetik tizimi arab tilida yaxshi saqlangan. Bu tillarda unlilar soni cheklangan: asosan choʻziq a, i, u va qisqa a, i, u. Feʼllar va ular asosidagi nomlarning oʻzaklari, asosan, undoshlardan (3 ta, baʼzan oʻzlashma soʻzlarda undan ortiqroq) tashkil topadi va u, asosiy lugʻaviy maʼnoni bildiradi; qisqa unlilarni ifodalovchi ostust belgilarining urin almashuvlari, suffiks, prefiks va infikslar maʼnoni muayyanlashtirish va grammatik kategoriyalarni ifodalash uchun xizmat kiladi. Maye. arabcha "ktb" oʻzagidan quyidagilarni oʻqish mumkin: "kataba" — u yezdi, "kutiba"— yozildi, "aktaba" — yozdirdi: "kotib" — yozuvchi, mirza, "kitob" — xat yoki kitob, "maktab" — yozish joyi va vaqti, maktab va boshqa St. da feʼllardagi nisbatlar, baʼzan mayllar, bir qator maʼno nozikliklari "bob" (arab.navʼ; boshqa tillarda oʻzak, asos tushunchalariga toʻgʻri keladi)lar orqali ifodalanadi. Boblar feʼlning dastlabki maʼnosini u yoki bu darajada oʻzgartiradi. Suz yasalishi ham, asosan, unli va undoshlarning oʻrin almashuvi va kisman affiksatsiya orqali amalga oshadi. Odatdagi soʻz tartibi: kesim, ega, toʻldiruvchi; aniqlovchi doimo anikdanmishdan keyin turadi. St. da barbar, kushit, roman, turkiy, yunon tillaridan oʻzlashgan soʻzlar uchraydi.

St. ning eng kad. yodgorliklari akkad tilidagi mixxat yozuvlari va miyer yozuvvdagi falastincha atokli ismlar va joy nomlaridir (mil. av. 3—2ming yilliklar va mil. 1ming yillik); shuningdek, qad. yahudiy va ivrit tillarida (mil. av. 12-asrdan finikiy yozuvida), oromiy laxjalari, ayniqsa, suryoniy laxjasida (mil. av. 8-asr), efiop tilida (4—20-asrlar, boʻgʻinli efiop yozuvida) ham koʻplab yozma manbalar mavjud. Arab tilida juda boy adabiyot saqlangan (4-asrdan arab yozuvida). Ugarit, finikiypuna, mine, kataban tillarida ham mil. av. 14—13 va mil. 4-asrlarga oid matnlar saqlanganligi maʼlum. St. dan arab tili — oromiy yozuvidan kelib chiqkan arab yozuvidan, ivrit — anʼanaviy qad. yahudiy yozuvidan, amhara va tifay tillari — boʻgʻinli efiop yozuviga asoslangan uz yozuvlaridan, malta tili esa login alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadi.

Adabiyot

tahrir
  • Krimskiy A. Ye., Semitskiye yaziki i narodi, 2izd., ch. 23, M., 1909—12; Grande B. M., Kurs arabskoy grammatiki v sravnitelnoistoricheskom osveshenii, M., 1963.

Abduvahob Madvaliyev.