Kitob tumaniOʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoli-sharqida. 1926-yil sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Shahrisabz tumani bilan birlashtirilgan. 1968-yil 25-dekabrda qayta tuzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 1,75 ming km². Aholisi 271,2 ming kishi (2022). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob), 14 ta shaharcha (Alaqoʻyliq, Bektemir, Beshariq, Beshterak, Obikanda, Panji, Ko'sam, Rusqishloq, Sariosiyo, Sevaz, Varganza, Yakkatut, Yangiobod), 59 mahalla bor (2022). Markazi — Kitob shahri. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (balandligi 1788 m) esa respublika janubini shimoliy viloyatlar bilan bogʻlaydi.

Kitob tumani

Zarafshon tizmasi
Zarafshon tizmasi

tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Kitob
Asos solingan sanasi 1926-yil
hokim Oʻktam Pardayev
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (01.01.2022) 271,2 ming kishi
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 1,75 ming km² km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Kitob tumani xaritada
39°7′12.0″N 66°52′58.8″E / 39.120000°N 66.883000°E / 39.120000; 66.883000

Tabiati

tahrir

Hududining katta qismini shimoliy va sharqiy chegaralar boʻylab choʻzilgan baland Hisor va Zarafshon togʻlari (4000 m) egallagan. Baland togʻlar tuman hududini sovuq havo oqimidan toʻsib turgani uchun tuman iqlimi viloyatda eng moʻtadil. Oʻrtacha harorat yanvar da 0,8°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 545 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning 85% bahor va qish fasllariga toʻgʻri keladi. Tuman hududidan Qashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, Jinnidaryo, Oqdaryo oqib oʻtadi. Tuprogʻi Shahrisabz-Kitob botigʻida tipik boʻz, daryo boʻyida allyuvial boʻz, togʻlarda qoʻngʻir tuproq. Efemer oʻsimliklar hamma joyda uchraydi. Suv boʻylarida qamish, yulgʻun oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, bodom, doʻlana, olma, tol, yongʻoq, pista, zarang daraxtlari va xilma-xil butalar oʻrmon hosil qilgan. Togʻ yon bagʻirlari chorva mollari uchun yozgi yaylov. Tulki, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, ayiq, qobon, togʻ echkisi, arhar; sudraluvchilar; kaklik, chil, bulbul va boshqa yashaydi.

 
Kitob davlat geologiya qo'riqxonasi

Aholisi

tahrir

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va boshqa ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 155 kishi. Shaharliklar 101,1 ming kishi, qishloq aholisi 170,1 ming kishi (2022).

 
Kitob tumani 1-DIMI

Iqtisodiyoti

tahrir

Kitob tumani qadimdan muhim savdo yoʻllarining ustida joylashganligi va Samarqand, Buxoro hamda Shahrisabzga yaqinligi uchun dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan hududlaridan biri boʻlgan. Tuman xoʻjaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qiladi. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 8,3 ming ga, shu jumladan, 3 ming ga yerga don ekinlari, qolgan yerlarga sabzavot-poliz, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. 8.7 ming ga yaqin maydon bogʻ va tokzor. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Paxta tozalash va vino zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda 95 umumiy taʼlim maktabi, 2 ta davlat ixtisoslashtirilga maktab internati, 3 kasb-hunar maktabi, stadion va tennis kort, suzish havzalari bor. Tuman tibbiyot birlashmasi, 6 ta oilaviy poliklinika, 6 ta oilaviy shifokorlik punkti, dorixonalar mavjud boʻlib, 2.5 mingga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2022). 1935-yildan „Kitob tongi“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 1000). Tumanda Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil