Buxoro viloyati

O‘zbekiston respublikasining 12 viloyatlaridan biri

Buxoro viloyati — Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi (2001). Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Buxoro shahar aholisining etnik tarkibi asosan Uzbek, Rus, Fors (Eroniylar), Turkman, tojik, Ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi.Markazi-Buxoro

Buxoro viloyati
Бухоро вилояти
Viloyat
Maʼmuriy markazi Buxoro
Yirik shahari Buxoro
Aholi (2018) 1 870 200 (4-oʻrin)
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 39 400 km²
Buxoro viloyati xaritada
Buxoro viloyati, Xarita
Soat mintaqasi UTC+5
Kod ISO 3166-2 UZ-BU
Avtomobil raqami kodi 80
Koordinatalari: 40°10′0″N 63°40′0″E / 40.16667°N 63.66667°E / 40.16667; 63.66667 G O

TabiatiTahrirlash

Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga koʻra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oraligʻida Oyoqogʻitma botigʻi joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi relyef koʻrinishlarini ajratish mumkin:

  1. Alohida ifodalangan past togʻlar, platolar (Kuljuqtov, Tuzkoy togʻi, Jarqoq, Saritosh);
  2. Tekis yuzali plato va qirlar (Qorakoʻl, Dengizkoʻl, Uchbosh, Qoraqir);
  3. Daryo va koʻl yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol taʼsirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar;
  4. Alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqogʻitma, Dengizkoʻl);
  5. Yassi yuzali vohalarda balandligi 5–15 m li tepalar uchraydi.

Togʻlar asosan silur, devon, toshkoʻmir, boʻr, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida oʻzgargan. Foydali qazilmalardan Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uchqirda gaz, Kemachi, Zikri, Oʻrtabuloqda neftgaz hamda grafit konlari, ohaktosh, bentonit (gilmoya), granit konlari topilgan. Buxoro viloyatida juda koʻp mineral suv zaxiralari aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jingʻildi,Oyoqogʻitma botigʻi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda qisman foydalaniladi. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli shahri atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq, iyulning oʻrtacha harorati 28-32°, qumliklarda 60-70° gacha koʻtariladi. yanvarning oʻrtacha harorati 0° dan −2° gacha yiliga 90–150 mm yogʻin tushadi. Asosan bahor va qishda yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Buxoro viloyatining asosiy suv manbai — AmuBuxoro mashina kanali. Quyimozor, Toʻdakul, Shoʻrkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizkoʻl, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi koʻllar mavjud. Buxoro viloyati boʻyicha obikor yerlarning 94,4 % turli darajada shoʻrlangan. Choʻl zonasida kam chirindili qoʻngʻir tusli sur, qumli ishgandan soʻng, oziq-ovqat sanoatida tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.

Hududiy boʻlinishiTahrirlash

 
Bo'linishi: Olot (1), Buxoro (2), Vobkent (11), G'ijduvon (3), Jondor (4), Kogon (5), Qorako'l (6), Qorovulbozor (7), Peshkun (8), Romitan (9), Shofirkon (10)
# Tuman nomi Tuman markazi
1 Olot tumani Olot
2 Buxoro tumani Galaosiyo
3 Gʻijduvon tumani Gʻijduvon
4 Jondor tumani Jondor (shaharcha)
5 Kogon tumani Kogon
6 Qorakoʻl tumani Qorakoʻl (shahar)
7 Qorovulbozor tumani Qorovulbozor
8 Peshku tumani Yangibozor
9 Romitan tumani Romitan
10 Shofirkon tumani Shofirkon
11 Vobkent tumani Vobkent

SanoatiTahrirlash

Korxonalar ilgʻor texnologiya bilan jihozlandi. Yangi qadoqlash liniyalari, Buxoro, Gʻijduvon, Qorakoʻl, Vobkent shaharlarida Germaniya texnologiyasiga asoslangan non sexlari ishga tushirildi. „Buxoroteks“ aksiyadorlik jamiyatining filiallari Gʻijduvon, Vobkent, Qorakoʻl va Olotda ishlab turibdi. Buxoro pillakashlik fabrikasi va uning filiallarida pilla qayta ishlanmoqda. Buxoro trikotaj kiyimlar fabrikasida erkaklar, ayollar va bolalarning ustki va ichki kiyimlari ishlab chiqariladi. Buxoro tikuvchilik fabrikasi, Buxoro va Gʻijduvon poyabzal fabrikasi, Shofirkonda Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan „Vardanzi“ tikuvchilik qoʻshma korxonasi, „Qorakoʻl“ aksiyadorlik jamiyati qoshida Yunoniston bilan hamkorlikda „Omega-Sitora“ qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. Mahalliy sanoat korxonalaridan Buxoro „Zardoʻz“ aksiyadorlik jamiyati, Gʻijduvon kulolchilik sexi, Gʻijduvon va Shofirkondagi gilam toʻqish fabrikalari, Kogon paxta titish fabrikasi, Romitan toʻqimachilik fabrikasi, tikuvchilik, badiiy kashtachilik, misgarlik, zargarlik, kosibchilik va 20 dan ortiq gʻisht zavodlari ishlab turibdi. Paxta tayyorlash punktlari, quritish, tozalash sexlari, paxta tozalash zavodlari bor. Paxta tolasi yangi uskuna va texnologiyalar asosida jahon andozalariga muvofiq ishlab chiqarilmoqda. Buxoro uysozlik kombinati, Kogon ohak zavodi, Quyimozor va Kogon yigʻma temirbeton buyumlari zavodlari, Italiya bilan hamkorlikda qurilgan koshinlar ishlab chiqariladigan „Minokor“ zavodi, Buxoro temirbeton zavodi bor. Gazavtomatika ishlab chiqarish birlashmasida qurilish materiallari ishlab chiqariladi.Qishloq xoʻjaligi. Buxoro viloyati iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi (paxtachilik, gʻallachilik, mevachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik) tashkil etadi. Viloyat dehqonchiligida sugʻoriladigan yerlar (tomorqa yerlar bilan birga) 273,7 ming ga, partov yerlar 14,2 ming ga, choʻl yaylovlari 2764, 6 ming ga, Paxta 129 ming ga, makkajoʻxori 857 ga, donli ekinlar 81,2 ming ga, sholi 200 ga, pomidor 2741 ga, sabzavot-poliz ekinlari 9,3 ming ga, lavlagi 116 ga, kartoshka 2967 ga, yemxashak ekinlari 15,9 ming ga, shu jumladan beda 7,1 ming ga, bogʻlar 18,2 ming ga, tutzorlar 5,9 ming ga, Buxoro viloyati da 236 shirkat uyushmasi va jamoa xoʻjaligi, 4162 fermer xoʻjaligi, 41 xoʻjaliklararo korxona, 5 parrandachilik fabrikasi mavjud (2001), Chorvachilik Buxoro viloyatining rivojlangan tarmogʻi boʻlib, qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik va parrandachilik rivojlangan. Ayniqsa, Buxoro qorakoʻllari mashhur. Buxoro viloyatining barcha tizimdagi xoʻjaliklarida 428 ming qoramol, shundan 184,7 ming sigir, 750 ming qoʻy, 64 ming echki, 3 ming yilqi, 2,8 ming tuya, 771 ming parranda mavjud (2001). Viloyatda ipak qurti ham boqiladi. 10 ta oʻrmonchilik xoʻjaligi boʻlib, asosiy oʻsimliklari saksovul, cherkez, qandim. Qorakoʻl oʻrmon xoʻjaligida esa dorivor oʻsimliklar ham yetishtiriladi.Transporti. Buxoro viloyatidan magistral temir yoʻli oʻtgan. Eng katta temir yoʻl stansiyasi — Kogon. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 9820 km, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 4655 km (2000). Asosiy avtomobil yoʻllari: Buxoro-Toshkent, Buxoro-Urganch-Nukus, Buxoro-Turkmanobod (Chorjoʻy) va Buxoro-Termiz yoʻnalishlari. Aeroport bor.

Taʼlim, madaniyat, sportTahrirlash

TaʼlimTahrirlash

2000/01 oʻquv yilida viloyatda 528 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 325,2 ming oʻquvchi, 25 gimnaziyada 5700 oʻquvchi taʼlim oldi. 1998-2001-yillarda 14 kasbhunar kolleji va 5 akademik litsey qurib topshirildi. 14 kasbhunar kollejida 2400 oʻquvchi oʻqiydi. 2001-2003-yillarda viloyatdagi mavjud 10 texnikum va 24 hunartexnika bilim yurtlari kasbhunar kollejlari va akademik litseylarga aylantiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyun qarori). Viloyatda 3 oliy oʻquv yurti bor: Buxoro universiteti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyam instituti, Buxoro tibbiyot instituti. Ularda 9800 talaba taʼlim oladi (2001). Buxoro shahrida Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Buxoro filiali (1928-94-yillarda Buxoro paxtachilik tajriba stansiyasi) faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyatda Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzeyqoʻriqxonasi (uning 6 filiali bor), 450 ommaviy kutubxona, 148 klub, 210 madaniyat uyi, 7 madaniyat va istirohat bogʻi, 15 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasi (1921) respublikadagi nufuzli kutubxonalardan sanalib, unda noyob qoʻlyozmalar mavjud. Buxoro viloyatida 2 ta teatr bor. Sadriddin Ayniy nomidagi musiqali drama va komediya teatri toʻngʻich oʻzbek professional teatrlardan biri. 1921-yil xavaskorlar guruhi asosida tashkil qilingan. Buxoro viloyat qoʻgʻirchoq teatri 1982-yil tashkil qilingan. Buxoro viloyatidan Olim Xoʻjayev, Hikmat Latipov, Saʼdixon Tabibullayev, Lutfulla Nazrullayev, Nazokat Neʼmatova, Aminjon Akobirov, Razzoq Hamroyev kabi yirik sanʼatkorlar; Domla Halim Ibodov, Ota Jalol Nosirov, Ota Gʻiyos Abdugʻaniyev, Levina Hofiz, Sattor Yarashev, Oʻlmas Rasulov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Mustafo Bafoyev singari xalq hofizlari va kompozitorlari. Maryam Yoqubova, Tesha Moʻminov, Baxtiyor Ixtiyorov, Ahmadjon Shukurov singari xalq artistlari yetishib chiqqan.

Sogʻliqni saqlashTahrirlash

Viloyatda 6700 oʻrinli kasalxonada 4343 vrach va 16100 oʻrta tibbiy xodim ishlab turibdi. 22 ayollar konsultatsiyasi, 281 qishloq vrachlik punkti, 68 feldsherakusherlik punkti, 28 qishloq uchastka kasalxonasi bor. 17 poliklinikada jarrohlik markazlari, 9 ambulatoriyada ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Viloyatda 3 sanatoriy, jumladan Sitorai Mohi Xossa sanatoriysi mavjud. Buxoro shahridan 25 km narida Toʻdakoʻl dam olish maskani joylashgan. 2001-yilgacha oʻz kasbi boʻyicha xususiy ish faoliyati yuritish uchun viloyatda 150 mutaxassisga litsenziya berildi.

SportTahrirlash

Buxoro viloyati sportchilarisportning koʻplab turlari boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, chim ustida xokkey, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Buxoro viloyatida shakllangan va oʻz tarixiy ildiziga ega buxorocha kurash bugungi kunda oʻzbekcha kurash sifatida jahon sport olamida oʻziga xos oʻrin egalladi. Buxorodan sambo boʻyicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbonov, 2-marta jahon chempioni Shuhrat Xoʻjayev, jahon chempionlari Shuhrat Ochilov, Botir Turdiyev, Ra uf Boltayev, Botir Xujayev, kurash boʻyicha 1-jahon chempionlari Akobir Qurbonov, Kamol Murodov, 1Osiyo chempioni Farhod Turayev, Shuhrat Saʼdiyev (yunonrum kurashi), Narimon Otayev (boks) kabi mashhur sportchilar yetishib chiqqan. „Sitora“ ayollar jamoasi chim ustida xokkey boʻyicha Osiyo chempionlari kubogi sohibidir (2000). Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, sport turlari Buxoro shahri va viloyatida ommalashdi. Zamonaviy sport inshootlaridan „Buxoro“ futbol klubining 25000 tomoshabinga moʻljallangan „Buxoro“ stadioni, „Semurgʻ“ suv havzasi, „Olimpiya“ sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan „Xumo“ tennis korti mavjud. Buxoro viloyatida 44 bolalar va oʻsmirlar sport maktabida 27 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oladi (2001).

AdabiyotTahrirlash

Buxoro qadimdan shoir va ulamolar toʻplangan eng yirik shaharlardan biridir. Unga „Qubbat ulislom“, „Buxoroyi sharif“ unvonlari berilgan. Buxoroda „malik ulkalom“ Abu Abdulloh Jaʼfar Rudakiy yashab, ijod qildi. Narshaxiyshtt „Buxoro tarixi“ asarida goʻzal sheʼriy parchalar mavjud. Balʼamiy Tabariyning „Taʼrix…“ asarini Buxoroda fors tilida qaytadan yozgan. Ibn Sino buyuk qomusiy olim boʻlish bilan birga arab va forstojik tillarida shsʼriy asarlar yozgan. Buxorolik Daqiqiy Abu Mansur Muhammad Firdavsiyning ustozi boʻlib, „Shohnoma“ dostonini dastlab u yoza boshlagan. Abu Mansur Saolibiy „Yatimat ud-dahr“ tazkirasida 10-asrda poytaxt Buxoroda yashab arab tilida ijod qilgan 25 shoir haqida qimmatli maʼlumotlar keltiradi. Uning yozishicha, „Buxoro Somoniylar hukmronligi davrida shonshuhrat makoni, saltanat kaʼbasi va zamonasining ilgʻor kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va oʻz davrining fozil kishilari yigʻilgan joy edi“. Avfiy Buxoriy adib, tarjimon va tazkiranavis olim edi. U Turon adabiyotida tazkiranavislik janriga asos solgan. Sharofiddin Buxoriy (13-14-asrlar) mashhur „Chor kitob“ni tuzgan shofirkonlik ulugʻ mutasavvuf shoirdir. Temuriylar sulolasi davrida Buxoroda Nosir Buxoriy, Ismat Buxoriy (1365-1426), Burunduq Buxoriy, Tohir Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Sayfiy Buxoriy (15-asr) kabi shoirlar yashab, devon tuzishgan. Ismat Buxoriy oʻzbek, fors va arab tillarida sheʼr yozish anʼanasini Buxoroda boshlab berdi. „Ibrohim Adham“ dostonini oʻzbekchada bitdi. U temuriy shahzoda Xalil Sultonning murabbiysi edi. Muhammad Solih Muhammad Shayboniyxonga bagʻishlangan oʻzbekcha „Shayboniynoma“ dostonini yezdi. Shayboniylar sulolasining vakillari boʻlgan Buxoro xonlari Muhammad Shayboniyxon „Shayboniy“, Ubaydullaxon ibn Mahmud Sulton „Ubaydiy“, Abdullaxon II „Xon“ ta xalluslari bilan sheʼr va dostonlar yozishdi, devon tuzishdi. Xususan, Ubaydullaxonning ijodi sermahsul boʻlib, u oʻzbek, fors, arab tillarida lirik gʻazallar, masnaviy yoʻlida soʻfiyona mazmun bilan sugʻorilgan risolalar yozgan.Hasanxoʻja Nisoriy „Muzakkiri ahbob“ tazkirasida 16-asrda faqat Buxoroning oʻzida yashab, ijod qilgan 110 nafar shoir va tarixchilarning nomlarini keltiradi. Ular orasida Mavlono Abdurahmon Mushfiqiy, Mavlono Majlisiy, Fazlulloh ibn Roʻzbehon Isfahoniy („Mehmonnomayi Buxoro“ tarixiy asari va oʻzbekcha sheʼrlari bor), Mavlono Naxliy (1549-1636; u Hofiz Tanish Buxoriy boʻlib, „Abdullanoma“ — „Sharafnomai shohiy“ tarixiy asarining muallifidir), Mavlono Xoja Muhammad Sadr (Afzaliy), Mavlono Foniy, Mavlono Qabuliy Buxoriy, Devona Husomiy (Husomiy Qorakoʻliy; 1442-1505), Sayd Podshohxoʻja bin Abdulvahhobxoʻja (Xoja), Mavlono Kasiriy, Mavlono Afsariy, Sayfiy Aruziy, Saqqo Buxoriy kabi mashhur shoirlar bor. Turdiy Farogʻiy, Buxoriy Naxliy, Shavkat Buxoriy (17-asr), Mulham Buxoriy, Voras, Saidkamol Fitrat (17-18-asrlar), Imlo Buxoriy, Abdullatif Kirom Buxoriy (18-asr) ashtarxoniylar davridagi eng taniqli shoirlar edi. Buxoro viloyati da mashhur shoir Sayido Nasafiy (17-asr) yashab ijod qildi. Yirik faylasuf olim Muhammad Sharif Buxoriy (vafoti 1697) „Favoidi Hoqoniyya“ (1643), Muhammad Yusuf Munshiy „Tarixi Muqimxoniy“, Mir Muhammad Amir Buxoriy „Ubaydullanoma“, Muhammad Amin ibn Muhammad Zamon Buxoriy „Muhit attavorix“ tarixiy asarlarini yozishdi. Mir Muhammad Amin Buxoriy Subxonqulixon (hukmronligi 1681 — 1702) va Ubaydullaxon II ibn Subxonqulixon (hukmronligi 1702-1711) saroyida bosh munshiylik lavozimida xizmat qildi. Buxoro xoni Subxonqulixon „Nishoniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yezdi. Muhammad Vafoyi Karminagiy (1685-1769) „Tuhfat ulXoniy“ („Xon tuhfasi“) kitobining muallifidir. Shoir, tarixchi va munajjim Abdurahmon Toleʼ (18-asr) „Tarixi Abulfayzxon“ asarini yaratdi. Muhammad Sharif Buxoro amirligi tarixiga oid „Toj uttavorix“ (1800) asarini yezdi. Buxoroda mangʻitlar sulolasi davrida Mirzo Sodiq Munshiy, Mirzo Ato, Muhammad Nishotiy, Mujrim Obid, Soʻfixoʻja Soʻfiy, Bebok, Vozeh, Savdo (1824-73), Muztarib, Iso Maxdum Buxoriy (1827-88), Muhammad Siddiq Hayrat (1876-1902), Abdurahmon Tamkin (1851-1915), Mirzo Hayit Sahbo, Ahmad Donish, Yaʼqub ibn Doniyol Buxoriy (17711831), Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif (18-19-asrlar), Muhammad Olim Buxoriy (19-asr), Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy kabi shoir va tarixchilar ijod qilishgan. Sadr Ziyo — Sharifjon Maxdum (1867-1932), Mirzo Sirojiddin Hakim (18771912), Mulla Ikrom (Ikromcha domla) ham ularning munosib izdoshlari edi. Buxorolik Afzali Pirmastiy (vafoti 1915) „Afzal uttazkor“ (1904) tazkirasida 19-asr oxiri — 20-asr boshida Buxoroda yashab oʻtgan 135 ijodkor haqida maʼlumot beradi. Jadid adabiyotining tamal toshini qoʻyganlar safida buxorolik Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy bor. Abdulvohid Burhonov „Munzim“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.20-asrda Buxoroda oʻziga xos adabiy muhit shakllandi. Sulton Joʻra (1910- 43), Muhammadjon Rahimiy (1901-67), Jalol Ikromiy, Toshpoʻlat Hamid (1927-84), Saʼdulla Karomatov, Nemat Aminov, Jamol Kamol, Omon Muxtor, Oydin Hojiyeva, Toshpoʻlat Ahmad kabi shoir va adiblar shoʻrolar rejimi davrida ham badiiy jihatdan pishiqasarlaryaratshddi. Bugungi oʻzbek adabiyotining taraqqiyotida Gulchehra Joʻrayeva, Usmon Qoʻchqor, Sadriddin Salimov, Tilak Joʻra, Nortoʻxta Qilich, Safar Barnoyev, Yusuf Jumayev, Halima Ahmedova, Ahad Hasan, Vafo Fayzullo, Sulaymon Rahmon, Chorshaʼm Roʻzi kabi shoir va yozuvchilarning oʻziga xos hissasi bor. Mustaqillik davrida buxorolik ijodkorlar oʻz salaflarining anʼanalariga sodiq qolgan holda oʻzbek, tojik, rus tillarida samarali ijod qilishmoqdasrBuxoro viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar) ning viloyat shoʻ’balari faoliyat koʻrsatmoqdasr.

Matbuoti, radnoeshittnrnshn va televvsheniyesiTahrirlash

Buxoro viloyati da 2 viloyat gaz. („Buxoronoma“, „Buharskiy vestnik“), 11 tuman gaz., 2 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek 9 tarmoq gazetasi nashr etiladi. Buxoro viloyati da dastlabki radio eshittirishlari 1922-yildan boshlagan. Oʻsha davrdan radio ijtimoiysiyosiy hayotga doyr mazmunli eshittirishlari bilan eʼtibor qozonmoqdasr Buxoro viloyati radiosi oyiga 30 soatlik hajmda eshittirishlar beradi (2001).1924-yilda Turkistondagi dastlabki kino tashkiloti Buxoroda tuzildi (qarang „Buxkino“). 1993 ylan Buxoro viloyati televideniyesi faoliyat koʻrsatmoqdasr Studiya uchun maxsus bino kurilgan. Bir oylik koʻrsatuvlar vaqgi 30 soatdan ortadi. Buxoroda „Istiqlol“ xususiy televideniyesi tashkil ztilgan (1995). Buxoro viloyati Gʻijduvon shla „Ark“ xususiy televideniyesi ham bor. Meʼmoriy yodgorliklari. Buxoro viloyati kddimiy davr, ilk va oʻrta asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklarga juda boy. Hozirgi vaqtda Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqoʻrikxonasi hisobida 997 tarixiy yodgorliklar mavjud. Turondagi eng qad. yodgorliklardan biri sanalgan Buxoro hukmdorlarining qarorgohi — Buxoro arki (miloddan avvalgi 1-asr) bugungi kungacha saqlangan.Shahar yonidagi Fathobodda Sayfiddin Boharziy makbarasi (13-asr), Bayonkulixon makbarasi (14-asr), Buxoro tumanidagi Sumiton qishlogʻida Chorbakr ansambli (16-asr), Hazrat bobo masjidi (18-asr), amirning yozgi qarorgohi — Sitorai Mohi Xosa saroyi (19-20-asrlar), Vobkent tumanida Vobkent minorasi (12-asr), Chashmai Ayyub hazirasi (1208), Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy maqbarasi (13-asr), Abdurahmon Vali maqbarasi (14-asr), Vobkent hammomi (16-17-asrlar), Toshmasjid (16-17-asrlar), Soʻfidehqon xonaqosi (17-18-asrlar), Jondor tumanida Varaxsha shahar harobalari (7-asr), Mahmud Torobiy dahmasi (13-asr), Qizbibi majmuasi (15-asr), Kogon tumanidagi Qasri Orifonda Hazrat Bahouddin majmuasi, Abdulazizxon honaqosi va Dahmai Shohon (14-16-asrlar), Hazrat Mir Kulol maqbarasi (14-asr), Kogon shahrida Temiryoʻlchilar (sobiq Amir) saroyi (19-20-asrlar), Peshku tumanida Xoʻjam Bandi Kushod va Xoʻjam Sayd Poʻlat maqbaralari (18-19-asrlar), Romitan tumanida Xoja Ali Rometaniy — Xojai Azizon va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (14-asr), Mulla Mir Hakim xonaqosi, Shofirkon tumanida Vardonze shahar yodgorligi (6-7-asrlar), Hazor Hyp daxmasi (8-asr), Xoja Orif Revgariy — Mohitobon maqbarasi (13-asr), Qorovulbozor tumanida Boʻzachi va Qorovulbozor sardobalari (17-asr), Qorakoʻl tumanida Poykend shahar harobalari (8-asr). Shoburxon ota maqbarasi va masjidi, Gʻijduvon tumanida Hazrat Abduxoliq Gʻijduvoniy — Xojai Jahon (12-asr) masjidi va maqbarasi, Ulugʻbek madrasasi (15-asr), Toshmasjid va Dehqonbobo xonaqosi (15-16-asrlar), Xoja Soktare masjidi (17-asr), Chorsu masjidi (18- 19-asrlar) kabi noyob meʼmoriy obidalar saqlangan. Shuningdek, Buxoro vohasida Raboti Malik karvonsaroyi va Malik sardobasi (11-asr), Karmana shahrida Mirsaid Bahrom maqbarasi (10-11-asrlar), Qosim shayx xonaqosi (16-asr) mavjud.Bu tarixiy yodgorliklarda Sharq meʼmorlik anʼanalari oʻzaro uygʻunlashib ketgan. Oʻzbek xalqi tomonidan ikki ming yil mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy isteʼdodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvchilik kudratidan dalolat beradi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil