Jarqoq neftgaz koni - Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor sh. ning shim.-sharqida joylashgan kon. Neft va gaz Jarqoq strukturasida toʻplangan. 1955-yilda burgʻi qudugʻi qazilgan. 1956-yilda quyi bur yotqiziqlarining 12-gorizontidan gaz olingan. Konning geologik tuzilishida paleozoy, yura, boʻr va paleogen yotqiziqlari ishtirok etgan. Tektonik jihatdan Jarqoq strukturasi Kogon tepaligining jan.-sharq qismida joylashgan, uz. 17 km, kengligi 7 km, bal. 100 m.

Struktura 3 gumbazdan iborat. Ularning oʻlchami minus 570 m izogipsi boʻyicha: shim. gumbaz 2,6 km x 0,7 km, bal. 10 m, markaziy gumbaz — 6,7 km x 3,3 km, bal. 50 m, jan. gumbaz 2,3 km x 1,0 km, bal. 20 m. 1955—57-yillarda konda 13 burgi qudugʻi kavlangan. Ularning bittasida neft, 6 tasida gaz, 1 tasida gaz bilan neft, 1 tasida suv bilan neft, 4 tasida suv bilan gaz, qolganlarida suv borligi aniqlangan.

12-, 13-, 15-gorizontda gaz, 13-, 15-va 15a-gorizontda neft va gaz bor. Kondagi gazning havoga nisbatan zichligi 0,580—0,612 kg/m3, karbonat angidridi 0,09—1,08%, azot va kamyob gazlar 0,24—0,5%, metan 94-96%, nefti yengil (0,823 g/sm3), oltingugurt miqdori 0,7%, parafin 1,42%, qatron 10%. Kondan neft va gaz olinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil